3. Chizma chiziqlari
standartlari ko‘rsatmalarga binoan turli yo‘g‘onlik va shaklga ega bo‘lgan chiziqlardan foydalanib bajarilanadi. Chizma chiziqlarining nomi, ko‘rinishi, ularning asosiy tutash chizig‘iga nisbatan yo‘g‘onliklari va vazifalari haqidagi ma’lumot 1-jadvalda keltirilgan.
9.1- shakl
Asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi chizmaning kattaligi yoki murakkabligiga qarab 0,5 mm dan 1,4 mm gacha qalinlikda tanlab olinishi mumkin. Talabalarga A3 formatda bajarayotgan topshiriqlarida asosiy tutash chiziqning qalinligini 1 mm qilib olish tavsiya etiladi.
Asosiy tutash chiziq (2-shakl,1) buyumning ko‘rinar konturini, sirtlarning ko‘rinar kesishuv chiziqlarini, chetga chiqarilgan kesimning shaklini, qirqim tarkibiga kiruvchi ko‘rinar chiziqlarni tasvirlashda ishlatiladi.
Ingichka tutash chiziq chiqarish va o‘lcham chiziqlarini, shtrixlash chiziqlarini, chetga chiqarish va tokcha chiziqlarini (2-shakl, 2), OX, OY, OZ - proeksiya o‘qlarini, yondosh detallarni tasvirlovchi chiziqlarni, tasavvur qilinayotgan o‘tish chiziqlarini, tekisliklarning izlari va maxsus yasashlarda xarakterli nuqtalarni topish yo‘llarini ko‘rsatuvchi chiziqlarni chizishda ishlatiladi.
9.1-jadval
Chiziq nomi
|
Ko‘rinishi
|
Qalinligi
|
Asosiy vazifasi
|
1. Asosiy tutash chiziq
|
|
S
|
Ko‘rinar kontur chiziq
Ko‘rinar o‘tish chizig‘i
Kesim konturi
|
2. Ingichka tutash chiziq
|
|
S/2 ... S/3
|
Ustiga chizilgan kesim konturi
O‘lcham chiqarish chiziqlari
Shtrixovka chiziqlari
Chiqaruvchi chiziqlar
Chiqaruvchi chiziqlar tokchalari va yozuv osti chiziqlari
Chegaralovchi detallar tasviri chiziqlari
Ko‘rinish, qirqim va kesimlarda chiqarilgan elementlar chegarasi
Tekislik izlari, maxsus qurishlarda xarakterli nuqtalarni qurish chiziqlari
|
3. Tutash to‘lqin chiziq
|
|
S/2 ... S/3
|
Uzish chiziqlari
Ko‘rinish va qirqimning chegara chiziqlari
|
4. Shtrix chiziq
|
|
S/2 ... S/3
|
Ko‘rinmas kontur chiziq
Ko‘rinmas o‘tish chizig‘i
|
5. Shtrixpunktir chiziq
|
|
S/2 ... S/3
|
Markaziy va o‘q chiziqlari
|
6. Ikki nuqtali shtrixpunktir chiziq
|
|
S/2 ... S/3
|
Yoyilmalarda bukilish chiziqlari
Buyum qismlarining chetki va oraliq holatlari tasvirlash
|
7. Yo‘g‘on shtrixpunktir chiziq
|
|
S/2 ... S2/3
|
Issiq ishlov berishni va qoplashni talab qiluvchi sirtlarni belgilash chiziqlari
Kesuvchi tekislikdan oldinda yotgan elementlarni tasvirlash chiziqlari
|
8. Uzuq chiziq
|
|
1,5 S
|
Kesim chizig‘i
|
9. Ingichka siniq tutash chiziq
|
|
S/2 ... S/3
|
Uzun uzilish chiziqlari
|
Shtrix chiziq ko‘rinmaydigan kontur va o‘tish chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi (2-shakl, 3).
Shtrixpunktir chiziq o‘q va markaz chiziqlarini, chetga chiqarib yoki bevosita ko‘rinishda bajarilgan kesimlarning simmetriya o‘qlarini tasvirlashda ishlatiladi (2-shakl, 4).
Tutash to‘lqin chiziq ko‘rinish va qirqimlarda kesilish, chegaralash chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi (2-shakl, 5).
Yo‘g‘on uzuq chiziq kesuvchi tekislikning holatini belgilash uchun ishlatiladi (9.2-shakl. 6).
Do'stlaringiz bilan baham: |