10-ma’ruza. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishning nazariy asoslari


Nazariy, amaliy va tadqiqotchilik ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar



Download 40,54 Kb.
bet2/9
Sana05.04.2022
Hajmi40,54 Kb.
#529025
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5296549726647226873

Nazariy, amaliy va tadqiqotchilik ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar.


Zamonaviy shart-sharoitlar ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar mohiyati va mazmunini tavsiflashga nisbatan yangicha yondashuvlarni taqozo qilmoqda. Umuman texnologiya tushunchasi, xususan esa, ijtimoiy texnoogiyalar va pedagogik texnologiyalar mohiyatini tushunishga nisbatan turli xil yondashuvlar tahlili hamda ularni tizimlashtirishga urinishlar buning asosi sifatida xizmat qiladi. Bunda ikki asosiy yondashuvni ajratib ko’rsatish mumkin.
Texnologiyani amaliy faoliyat mahorati, san’ati haqidagi fan sifatida talqin qiluvchi birinchi yondashuvga muvofiq, ijtimoiy-pedagogik texnologiya – bu prognozlanayotgan ijtimoiy-pedagogik maqsadlarga erishish san’ati haqidagi fandir.
Bunday texnologiyalar nazariy-tadqiqotchilik tavsifiga ega bo’ladi va ikki turdagi texnologiyalarga bo’linadi.
Nazariy ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar — bu ma’lum vaziyatdagi ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal etish uchun zarur bo’lgan eng optimal metodlar, vositalar va usullar (harakatlar, operatsiyalar va protseduralar) haqidagi ta’limot. Bu turdagi texnologiyalar ma’lum sharoitlarda konkret faoliyat obyektiga nisbatan ijtimoiy – pedagogik muammolarni hal etish yechimlari, qarorlarini tavsiflash, tahlil qilish va asoslashda qo’llaniladi.
Bunday texnologiya quyidagi ko’rinishlarda taqdim etilishi mumkin:
Darslik;
O’quv qo’llanma;
O’quv-metodik qo’llanma;
Texnologiyalarning nazariy ishlanmasi.
Tadqiqotchilik ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari — ijtimoiy-pedagogik hodisa, uning tarkibiy qismlari, o’ziga xosliklari, namoyon bo’lish xususiyatlari, rivojlanish, namoyon bo’lish, sifat o’zgarishlari dinamikasini yo’naltirilgan boshqarish imkoniyatlari va h.klarni bilish (bilishni mukammallashtirish) imkonini beruvchi, maxsus yaratilgan, ilmiy asoslangan metodika (metod va vositalar jamlanmasini qo’llash ketma-ketligi)dir. Bunday texnologiyalar ijtimoiy-pedagogik muammolarni tadqiq etishda qo’llaniladi va nafaqat ijtimoiy-pedagogik hodisani bilish,anglash, balki uning sifat o’zgarishlarini loyihalashtirish imkonini beradi.
Bunday turdagi texnologiyalar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
tadqiqot dasturi (tadqiqotchilik dasturi);
tadqiqotchilik faoliyati metodikasi;
eksperimental ishlanmalar.
Ikkinchi yondashuv ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarni aniq maqsadga yo’naltirilgan, muayyan sharoitlarda bir inson yoki guruh ishida ko’zlanayotgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan, mutaxassis (mutaxassislar) tomonidan amalda qo’llaniladigan metod va usullar jamlanmasi, eng optimal ijtimoiy-pedagogik faoliyat (harakatlar, oeratsiyalar va protseduralar yig’indisi) sifatida belgilaydi Bunday texnologiyalar maxsus nazariy ishlanmalar yoki muayyan ijtimoiy-pedagogik vazifalar yechimining ma’lum (mavjud, tanish) tajribasi asosida yaratiladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday texnologiyalar amaliy (amaliyotga yo’naltirilgan) tavsif kasb etadi. Ular umumiy turdagi amaliy texnologiyalar va xususiy turdagi amaliy texnologiyalarga bo’linadi.
Umumiy turdagi amaliy texnologiyalar — bu maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va rejali tarzda amalda qo’llaniladigan, mutaxassis (mutaxassislar) ning muayyan sharoitlarda bir inson yoki guruh ishida ko’zlanayotgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan metod, metodikalar, vositalar va usullar jamlanmasi amalga tadbiq etish ishining, ijtimoiy-pedagogik faoliyati harakatlari amalining eng optimal ketma-ketligidir. Bunday turdagi texnologiyalar ijtimoiy pedagogikaning konkret obyekt bilan ishdagi mumiy vazifalarini hal etishda qo’llanilishi mumkin.
Ular quyidagi ko’rinishlarda taqdim etilishi mumkin:
Ijtimoiy – pedagogik faoliyat dasturlari. Bu dasturlar mazmuni ijtimoiy-pedagogik ishlar bosqichlarini, rejalashtirilayotgan, ko’zlanayotgan natijaga erishishni ta’minlaydigan metod va vositalar, ularni qo’llash ketma-ketligini tavsiflash va asoslashdan iborat bo’ladi;
Ijtimoiy-pedagogik vazifalarni (individual rivojlanish va tarbiyalash, tuzatish, pedagogik reablitatsiya) hal etish metodikasi.
Xususiy turdagi amaliy texnologiyalar — bu muhitning muayyan sharoitlarida inson yoki guruhlar bilan ishlashda ko’zlanayotgan maqsadga intrumental erishilishini ta’minlovchi, muayyan loyiha bo’yicha tartibga solingan, rejalashtirilgan va bosqichma-bosqich amalga oshiriluvchi harakatlar, operatsiyalar va protseduralar. Ushbu turdagi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar ijtimoiy pedagogikaning xususiy vazifalarini hal etish uchun qo’llaniladi. Ular umumiy turdagi ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarnig tarkibiy qismi ham bo’lishi mumkin.Bunday texnologiyalar namunalari:
Xususiy ijtimoiy-pedagogik vazifalar (muammolar)ni hal etish bo’yicha mutaxassis faoliyat senariysi;
Xususiy ijtimoiy-pedagogik vazifalar (muammolar)ni hal etishda muayyan metodni amaliyotga qo’llash metodikasi;
Konkret ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal etish bo’yicha metodik ko’rsatmalar.

Download 40,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish