Asosiy maqola: Oʻzbekiston-Amerika Qoʻshma Shtatlari munosabatlari
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama siyosiy va iqtisodiy munosabatlar bir nechta hukumatlararo shartnoma va bitim asosida tartibga solib turiladi. Hamjihatlik haqidagi memorandum, Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqidagi shartnoma, Savdo bitami, Maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonot, Konsullik munosabatlariga oid qoʻshma axborot asosiy hujjatlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning 1996-yil iyunida Amerika Qoʻshma Shtatlariga qilgan tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashgan muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida ikki tomonlama huj-jatlar majmui imzolandi. Buxoro viloyatidagi gaz konlarini oʻzlashtirish loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash, surkov materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etish, qishloq xoʻjaligi korxonalariga lizing xizmati koʻrsatuvchi qoʻshma korxona tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo va taraqkiyot agentligi oʻrtasida Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida birgalikda aviatexnika ishlab chiqarish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini tayyorlash uchun Amerika tomonidan grant ajratish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston TIF Milliy banki bilan „Bank of Amerika“ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geol. va mineral resurelar qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geol. va mineral resurelar qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ va „Mitsui“ korporatsiyalari oʻrtasida „Qizilolmasoy“ va „Koʻchbuloq“ ruda konlarini birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi bitim shular jumlasidandir.
1999-yilda Oʻzbekiston bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln. Amerika Qoʻshma Shtatlari dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Amerika Qoʻshma Shtatlaridan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari, asbob-uskunalar sotib oladi. Eksport asosan paxta tolasidan iborat. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi turli firma va kompaniyalarning Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar almashu-vi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi.
Oʻzbekistonda bir qancha OʻzbekistonAmerika qoʻshma loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda konidan foydalanish, „Interneshnl Telset, Ink.“ kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida kabel televideniyesi tarmogini yaratish va boshqarish loyihalaridir.
Amerikaning firma va kompaniyalaridan „Barents grupp“ kimyo sanoati sohasida, „Kellog“ Koʻqdumaloq koni uchun kompressor stansiyasi qurish, „AIG“, „Emsi-Ay“ turli sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
„Zarafshon-Nyumont“ OʻzbekistonAmerika qoʻshma korxonasi Qizilqum choʻlida qisqa muddatda zamonaviy korxona barpo etdi.
MDH mamlakatlaridagi katta loyihalarni roʻyobga chiqaruvchi Amerika firmalarining tadqiqotlarini mablagʻ bilan taʼminlovchi Amerika Qoʻshma Shtatlarining yirik nohukumat tashkiloti – Savdo va taraqqiyot agentligi oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi zavod loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga grant ajratishga qaror qildi.
Oʻzbekiston – Amerika hamkorligiga xususiy biznes namoyandalari ham salmoqli hissa qoʻshdi. Jumladan 1997-yilda Amerikaning „Keys interneyshnl“ kompaniyasi yordamida Toshkent traktor zavodi qayta qurilib, shu firmaning zamonaviy traktorlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. „Boing“ kompaniyasi esa oʻzaro manfaatli shartlar (lizing) asosida yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar yetkazib berdi. „Boing“ qulayligi jihatidan ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham Rossiyaning shu toifadagi samolyotlaridan katta farq qiladi.
Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank tizimini kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX, ACCELS, Soros jamgʻarmasi kabi muassasalari esa Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropaning ilmiy markazlarida Oʻzbekiston uchun mutaxassislar tayyorlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda.
Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf etishda Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati va xayriya jamgʻarmalari insonparvarlik yordami berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash muassasalari uchun doridarmon, tibbiyot asbob-uskunalari, kiyimkechak, oziq-ovqat mahsulotlari yuborib turibdi. 1997-yil noyabrda Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti rafiqasi Xillari Klintonning Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1997-yil 9–11 iyunda OʻzbekistonAmerika qoʻshma komissiyasining tuzilishi Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanib va rivojlanib borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma komissiya mintaqaviy siyosiy muammolarni oʻz ichiga olgan oʻzaro manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi siljishi, harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Oʻzbekistonda xo-rijiy investitsiyalar uchun sharoitlarni muhokama etadi. 1998-yil 26–27 fevral Vashington shahrida qoʻshma komissiyaning birinchi, 1999-yil 24–25 may Toshkent shahrida ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |