Detallarning ish chizmalarini chizishda ham eskiz asosiy hujjat hisoblanib, unda
detal materiali, o‘lchamlari va rasmi haqidagi mahlumotlar to‘liq keltirilgan bo‘lishi
lozim. Undan tashqari, detalga (texnik talablarga) oid grafik va yozma ma’lumotlar
ham berilishi mumkin. Eskiz tuzish jarayonini bir necha bosqichga bo‘lib o‘rganish
tavsiya etiladi.
Detallarning eskizlarini bajarish
1-bosqich. Detal bilan tanishib chiqish
Detalning rasmi uning asosiy elementlarini fikran bir necha sirtlarga bo‘lish yo‘li
bilan tahlil qilinadi. Imkoniyatga qarab detalning vazifasi, tayyorlash texnologiyasi,
materiali va ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi (10. 2- rasm,
v
).
Do'stlaringiz bilan baham: