10 laboratoriya
Prtokol asosida ma’lumot almashish klient-server dasturini yaratish
Klient-server dasturini ishlab chiqishda NetBeans IDE muxiti va java dasturiy ta’minotini o‘rnatish
Hozirgi kunda JAVA dasturlash tili uchun bir necha muhit (IDE)lar yaratilgan bo‘lib, bu maqolada shunday muhitlardan biri NetBeans haqida gaplashamiz. Java tilini o‘rganishda aynan NetBeans muhitidan foydalanamiz, shuning uchun bu dasturni yuklab, o‘rnatishimiz lozim bo‘ladi. Dastlab, Oracle saytidan, NetBeans dasturini operatsion tizimga mos holdagisini yuklab olamiz(hajmi maksimum 300 MB). Dasturni o‘rnatishdan oldin, JDK paketi o‘rnatilgan bo‘lishi lozim( JDKni o‘rnatish). Undan so‘ng, yuklab olingan netbeans dasturini ishga tushiramiz va o‘rnatishni boshlaymiz.
1-rasm. JDKni o‘rnatish
Hosil bo‘lgan oynadan, o‘rnatilishi kerak bo‘lgan komponentlarni tanlab olamiz. Uning uchun «Nastroit…» tugmasini bosib, kerakli komponentlarni tanlaymiz. Hammasini o‘rnatish shart emas, iloji boricha soddaroq qilib o‘rnatamiz. Demak quyidagilarni belgilaymiz:
Shundan so‘ng, «Dalee» tugmasini bosib, keyingi oynaga o‘tamiz.
2-rasm. O‘rnatish oynasi
Litsenziyaga oid matnni o‘qib chiqamiz va rozilik beramiz, agar rozi bo‘lmasangiz, o‘rnatishni davom ettiraolmaysiz. Dalee
3-rasm. O‘rnatish oynasi
Navbatdagi oyna ham litsenziyaga bog‘liq matndan iborat, bu safar Java dasturlarini modulli tekshirish kutubxonasi(JUNIT — Java Unit) litsenziyasi haqida gap ketmoqda, rozi bo‘lamiz va Dalee.
4-rasm. O‘rnatish oynasi
IDE NETBEANS dasturini qaysi papkaga o‘rnatish kerakligini «Obzor» tugmasini bosgan holda tanlaymiz, undan tashqari biz o‘rnatgan JDK paketini ham o‘rnatgan joyini ko‘rsatamiz. Shunda netbeans va jdk bir biri bilan bog‘lanadi va netbeans orqali kompilyatsiya qilish va java-mashinani ishlatishimiz mumkin bo‘ladi. Dalee
5-rasm. O‘rnatish oynasi
Keyingi oynada, o‘rnatilayotgan dasturni saytdagisi bilan solishtirib beradi (agar kompyuter internetga ulangan bo‘lsa), ya’ni dasturni yangilash kerakmi, yo‘qmi, undan tashqari bu oynada dastur o‘rnatilayotgan joy va dastur hajmi haqida ma’lumot chiqadi. So‘ng «Ustanovit» tugmasini bosib, dasturni o‘rnatamiz. Kompyuter konfiguratsiyasiga qarab, 10 daqiqa davom etishi mumkin (balki ko‘proq, balki qamroq).
Shundan so‘ng, dastur o‘rnatilishi yakunlanadi va quyidagi oyna paydo bo‘ladi.
6-rasm. O‘rnatish oynasi
Agar NetBeans proektiga yordam bermoqchi bo‘lsangiz «Pomoch proektu» yozuvini belgilang, aks holda belgilashni olib tashlang, mani fikrim yordam berish shart emas, biza siz ham o‘zligi amallashadi(statistikalar uchun ma’lumotlar yig‘ish). Oxirida «Zavershit» tugmasini bosib, o‘rnatilishni yakunlaymiz.
Ushbu dasturni ishga tushirish uchun, “Rabochiy stol” ishchi oynasida joylashgandan NetBeans «yarlыk»gi sichqoncha ko‘rsatkichini ikkimarta bosing yoki Pusk menyusidan NetBeans IDE orqali amalga oshirish mumkin.
Java yuqori himoyalangan va obektga yo‘naltirilgan dashturlash tilidir. Platforma: dastur bajarila oladigan ixtiyoriy apparat yoki dasturiy muhit platformadir. Javaning o‘zini mahsus bajarilish muhiti – platformasi mavjud (JRE – Java Runtime Environment).
Do'stlaringiz bilan baham: |