10-ma’ruza. Merkuriy. Venera yer fizikasi. Oy. Oy orbitasi va uning fazalari. Oyning aylanish davrlari. Oyning aylanishi va libratsiyasi. Yoritqichlarning Oy bilan to’silishi. Quyosh va Oy tutilishlari. Saros. Mars



Download 3,27 Mb.
bet10/12
Sana28.09.2021
Hajmi3,27 Mb.
#187671
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
19- mashgulot

3. Yer – Оy ichki tuzilishi.
Y


6 – rasm. Yerning sirtqi va ichki tuzilishi.
er sayyorasi.
Biz ustida yashayotgan osmon jismi, Quyoshdan uzoqligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi, o‘rtacha uzoqligi 149,6 million kilometrni tashkil etadi. Sayyoramizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr, ya'ni qutb radiusidan taxminan 21 kilometrga ortiq. Yer Quyosh atrofida sekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, uni 365,24 kunda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Bir yilda to‘rt fasl kuzatilishining sababi Yer o‘qining orbita tekisligiga 66,5 daraja og‘maligi tufaylidir.

Yer o‘z o‘qi atrofida Yulduzlarga nisbatan 23 soatu 56 minutyu 4 sekundda to‘la aylanib chiqadi. Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri biroz uzunroq bo‘lib, 24 soatni tashkil qiladi. Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligiga sabab Quyoshning Yulduzlar oralig‘ida yillik ko‘rinma siljishidir (bunday siljish Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir bo‘ladi).

Yerning o‘rtacha zichligi 5,5 g/sm3 ga teng bo‘lib, massasi taxminan 6.1024 kilogrammni tashkil etadi. Sayyoramizning atmosferasi minglab kilometr balandlikka cho‘zilgan, og‘irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi. Bunday «to‘n» Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim rol o‘ynagan. Xususan, 20-30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan ozon qatlami Quyoshning qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarni, jumladan, odamzotni ularning xavfli ta'siridan asraydi. Atmosferaning 21 foizga yaqinini kislorod, taxminan 78 protsentini azoU qolgan qismini esa boshqa gazlar: argon, karbonat angidrid va suv bug‘lari tashkil qiladi (6-a rasm).

Y


7 – rasm. Yer magnit maydonining strukturasi.
er gidrosferasiga (Yer yuzidagi qattiq, suyuq va gaz holatidagi suvlarning
majmui) ko‘ra boshqa sayyoralardan keskio farq qiladi. Unda faqat suyuq holatdagi suvning hajmi 1 million 370 ming trillion kub metr bo‘lib, umumiy maydoni 3 ming 610 milliard kvadrat metrga teng. Boshqacha aytganda, u Yer sirtining qariyb 71 foizini tashkil qiladi. Quruqlikning o‘rtacha balandligi dengiz sathidan 875 metr bo‘lgani holda, dunyo okeanining o‘rtacha chuquriigi 3800 metrgacha boradi. Suv o‘zining ajoyib xususiyatlari bois Yerda optimal issiqlik rejimi vujudga kelishida muhim rol o‘ynaydi. Suvsiz organik hayot Yerda vujudga kela olmasdi.

Suvning qattiq bo‘lagi - muz ham sayyoramizning anchagina qismini egallab, asosiy qismi Antarktida va Grenlandiya quruqligini qoplaydi. Uning umumiy massasi 24 ming 200 trillion tonnaga teng. Bordiyu bunday miqdordagi muz erisa edi, dunyo okeanining sathi 60 metrga ko‘tarilib, yana quruqlikning 10 foizi suv ostida qolgan bo‘lardi.

Yerning qattiq qatlami litosfera deyilib, bu qismda sayyoramizning asosiy qatlami mujassamlashgan. Garchi bir qarashda litosfera sirtida turib, uning ichki tuzilishi haqida ma'lumotga ega boiish mumkin emasdek tuYulsa-da, aslida sayyoramizning inertsiya momenti va zilzilalari asosida uning ichki tuzilishi haqida yetarlicha aniq ma'lumotlar olish mumkin.

Gap Shundaki, seysmik to‘lqinlar bo‘ylama va ko‘ndalang bo‘lib, bo‘ylama to‘lqinda zarrachalar to‘lqinning tarqalish yo‘nalishi bo‘yicha siljigani holda, ko‘ndalang to‘lqinda ularning harakati tarqalish yo‘nalishi bilan to‘g‘ri burchakni tashkil qiladi. Ko‘ndalang to‘lqinlarning tarqalish tezligi bo‘ylama to‘lqinlarnikidan katta bo‘ladi. Shuningdek, seysmik to‘lqinlar turli zichlikdagi qatlamlar chegarasidan qaytish va sinish xususiyatiga ham egadirlar. Bunday ma'lumotlar asos qilib olingan metodlarga tayangan holda litosferaning ichki tuzilishi haqida yetarli darajada ishonchli ma'lumotlar olingan.

Xususan, suyuqlik zarrachalarining ko‘ndalang to‘lqin siljishiga qarshilik qilmasligi tufayli ko‘ndalang to‘lqinlar suyuqlikda tarqala olmaydi. Shu asosda litosferaning quyi chegarasida suyuq yadro borligi asrimizning boshidayoq aniqlangan edi (6-b rasm). Keyingi tadqiqotlar bu yadro asosan ikki - radiusi 1300 kilometrgacha yetadigan qattiq va uning ustida 2100 kilometr qalinlikdagi suyuq qismlardan iboratligini ma'lum qildi. Bu usullar yordamida bajarilgan tekshirishlar litosferaning qattiq qatlami ham bir jinsli bo‘lmay, taxminan 40 kilometr chuqurlikda keskin chegara borligini bildirdi. Bu chegaraviy sirt uning kashfiyotchisi nomi bilan Moxorovichich sirti deb ataladi. Bu sirtdan yuqori qatlam litosfera po‘stlog‘i, osti esa mantiya deb yuritiladi.

Mantiyaning zichligi 3,3 g/sm3 dan (Moxorovichich sirtida) 5,5 g/sm3 o gacha (yadro chegarasida) ortadi. Yadro chegarasida zichlik keskin ortib 9,4 g/sm3 ni tashkil qiladi. Yer markazida zichlik 14,5-18 g/sm3 gacha tartibda bo‘lib, mantiyaning quyi chegarasida bosim 1 million 300 ming atmosferaga boradi. Yerning temperaturasi markazga tomon ortib borib, mantiyaning quyi chegarasida Kelvin shkalasida 5000 gradusgacha, markazda esa taxmiian 10000 gradusgacha boradi.

Y


8 –rasm.
er - ulkan magnit bo‘lib, uni kompas strelkasining sayyoramiz magnit maydoni kuch chiziqlariga parallel turishi uchvm harakatlanishidan bilish mumkin. Qizig‘i Shundaki, geomagnit qutblar Yer qutblari bilan ustma-ust tushmaydi. Shimoliy geomagnit qutbning geografik kengligi 78°,5 ni, uzunlamasi esa 290° (sharqiy uzunlama)ni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, geomagnit o‘q Yer o‘qiga 11,5° li burchakka og‘ishgan. Geomagnit maydonning kuchlanganligi ekvatordan qutbga tomon 0,25-0,35 dan 0,6-0,7 erstedga qadar ortadi.


Yer atrofi fazosi geomagnit maydoni kuchlanganligining sayyoralararo doimiy magnit maydoni kuchlanganligidan (5-10 gammadan) ortiq bo‘lagi Yer magnitosferasi deyiladi. Bu sfera Yer o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lmaydi. Magnitosfera Yerning kunduzgi tomonida «siqilgan» bo‘lib, 8-14 Yer radiusicha masofaga cho‘zilgani holda tungi tomonida sayyoramiz «magnit dumi»ni vujudga keltirib, bir necha o‘nlab Yer radiusi masofasigacha cho‘ziladi (7-rasm).

Oxirgi yillarda sayyoramiz osmon jismlarining ajralmas qismi sifatida aktiv o‘rganilayotganiga qaramay hali unga tegishli muammolar qo‘shni sayyoralarnikidan kam emas. Ayniqsa, uning ichki tuzilishi haqidagi ma'lumot hali juda «kambag‘al» hisoblanadi.

B


9 –rasm. Oyning yirik kraterli zonalari
iroq Yer «o‘z qo‘limizda» bo‘lib, boshqa osmon jismlarini o‘rganishga nisbatan uni tadqiq qilishda katta imkoniyatlarimiz borligini hisobga olsak, sayyoramiz sirlarini ochishga katta umid bilan qarashga asos bor.

Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi - Oy bor.




Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish