Ovozni tahlil qilish va tahrirlash Dastur tarkibiga Process menyusi orqali amalga oshiriladigan tahrirlashning quyidagi qo‘shimcha funksiyalari to‘plami kiradi:
Auto Trim/Crop – berilgan shartlarga mos holda fragmentlarni avtomatik o‘chirish.
Wave Hammer – kompressor va maksimayzerdan iborat virtual asboblar to‘plami.
Sound Forge da plaginlarni qo‘llaydigan vosita va texnologiyalar ko‘rib chiqilgan:
FX Favorites – plaginlarni guruhlash uchun qo‘llaniladigan menyu;
Plug-In Manager – kompyuterga o‘rnatilgan plaginlarga ruxsatli kirishni boshqarishga va plaginlardan iborat papkalar tizimini tartiblashga ruxsat beradigan menyu;
Audio Plug-In Chainer – plaginlar zanjirini yaratish uchun oyna.
Plaginlar paremetrlarini egiluvchi chiziqlar (vaqt bo‘yicha parametr qiymatlarining o‘zgarishi qonunini tasvirlaydigan grafika, 3-rasm) yordamida avtomatlashtirish mumkin. Sound Forge da DX-plaginlari va VST-plaginlari avtomatlashtirishi mumkin. Dasturda qo‘llaniladigan modullarning ichidan 15 tasi avtomatlashtiriladi. Ulardan 13 tasi effekt va ishlov berish uchun (Sony Amplitude Modulation, Sony Chorus, Sony Distortion, Sony Flange/Wah-wah, Sony Graphic Dynamics, Sony Multi-Band Dynamics, Sony Reverb, Sony Simple Delay, Sony Smooth/Enhance, Sony Track Compressor, Sony Track EQ, Sony Track Noise Gate, Sony Vibrato), qolgan 2 tasi ovoz balandligi va panoramani o‘zgartirish uchun (Sony Volume va Sony Pan) ishlatiladi.
3-rasm. Harakatda effekt parametrlarinin avtomatlashtirish
Paketli ishlov berish – bu ssenariyaga mos ravishda bir nechta audiofayllarga navbat bilan avtomatik ishlov berishdir. Sound Forge da paketli ishlov berish audiofayllar to‘plami formatlarini konvertirlash uchun; bir nechta plaginlardan iborat fayllar to‘plamiga zanjirlar bilan ishlov berish uchun; olingan fayllarni qayta nomlash uchun; faylga qo‘shimcha ma’lumot kiritish uchun qo‘llanilishi mumkin. Paketli ishlov berish ishlov berish ssenariylarini tuzishga ruxsat beradigan Batch Converter oynasi yordamida amalga oshiriladi.
Dasturda takomillashgan virtual o‘lchash asboblari mavjud.
Dasturning apparatlarini va tajriba tadqiqotlarini nazorat qilish uchun turli strukturali test signallari bo‘lishi kerak. Sound Forge da test signallarining bir nechta generatorlari sozlangan: ohanglar to‘plamidan iborat ovozlar generatori (DTMF/MF Tones); chastota modulyasiyasidan iborat generator (FM Synthesis); turli strukturali, jumladan shovqinli strukturadan iborat signallar generatori (Simple Synthesis).
Sound Forge foydalanuvchilari tahlil qilishning quyidagi vositalariga ega:
yozuv monitoringi;
audiosignal xususiyatlarini statistik baholash;
yozilgan audiosignalning to‘lqinli shakli va darajasi parametrlarini sonli tahlil qilish;
audiosignallarning stereofonik xususiyatlari va mosligini vizual tahlil qilish;
audiosignal spektrini sifatli va sonli tahlil qilish.