10-bob. Bolalarni maktabga tayyorlashda pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuv tayanch tushunchalar



Download 0,98 Mb.
bet2/7
Sana05.09.2021
Hajmi0,98 Mb.
#164811
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5247036252737243656

Dars o‘tish usullari: ma’ruza matnlari bilan tanishtirish, semenar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilish, keyslar tuzish, aqliy hujum va klaster metodlari
10.1. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash texnologiyalarining nazariyasi va metodikasi



  • Pedagogik texnologiya - bu «Ilk qadam» dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini inobatga olgan holda, ijodiy, bilish, kommunikativ, ijtimoiy-hissiy, jismoniy, o‘yin faoliyatlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan metodlarni o‘rgatishda ta’lim jarayonlarini loyihalash bevosita bo‘lajak pedagog va murabbiylarda muammoli ta’limni qo‘llash va, aksincha, muammoli o‘qitish metodi ta’limni loyihalashga olib kelishi tasdiqlangan. Natijada ta’limda muammoli o‘qitish metodikasi bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘zaro uyg‘unlashib ketishi — ta’limning innovatsiyalashuviga erishish maqsadga muvofiqdir.

Davlat ahamiyatiga molik ushbu Masalaning yechimi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy dastur va texnologiyalarni tatbiq etishga bog‘liq. Shuning uchun maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida ta’lim berishda quyidagi muammoli vaziyatlarni aytib o‘tish joiz:

    1. maktabgacha ta’limda o‘qitishning yangi metodlari qo‘lianilishi;

    2. maktabgacha ta’lim jarayonlarini loyihalash;

    3. bo‘lajak pedagog va murabbiylar bilim olishining ahamiyati;

    4. maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiya;

    5. bo‘lajak tarbiyachilarning bilish faoliyati (reproduktiv, produktiv);

    6. maktabgacha ta’limning innovatsiyalashuvi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishining navbatdagi bosqich tajribalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ta’lim-tarbiya jarayonlarining tarkibiy qismlari - tarbiya, ta’lim, shaxsni rivojlantirishning uzviyligiga to‘liq erishilmagani va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni maktabgacha ta’limda qo‘llash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud ekanini ko‘rsatmoqda. Bu muammolar ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish, ya’ni bo‘lajak pedagog va murabbiylarning muloqot madaniyatini mukammal o‘ziashtirishga o‘rgatishdan iborat bo‘lsa, talabalarning ta’lim mazmunini o‘zlashtirishi ta’lim jarayonlarini loyihalashga erishish bilan bog‘liq. Talabalarning hamkorlikda ta’lim olishi o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilishi uchun qulay psixologik muhit yaratadi.

Maktabgacha ta’lim o‘quv materialini idrok etish (sezgi, idrok, tasavvurga asoslangan jarayon), ya’ni ta’lim mazmuni bilan tanishish va bilish vazifasi nima ekanini anglash; o‘quv materialining mazmunini aniqlash va yangi bilimlarning hosil bo‘lishi (analiz, sintez, xulosa chiqarishga asoslangan); yangi bilimlarni (mashq, mustaqil ishlar va qo‘shimcha izohlar orqali) mustahkamlash; o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘qituvchi imkoniyatiga qarab amaliyotda qo‘llash kabi 4 bosqichdan iborat. Ta’lim jarayonlarini loyihalash talabalarning bilish jarayonlarini samarali tashkil etish va ta’limning tarkibiy qismlari — maqsad, mazmun, metod, shakl va vositalari orasida uzviylikni ta’minlaydi, O‘quv faoliyati maqsadlari — bilim egallash, uni ko‘nikma va malaka darajasiga yetkazishdan iborat bo‘lsa, bilish faoliyati o‘quv faoliyatiga qaraganda keng hamda mazmunan boy bo‘lib, talabaning jamiyatda o‘z o‘rnini anglashga, boshqalar (tengdoshlari) bilan fikr almashishga intilishi, ijobiy fazilat va odatlarga tayyorlash, o‘quv predmetlarining orasida birortasini tanlashi, unga qiziqishi kabi yangi maqsadlarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Bilish jarayoni ta’lim mazmunini egallashdagi muammolarning yechimi va ta’lim metodlari yoki talabalarning o‘zaro hamkorlikda ta’lim olish xususiyatlariga bog‘liq. Talabaning bilish faoliyati o‘rganilayotgan mavzuga doir barcha axborotlarni to‘plash va ularni qayta ishlab qo‘llash kabi uch bosqichdan iborat bo‘ladi. Bu bosqichlardan birortasi yetarlicha bajarilmasa, bilim yuzaki xarakterga ega boladi yoki hosil bo‘lmaydi.

Aqliy bilimga axborotlarni olish, ular bilan ishlash kiradi. Bu bilish faoliyatining asosini tashkil etib, unga axborot olish va matn bilan ishlash, asosiy fikrlarni belgilash, kerakli axborotlarni izlash, tahlil etish, umumlashtirish, xulosa chiqarish, ma’lumot beruvchi har bir material bilan ishlash kiradi. Aqliy bilim olish aqliy faoliyat metodlari (analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosa chiqara olish) yordamida amalga oshiriladi.

Ijodiy metodlar deb, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini turli holatlarga tatbiq eta olish, masala yechishning turli usullarini qidirish (o‘qituvchi ko‘rsatmagan, aytmagan) yo‘llariga aytiladi. Bunday metodlar muammoli metodlar sirasiga kiradi. Ijodiy bilim olish, avvalo, g‘oyalarning yaratilishi bo‘lib, uning uchun talabalar turli sohalarda bilimlarga ega bo‘lishi, muammolarni yechishda bitta emas, bir nechta variantdagi yechimlarni topishi va bu yechimdan kelib chiqadigan natijalarni hamda uning oqibatlarini oldindan aytib bera olishi talab etiladi.

Kommunikativlik (o‘zaro fikr almashuv) qobiliyatiga talabalarning, avvalo, muloqot qila olish, suhbatdosh fikriga e’tiboi berish va uni tinglash, o‘z nuqtayi nazari, qarashlarini asoslay olish, dalillash, suhbatdoshi bilan bir qarorga kela olishi tushuniladi. Zamonaviy ta’limda talabalarning ijodiy, aqliy, kommunikativ faoliyatlarini rivojlantirish talab etiladi.

Pedagogik texnologiya dasturlashtirilgan ta’lim metodiga asoslanadi. Dasturlashtirilgan ta’lim metodi — har bir o‘quv materiali mavzusi mazmunini tayanch ibora va asosiy tushunchalarga asoslanib, eng sust o‘zlashtiruvchi talabani o‘rgana olishiga mos holda kichik bo‘lak (qadam, qism, epizod)larga bo‘lib o‘rganishga tayanadi. Har bir kichik bo‘lak talaba tomonidan o‘zlashtirilishi qanday darajada ekani tekshiriladi va baholanadi. So‘ngra talabaning mavzu mazmunini yaxlit egallaganini taksonomiyalar (o‘quv maqsadlari)ga asoslangan maxsus tayyorlangan nazorat topshiriqlari orqali (iloji boricha test yordamida) tekshirilishi va baholanishi talab etiladi. Bilish faoliyati maqsad, motiv, vosita, natijadan iborat tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Dasturlashtirilgan ta’lim metodikasiga asoslangan o‘qitishda har bir kichik bo‘lak o‘zining maqsadi, motivi, vositalari va natijasiga ega bo‘ladi. Maqsad (oldindan anglangan, rejalashtirilgan natija) talabadan ongli maqsadga erishishga qaratilgan (maqsadga yo‘naltirilgan) faoliyatni talab etadi. Ta’lim jarayonida amalga oshirilgan maqsad (bir bo‘lakning o‘zlashtirilgani) natijaga aylanadi. Qo‘lga kiritilgan bu natija keyingi bo‘lakni o‘zlashtirish maqsadida, ya’ni yangidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish vositasi vazifasida ishtirok etadi, Demak, pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim o‘zlashtirishning reproduktiv darajasini ta’minlab, har bir bo‘lakni o‘ziashtirishga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos muammoni yechishdan iborat, Dasturlashtirilgan ta’lim metodikasiga asoslanish o‘zlashtirishning dastlabki esga olish va xotirada tiklash reproduktiv darajalarini ta’minlaydi. Lekin navbatdagi mahsuldor (produktiv) va ijodiy o‘zlashtirish darajalariga erishish muammoli ta’lim metodlariga asoslanishni taqozo etadi.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish