10 - Ma`ruza
Mavzu: Bel kiyimlari uchun basis to‘rini qurish.
To‘g‘ri yubka konstruksiyasini qurish.
Reja:
Belli kiyimlarning turlari.
Bel kiyimlarini konstruksiyalash xususiyatlari.
Yubka BA chizmasini chizish.
Tayanch iboralar:
Bel kiyimi, shim, yubka, yubka-shim, baza asos, klassik uslub, sport uslubi, yarim klassik shim, taxlamali yubka, parallel kengaytirish.
Belli kiyimlar konstruksiyasiga yubka va shimlar kiradi. Ular yelkali kiyimlardan tayanch chizig’i odamning beli va bo’ksasiga to’g’ri kelishi bilan farqlanadi; belli kiyimlar bel chizig’ida mahkamlanadi. Qomatning qolgan joylarida belli kiyimlarning tanaga nisbatan joylanishi kiyimning bichimi va siluetiga bog’liq.
Belli kiyimlarni konstruksiyalashda qomadning, asosiy o’lchamlari sifatida belning yarim aylanasi St, bo’ksaning yarim aylanasi Sb va kiyim uzunligi qabul qilingan. Yelka detallarini konstruksiyalash kabi shimlar va yubkalar konstruksiyasi muayyan metodikalar asosida chiziladi.
Belli kiyimlar kengligiga to’kislik qo’shimchalari jadvalda keltirilgan.
Kiyim turi
|
Uchastkalarda tanaga nisbatan joylashishi
|
Juda zich
|
Zich yopishgan
|
O’rtacha
|
To’kis
|
Pt
|
Pb
|
Pt
|
Pb
|
Pt
|
Pb
|
Pt
|
Pb
|
Yubka
|
0
|
0-0,5
|
0,5-0,7
|
0,7-1
|
1
|
1,5-2
|
1 dan oshiq
|
2 dan oshiq
|
Shim
|
0
|
0-0,5
|
0,5-0,7
|
0,7-1
|
1-1,5
|
1,5-2
|
1,5 dan oshiq
|
2,5 dan oshiq
|
St-35,5 sm
Sb-50,5 sm
Dyu.sp = 112 – 40 = 72
Dyu.sb = 115 – 40 = 75
Dyu.sz = 113 – 40 = 73
Qo’shimchalar
Pt –0,5 sm
Pb –1,0 sm
Taxlamalarni loyihalash xususiyatlari. Yeng sodda taxlama vitachkadan hosil bo'ladi. Detal o'rtasida taxlamalar hosil qilish uchun andozada belgilangan taxlamalar chizig'i bo'yicha qirqiladi va har bir bo'lak taxlama kengligining qiymatiga suriladi. Taxlama kcngligining qiymati tayyor holdagi taxlama konstruksiyasiga bog'liq. Kostyum guruhida buyumlar etagida taxlamalar kengligi 5—6 sm, paltolar gu- ruhida esa 6—7 sm. Yubkalar etagida taxlama chuqurligi 1 — 1,5 sm.
1-rasm. Yubka asos chizmasi.
Erkaklar kostyumi - ikki predmetdan – pidjak va shimdan tuzilgan kiyim komplektidir. Shim kostyum tarkibiga kirishi yoki mustaqil kiyim turi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Kostyum tarkibiga kiruvchi shimlar albatta pidjakka mos bo’lishi kerak. Yakka shim esa pidjakka mos bo’lib, komplektdagi shim konstruktsiyasini qaytarishi yoki boshqa pidjaklarga mos bo’lishi kerak.
Shim silueti, shakli va uzunligi moda yo’nalishiga bog’liq.
Shim butun uzunligi bo’yicha keng yoki tor, faqat ayrim uchastkalarida (tizza va bo’ksa qismida) toraygan yoki kengaygan, pochasi keng yoki tor, uzun yoki kalta bo’lishi mumkin.
Shimlar uslubiy yechimiga ko’ra klassik, yarimklassik, sport, golife, «avangard» turlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |