10-Ma’ruza: Audio va video materiallarni yaratish va qayta ishlashning zamonaviy vositalari
Reja:
Sound Forge 9 dasturining imkoniyatlari
Videofayllar. Analogli va raqamli video
Video ma’lumotlarni saqlash formatlari
Videoma’lumotlarni siqish
Videomontaj texnologik jarayonlari haqida
Kalit so’zlar: Sound Forge dasturi, ovozni qayta ishlashning yuqori sifati, bajarish tezligi, algoritmlar aniqligi, fonogramma, ovoz, semplar, dasturiy vositalar, ovozli karta, audiofayl, virtual effekt-protsessor, professional studiya effektlari, chatota polosalari, signalning dinamik diapazoni, plagin, ko‘p kanalli ovoz, egiluvchi chiziqlar, modullar, paketli ishlov berish, test signallarining generatorlari, analogli video, television standartlar, raqamli video, oddiy (real vaqt rejimida) siqish, simmetrik va asimmetrik siqish, sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida siqish, videomontaj, raqamlashtirish, raqamli videokamera, video konverterlar, Windows Movie Maker.
Sound Forge 9 dasturining imkoniyatlari
Ovozni yozish va qayta ishlashning asosiy uskunalarini o‘z ichiga olgan dasturiy vositalar mavjud bo‘lib, ulardan biri Sound Forge dasturi hisoblanadi.
Sound Forge 9 dasturi audiomaterialni audiodiskda aylantirish uchun mo‘ljallangan, ovoz yozishni bajaradigan vositalar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bu dastur nafaqat stereofonik, balki ko‘p kanalli ovozli fayllarni tez va sifatli yozish imkonini beradi. Dasturda ovozni tahlil qilish, yozish va tahrirlash uchun; eski fonogrammalarni raqamli ko‘rinishga keltirish va restavratsiya qilish uchun; atrofdagi akustik xususiyatlarni modellashtirish uchun; multimediya dasturlarda ovozni loyihalash uchun; diskni ko‘paytirish uchun vositalar mavjud.
Xususiyatlari
Sound Forge ovozni qayta ishlashning yuqori sifati, bajarish tezligi va algoritmlar aniqligi kabi ishlarni bajaradi. Dastur barcha funksiyalarga sozlangan uskunalar paneli orqali ruxsatli kirish, tahrirlash va eshitish jarayonida to‘lqinli shaklning sifatli grafik tasvirlanishi (signalogramma) kabi qulay foydalanuvchi intefeysiga ega.
Sound Forge MIDI-kontrollerlar bilan ko‘pgina funksiyalarni boshqarish imkonityaiga ega, boshqa dasturlar va qurilmalar bilan sinxronizatsiyani ta’minlaydi, amalni bekor qilishning cheklanmagan darajasiga ega.
Dastur oddiy tizim talablariga moslashgan bo’lib, tizimda kuchli yuklanish jarayonida ham ishlaydi.
Dastur fonogrammani keraksiz shovqinlar, chertkilar, o‘zgarvchan tok fonidan tozalash va restavratsiya qilish uchun ishlatiladi.
Sound Forge dasturi butun fayldagi ovozni spektrial tahlil qiladi. Ovozni eshtish vaqtida spektrial o‘zgartiradi. Signal spektri oddiy amplituda-chastotali spektrial funksiya, ko’plab bir vaqtda tasvirlanadigan sloylar (vaqt shkalasiga birlashtirilgan bir lahzali spektrlar) yoki rangli grafika - sonogramma ko‘rinishida berilishi mumkin. Sound Forge dasturi chastota, amplituda va davomiylik hamda shovqinning sinusoidali, to‘g‘ri burchakli, arra ko‘rinishli, uchburchak ko‘rinishlarinining oddiy to‘lqinlarini sintez qilish vositalaridan iborat. Sound Forge keyinchalik semplerlarda ishlatish mumkin bo‘lgan semplarni tahrirlaydi. Dastur videoroliklarni ochishga, ovozli yo‘lakni qo‘shish va tahrirlashga, tasvirli ovozni sinxronizatsiya qilishga ruxsat beradi.
Sound Forge 9 da ovoz yozish uchun zarur dasturiy vositalar mavjud. Ovozli karta yordamida ixtiyoriy manbadan kelayotgan ovoz yozishni bajarish mumkin. Bundan tashqari, yozuvni “qo‘l” orqali boshqarib, avtomatik yozuvning turli rejimlarini bajarishi mumkin.
Stereofonik va ko‘p kanalli audiofayllarni yuqori aniqlik bilan tahrirlash mumkin.
1-rasm. Alohida ovozli hisoblarni qaytadan chizish
Tahrirlashda kesib olish, nusxa olish, qo‘yish, ovozli ma’lumotlarni mikshirlash qo‘llaniladi. Dasturda kanallar va fayllar orasidagi ma’lumotlarni qulay o‘tkazish uchun Drag and Drop texnologiyasi qo‘llaniladi.
Sound Forge 24 bitgacha ruxsat berilgan va 192 kilogersgacha semplashtirish chastotasida suzuvchi nuqtali 32/64 bit ovozli ma’lumotlarni tasvirlashga, raqamli ovozni yuqori aniqlakda eshitishga ruxsat beradi. Yozuvda musiqali asboblar va vokalning juda past ovozi saqlanadi.
Dasturga kuchli va moslashuvchan virtual effekt-protsessor o‘rnatilgan. Unda 40 dan ziyod professional studiya effektlari mavjud, ularga quyidagilarni keltirish mumkin: normalizatsiya, ekvalayzer, diley, xorus, universal dinamik ishlov, geyt, ton balandligini o‘zgartirish, flenjer va vibrato. Sound Forge ga aniq chatota polosalarida signalning dinamik diapazoniga samarali ta’sir etishga ruxsat beradigan ko‘p polosali kompressor o‘rnatilgan.
Sound Forge 9 audioeffektlar sonini cheksiz ko‘paytiradigan DX-i VST-plaginlarni ishlatadi. Audiofayllarning kattagina qismini avtomatik paketli ishlov berish rejimida ixtiyoriy murakkablikdagi bir turli algoritm bo‘yicha o‘zgartirish mumkin.
Sound Forge 9 AVI, WMV, MPEG-1 va MPEG-2 kabi videoformatlarni qo‘llaydi, tasvir va ovozni kadrosti sinxronizatsiyasini ta’minlaydi. Dasturga MPEG-2 va WMV-kodlashtirish formatida fayllarni yozish uchun shablonlar kiritilgan. Sound Forge 9 ko‘p kanalli WMA-audiofayllarni yuklash va tahrirlashga, Dolby Digital AC-3 sozlangan plaginni ishlatib AC-3 formatli surround-fayllarga ko‘p kanalli audiofayllarni eksport qilishga ruxsat beradi.
Sound Forge 9 dasturining xarakterli xususiyatlari:
Microsoft Windows Vista platformasi bilan to‘liq moslanganligi.
Foydalanuvchining sozlangan interfeysi.
Gracenote MusicID Media Recognition Service ni qo‘llash.
Sony Music Studios Internet Mastering (SIM) ga ruxsatli kirish.
24 bitgacha ruxsat berilgan va 192 kilogersgacha semplashtirish chastotasida suzuvchi nuqtali 32/64 bit ovozli ma’lumotlarni tasvirlashni qo‘llash.
In-place texnologiyasi bo‘yicha Regions List va Playlist oynalari regionlarini tezkor tahrirlash va sortirovka qilish.
Tez qidiruv, Media Explorer oynasi orqali media-fayllarni ko‘rish va oldindan eshitish.
Sound Forge 9 ning yangi elementlari ko‘p kanalli ovozga bevosita munosabatda bo‘ladi. ularga quyidagilar kiradi:
Ovozni ko‘p kanalli yozish;
Multichannel Windows Media formatni ishlatish;
Ko‘p kanalli audiofayllar uchun konvertor;
Spektrning Spectrum Analysis ko‘p kanalli analizatori;
Dolby Digital AC-3 da eksport qilish uchun koder.
2-rasm. Ko‘p kanalli ovozni qo‘llash
Do'stlaringiz bilan baham: |