10-ma’ruza. Merkuriy. Venera yer fizikasi. Oy. Oy orbitasi va uning fazalari. Oyning aylanish davrlari. Oyning aylanishi va libratsiyasi. Yoritqichlarning Oy bilan to’silishi. Quyosh va Oy tutilishlari. Saros. Mars



Download 3,27 Mb.
bet3/12
Sana28.09.2021
Hajmi3,27 Mb.
#187671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
19- mashgulot

3. Oy tutilishi va uning shartlari
O


16-rasm. Oy tutilishi.
y Yer atrofida aylanayotib, ba'zan uning soyasi yoxud yarim soyasi orqali o‘tadi. Bunday hodisa Oy tutilishi deyiladi. Oy tutilayotganda, u har doim to‘linoy fazasida bo‘ladi (16-rasm). Agar bunda Oy Yerning soyasi ichidan o‘tsa, unda to‘la tutiladi. Bordiyu yarim soya ichidan o‘tsa, u holda yarim soyali tutilish deyiladi.

Oy tutilishlari tabiatning g‘aroyib hodisalaridan boiib, qadimda u ham kishilarda kuchli vahima tug‘dirgan. Bunday hodisalarning ro‘y berishi sabablari bugun yaxshi o‘rganilgan. Shu tufayli olimlar bundan bir necha yil keyingi bo‘ladigan tutilishlar vaqtini ham aniq aytib bera olishgan.


Yerning ma'lum bir joyida Oy tutilishi Quyosh tutilishiga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Chunki Quyosh tutilishlari Yerning Oy soyasi tushgan va uncha katta bo‘lmagan maydonidagina kuzatiladi. Oy tutilishi esa, Yerning Quyoshga qarama-qarshi yarim sharining hamma qismida ko‘rinadi.

Endi faraz qilaylik, Yer soyasining markazi ekliptikaning C nuqtasida bo‘lsin (17-rasm). Bunda Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofada uning radiusi 41' bo‘ladi. Rasmdagi Oy orbitasining bir qismi hisoblanib, - orbitada burchak radiusi 15',5 bo‘lgan Oy markazining holatini, - esa Oy orbitasining ko‘tarilish tugunini belgilaydi. Rasmdan ko‘rinadiki, Oy tutilishi uchun u to‘linoy fazasida bo‘lib, Oy markazi va Yer soyasining markazi orasidagi yoy masofa ular radiuslarining yig‘indisi, ya'ni 41'+15',5=56',5 dan kichik bo‘lishi zarur. U holda to‘g‘ri burchakli sferik uchburchakdan



yoki


bularga ko‘ra, quyidagilarga ega bo‘lamiz:



Binobarin yuqoridagi hisobga ko‘ra, Oy tutilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi shart: 1) Oy-to‘linoy fazasida bo‘lishi; 2) to‘linoy paytida Quyosh markazi Oy tugunlarining biridan 10°,6 dan kichik yoy masofada bo‘lishi zarur.






Oyning to‘la tutilishida esa (ya'ni, u Yerning soyasiga butunlay kirganda), Oy ko‘zdan butunlay g‘oyib bo‘lmay, to‘q qizil rangda jilolanadi. Buning sababi, mazkur paytda Oyning Yer atmosferasida sochilgan va singan Quyosh nurlari bilan Yoritilishidir. Bunda Yer atmosferasi ko‘k va havorang nurlarni keskin sochib yuborib, Oy tomonga asosan qizil nurlarni sindirib o‘tkazadi va Oy aynan shu nurlar bilan Yoritiladi va qizarib ko‘rinadi.

Qadimda Quyosh va Oy tutilishining yuqorida bayon qilingan ko‘rinishlari kishilarda qo‘rqinch va vahima tug‘dirgan. Endi esa Quyosh va Oy tutilishlarining siri ilmiy isbot etilgan, u hech kimda vahima tug‘dirmaydi. Olimlar Quyosh va Oy tutilishlarining bo‘lish vaqtini bir necha yil oldindan aniq hisoblab berish metodlarini ishlab chiqishgan. Tutilishlarni kuzatgan astronomlar Quyoshning fizik tabiati, Yer atmosferasining tuzilishi va Oyning harakatiga doir qimmatli ma'lumotlarni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi.


Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish