10-ma’ruza (2 soat) 16-mavzu: Zilzila va undan ogohlantirish, muhofazalanish tadbirlari


UYDA: Quyidagilarni oldindan tayyorlab qo‗ying va doim tayin joyda saqlang!



Download 489,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana05.04.2022
Hajmi489,5 Kb.
#528895
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-ma'ruza

UYDA:
Quyidagilarni oldindan tayyorlab qo‗ying va doim tayin joyda saqlang!
 
Hujjatlar solingan papka: 
Pasport, guvohnoma, tug‗ilganlik, nikoh haqida guvohnoma, shahodatnoma, 
diplom va hokazolar. Muhim hujjatlar nusxalarini boshqa joyda ham saqlash ayni 
muddaodir. 
Uch kunlik suv va oziq-ovqat zahirasi: 


Ehtiyot shart oziq-ovqatlarni saqlash uchun foydalanish muddati uzoq 
bo‗lgan mahsulotlarni tanlang. Zahiraga ajratilgan eguliklarni har 6 oyda yangilab 
turing. 
Sinmaydigan idish-tovoqlar jamlamasi 
Elektr fonarcha va batareyalar zahirasi 
Ko‗chma radiopriemnik 
SHamlar, gugurt 
Siz va oila a‘zolaringiz uchun zarur bo‗lgan dori-darmonlar. 
Barcha zahira buyumlarini tabiiy ofatlar yuzaga kelishi extiyot sharti sifatida 
jomadonda uydan chiqish joyidan uzoq bo‗lmagan erda saqlang. 
Zilzilaga tayyorgarlikni kichik qadamlardan boshlash kerak: 
Uyingizdagi er silkinganda xavf tug‗diradigan joylarni aniqlang; deraza oldi, 
og‗ir qandil osti, og‗ir va katta buyumlar oldi, o‗t chiqishi mumkin joylar. 
Yashirinish uchun xavfsiz joylarni oldindan chamalab oling; asosiy 
devorlarning ichki burchaklari, mustahkam stol yoki parta tagi, pishiq kursi yoki 
divan, krovatning oldi 
Yer silkinganda xavfsiz joyni egallashga o‗rganing. 
Birinchi qadamni bugunoq qo‗yishing
HAQIDA O‗ZINGGA SO‗Z BER: 

Krovatni oyna oldidan xavfsiz joyga suring 

Qo‗l ostidagi vositalar yordamida shkafni devorga mahkamlab qo‗ying 

Devordagi suratlarni mix bilan emas, ilgak bilan mustahkamlang 

O‗zingiz uchun suv g‗amlab qo‗ying 
Bir kishiga kuniga 4 litr suvni saqlash tavsiya etiladi. 
Zahira uzog‗i bilan 3 kun saqlanadi. 

Xavfli va tez alanga oladigan moddalarni bexavotir joyda saqlang 

Og‗ir buyumlarni oilaning eng kichik oila a‘zosi bo‗yidan past joyga 
ko‗chiring. 
Oilaning barcha a‘zolari uydagi elektr va gaz kranlarining asosiy o‗chirish 
joylari qaerda joylashganini bilishi kerak. Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda 
jabrlanganlarga birinchi tibbiy ko‗rsatish ko‗nikmalarini egallab oling.
ZILZILA PAYTIDA ASOSIY QOIDANI ESLAB QOLING: 
CHO‗KKALAB O‗TIRISH, PANAGA O‗TISH, KUTISH

Agar zilzila boshlangan bo‗lsa, avvalambor vazminlikni saqlang, vahima 
qilmang va boshqalarga ham o‗rnak bo‗ling. 
Zilzila kuchsiz bo‗lsa. Hech narsadan qo‗rqmang va qaerda bo‗lsangiz, 
o‗sha erda qoling. 
Zilzilaning kuchi kattaroq bo‗lsa (5 ball va undan yuqori): 
Xonada bo‗lsangiz, xavfsiz joyni egallang: 
Mustahkam stol (parta) tagiga o‗tiring, vannaga yoting, shkaf ichiga kirib 
oling. 


Krovat yoki divan oldiga cho‗kkalang (tagiga kirib oling), bunda deraza va 
og‗ir mebeldan uzoqroq bo‗ling 
Tayanch ustun oldidagi eshik tagida turing 
Yer silkinishining tugashini kuting. Ko‗chaga yugurib chiqmang 
Asosiy devorlarning ichki burchaklariga yaqin cho‗kkalab o‗tiring 
Agar siz bir qavatli seysmik mustahkam binoda bo‗lib, undan chiqmoqchi 
bo‗lsangiz, tezroq, ammo extiyotkorlik bilan harakat qiling, qulayotgan g‗isht va 
uzilib ketgan simlardan ehtiyot bo‗ling 
Avtomobilda bo‗lsangiz: 
Mashinani ochiq joyga xaydang va to‗xtang. Ko‗prik, yopiq yo‗laklar va 
elektr uzatish liniyalaridan uzoqroq bo‗ling. 
Binodan tashqarida bo‗lsangiz: 
Binolardan, daraxtlardan va elektr uzatish liniyalaridan uzoqroqqa ochiq 
joyga o‗ting, uzilib ketgan simlarga yaqinlashmang. 
Binolar tagida yugurmang va ichkariga kirmang. 
Tor ko‗chada bo‗lsangiz: 
Bunday ko‗chalarda xavfsiz joylar juda kam. Ko‗chadan ko‗ra binoning ichi 
bexavotirroqdir. 
Zilzila paytida nima qilmaslik kerak: 
Liftga kirish va zinapoyaga yugurib chiqish 
Balkonga chiqish va balkon yoki derazadan sakrash 
Gaz chiqishi oqibatida yong‗in paydo bo‗lishini oldini olish uchun 
gugurtdan foydalanish 
Snuni yodda tuting: zilzila paytida tuproqning siljishi tufayli odamlarning 
qurbon bo‗lishi xollari juda kam uchraydi. Baxtsiz xodisalarning asosiy sababi 
quyidagilar bo‗ladi: 


Binolarning alohida qismlarining qulab tushishi. 
Singan oynalarning tushib ketishi 
Elektr simining uzilib ketishi 
Xonadagi og‗ir buyumlarning tushib ketishi 
Yong‗inlar 
Odamlarning vahimaga tushishi. 
Zilzila tugagandan so‗ng nima qilish kerak: 
Xona ichida: 
Atrofni tekshirib jabrlanganlarga yordam ko‗rsatish 
Gaz isini sezsangiz, gazni o‗chirib qo‗ying, deraza va eshiklarni oching va darhol 
xonani tark eting 
Bino talofat ko‗rmagan bo‗lsa, telefon go‗shagi to‗g‗ri qo‗yilganini tekshiring 
Xavfli va zaharli moddalarning saqlanganligini tekshiring 
Atrofingizdagilar yordamga muxtoj bo‗lsa, birinchi yordam ko‗rsating, ularni 
tinchlantiring. 
Vayronalar ostida qolgan bo‗lsangiz 
Sovuq, zax bo‗lsa, noma‘lumlik sizni xavotirga solsa, siqilib qolgan 
bo‗lsangiz, badaningiz jarohatlangan bo‗lsa, suv va egulik bo‗lmasa ham, 
o‗zingizni yo‗qotmang. Jon saqlab qolishingiz Sizning ma‘naviy ahvolingizga, 
irodangizga, xammasi yaxshi bo‗lishiga ishonchingizga, bunday vaziyatlarda 
harakat qilish ko‗nikmalari va bilimga ega bo‗lishingizga bog‗liq. Tirik odamlar 
bir haftadan keyin ham xarobalar ichidan topilgan hollar bo‗lgan. 
Ehtiyotkorlik bilan qo‗l va oyoqlaringizni bo‗shattirishga harakat qiling
bunda ularni tortib olmasdan, harakatingizni cheklayotgan jism va toshlarni suring, 
ammo ehtiyot bo‗ling: ustingizdagi xarobani barqaror ushlab turgan jismlarni tortib 
olmang. 
O‗zingizni bo‗shatib olganingizdan so‗ng yonboshlab oling, oyoqlaringizni 
bukib ko‗krakka torting, qo‗lingizni tagingizga qo‗ying (beton yoki tuproq bilan 
kamroq aloqada bo‗lish uchun shunday vaziyatni qabul qilish kerak). 
Qutqaruv ishlari olib borilayotgan bo‗lsa, xarobalarni mustaqil ajratishga 
urinmang. Ovoz bering va ustingizda paydo bo‗lgan bo‗shliqni mustahkalang, 
buning o‗chun qo‗lingizga nima tushsa (tosh, xoda va xokazolar), plitalar ostiga 
joylashtiring. 
Bo‗shliq tor bo‗lsa va har bir xarakatingizdan so‗ng yuqoridan chang va 
mayda bo‗laklar to‗kilsa hamda sizning atrofingizdagi bo‗shliqni to‗ldiradigan 
bo‗lsa, imkon qadar qimirlamang. 
Kuchingizni, kislorod va energiyani tejang. YOrdamga umid qiling va 
kuting. Takror yer silkinishlariga tayyor turing. 


XONADAN TASHQARIDA: 
Tinchlikni saqlang va diqqat bilan vaziyatni baholang 
Zararlangan binolardan uzoqroq bo‗ling. Devorlar to‗satdan qulab tushishi 
mumkin. Bundan tashqari, gaz chiqishi, elektr simi shikastlanishi, singan shishalar 
tushib ketishi va xokazolar xavfi bor. 
Jabrlanganlarga yordam bering. Ularga birinchi tibiy yordam ko‗rsating, 
tibbiy yordamga muhtojlarga shifokorlarni yuboring. 
Zilziladan keyin nima qilmaslik kerak? 
Vahima qilmang, chopmang, tinchlikni saqlang. Odamlar sarosimaga 
tushgan hollarda qurbonlar ko‗proq bo‗ladi. 
Unutmang, jismoniy jarohat olsangiz yoki yong‗in chiqqan hollardagina 
telefondan foydalanishingiz mumkin. Sizda hammasi yaxshi bo‗lib, shoshilinch 
yordamga muhtoj bo‗lishi ehtimoldan holi emas. 
Gaz chiqmagani va gaz isi yo‗qligiga ishonch hosil qilmaguncha olov 
yoqmang. 
Yer silkinishlari davriy tusga ega bo‗ladi. Kuchli zilziladan so‗ng 
aftershoklar (takror silkinishlar) yuz beradi, ular, odatda, vaqti bilan kuchsizlashib 
boradi, ammo birinchi er silkinishidan jarohat olgan binolarga qo‗shimcha zarar 
etkazishi mumkin. Aftershoklar paytida vahima qilmaslik kerak. Asosiy 
silkinishlarda harakat qilish qoidalariga rioya qilish lozim. 

Download 489,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish