10.12-rasm. OFDMAda bazaviy stansiya har bir foydalanuvchiga kanallarning eng yaxshi parametrlarini beradigan diapazondagi nimtashuvchilar qismini avzal tayinlaydi
To‘liq chastotalar polosasi kengligini bitta yacheykada ko‘plab mobil stansiyalari (MS) orasida taqsimlashda har bir MS faqat uncha ktta bo‘lmagan nimtashuvchi chastotalar nimto‘plamini ishlatadi. Shuning uchun har bir MS pastroq PAPR nisbatli va agar bu to‘liq chastotalar polosalari kengligida uzatilganidagiga qaraganda pastroq to‘liq quvvatda uzatiladi. Pastroq ma’lumotlarni uzatish tezligi va keskin ortadigan ma’lumotlar OFDM, TDMA yoki CDMAdagiga qaraganda OFDMAda ancha samarali qayta ishlanadi. Maksimal yuqori quvvatda butun polosalar kengligi bo‘yicha OFDMA o‘sha bir bir quvvatni ishlatish bilan o‘sha tezlikda uzoq vaqt uzatishga imkon beradi.
Kanallar chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish (OFDMA) turli foydalanuvchilarga ularning o‘z nimtashuvchi chastotalar to‘plamlarini biriktirish yo‘li bilan OFDM tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin (10.12-rasm). Bu taqsimlash bajarilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab usullar mavjud. Eng oddiy usul 10.13-rasmda tasvirlanganidek, har bir foydalanuvchiga nimtashuvchi chastotalarni statik taqsimlash hisoblanadi.
10.13-rasm. OFDMA
Masalan, tizimning 64 ta nimtashuvchi chastotalaridan 1-foydalanuvchi 1-16 nimtashuvchi chastotalarni 2, 3, va 4- foydalanuvchilar mos ravishda 17-32, 33-48, va 49-64 nimtashuvchi chastotalarni ishlatishi mumkin. Taqsimlash turli fodalanuvchilar uchun uzoq vaqtga multipleksorga xabar qilinida va Furye tez o‘zgartirishini (FFT) ishlashigacha ishlatiladi. Tabiiyki, notekis taqsimlashga ham yo‘l qo‘yiladi, maslan yuqori tezliklarda ma’lumtlarni uzatadigan foydalanuvchilar uchun pastroq tezlikli foydalanuvchilarga qaraganda ko‘proq nimtashuvchi chastotalar taqsimlanadi.
Nimtashuvchi chastotalarni statik taqsimlashning takomillashtirilishi – dinamik taqsimlash kanalning holatini davriy tahlil qilishga asoslanadi. Masalan, chastotaviy holat va so‘nishlarning mavjudligi tufayli 1-foydalanuvchi 33-48 nimtashuvchi chastotalardagi nisbatan yaxshi kanallarga, shu bilan bir vaqtda 3-foydalanuvchi 1-16 nimtashuvchi chastotalardagi nisbatan yaxshi kanallarga ega bo‘lishi mumkin. Ravshanki, statistika asosidagi taqsimlashlarni bunday o‘zgartirish bu foydalanuvchilar uchun o‘zaro foydali bo‘lar edi. Nimtashuvchi chastotalarni dinamik taqsimlanishini bajarilishi uchun yaxshi ishlab chiqilgan nazariya mavjud. Ulardan ayrimlari quyidagilar hisoblanadi:
- multifoydalanuvchilik ajratilishi har bir yangi bog‘lanishga nimtashuvchi chastotalar to‘plamini berishdan iborat. Stansiyaga chastotalarni uzoq vaqt biriktirilishiga (ko‘p stansiyali ulanish) qaragandagi bu usul beradigan avzalliklar bu mumkin nimtashuvchilar to‘plamidan bu momentda “yaxshi” sharoitlarni ta’minlay oladigan nimtashuvchilarni har bir bog‘lanish uchun tanlash hisoblanadi;
- adaptiv modulyasiyalash bu eng yuqori ma’lumotlarni uzatish tezliklariga erishi uchun yaxshi kanallarni ishlatish uchun vosita hisoblanadi. OFDMAda unumdorlikni maksimallashtirish uchun nimtashuvchi chastotalarni tanlash va quvvatni taqsimlash kanallarning holatiga asoslanishi kerak.
Shunday qilib, OFDMA ko‘p stansiyali ulanish tez moslashuvchan uslubini ta’minlaydi, u ko‘plab foydalanuvchilarning ishlashini o‘zgaradigan ilovalar, ma’lumotlarni uzatish tezliklari va xizmat ko‘rsatish sifati talablarining katta to‘plami bilan muvofiqlashtirishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |