3-rasm. To‘rt tayanch stansiyasi uchun vagonlar oqimi rejasini hisoblash.
Analitik taqqoslash usuli: Analitik taqqoslash usuli 1927-yilda prof. I.I. Vasilev tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u o‘tkinchi poezdlarning eng samarali manzillarini bir tarmoqli va ko‘p tarmoqli vagon oqimlari orasidan tanlab olishga asoslangan. Ushbu usul bo‘yicha hisoblash tartibi quyidagichadir:
Etarli shart talablariga javob beruvchi vagon oqimlari tarmog‘i (bir tarmoqli poezdlar) poezdlar tuzish rejasining eng qulay variantiga kiritiladi va keyingi hisoblarda ishtirok etmaydi;
farqi bo‘yicha hosil bo‘luvchi vagon – soatlar tejamining maksimal qiymatiga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli manzil (bir necha qisqa tarmoqlarning birikishi) dastlabki hisoblanadi. Bunday ko‘p tarmoqli manzillar, agar undan uzoqroq manzillar ko‘p tarmoqli manzillar harakat marshrutidan tashqari bo‘lgan tayanch stansiyalarda dan kam miqdorda vagon – soatlar tejamini bersa, poezdlar tuzish rejasining eng qulay variantiga kiritiladi;
poezdalr tuzish rejasining eng qulay variantiga dastlabki manzil poezdlar harakati marshrutiga kirmaydigan tayanch stansiyalar bo‘yicha ham etarli shart talablariga javob beruvchi, farqi bo‘yicha vagon – soatlarning eng ko‘p tejamini ta’minlovchi vagon oqimlarining kuchli tarmog‘ini qamrab olgan manzil kiritiladi;
qisqaroq masofada harakatlanuvchi tarmoqlarni tanlashda dastlabki yoki uzoqroq masofada harakatlanuvchi tarmoqlar bo‘yicha vagon – soatlar taqqoslanadi va vagon – soatlarning eng katta tejamini beruvchi variant tanlanadi;
navbatdagi tayanch stansiyalarda hosil bo‘luvchi vagon oqimlari tarmoqlarini ko‘rib chiqishda eng qulay variantga tayanch stansiyadan qayta ishlovsiz o‘tuvchi, vagon – soatlarning ko‘proq tejamini beruvchi tarmoqlar kiritiladi.
Misol. 1-rasm. analitik taqqoslash usulida poezdlar tuzish rejasining hisobi keltirilgan. A – J yo‘nalishida har bir tayanch stansiyalar uchun yig‘ilish vagon – soatlari, vaqt tejami, vagon oqimlarining biriktirilgan pog‘anasimon grafigi, vagon oqimlari grafigi, bir tarmoqli va ko‘p tarmoqli vagon oqimlarining mumkin bo‘lgan manzillari garfigi keltirilgan.
Avval etarli shartni qanoatlantiruvchi vagon oqimlari tarmoqlari ajratib olinadi. Ko‘rilayotgan holatda A – D manzilidagi n3=270 vagon tarmog‘i poezdlar tuzishning eng qulay rejasiga kiritiladi. Navbatdagi hisoblarda ushbu vagon oqimlari ishtirok etmaydi. B – D manzilidagi n1+n2+n7+n8+n9=290 vagon ko‘p tarmoqli vagon oqimlari 1230 vagon – soat tejamini beradi. U ikkinchi qoidaga muvofiq dastlabki manzilga ajratiladi. B – D ko‘p tarmoqli manzil uchun V va G tayanch stansiyalar bo‘yicha vagon – soatlar tejami yig‘ilish vagon – soatlaridan kattadir , B – E ko‘p tarmoqli manzil B – D manzilga nisbatan ko‘proq vagon – soatlar tejamini beradi, lekin G va D tayanch stansiyalari bo‘yicha . Bu hol B – E manzilining ikkinchi qoida talablarini qanoatlantirmasligini ko‘rsatadi va shu sababli u boshqa bir tarmoqli va ko‘p tarmoqli vagon oqimlari singari dastlabki manzil sifatida ajratib olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |