10-Amaliyot Mavzu: Poezdlar oqimining hususiyatlari. Poezdlarni ishlash tartibi


-rasm. Bir yo‘nalishda tayanch saralash stansiyalarini aniqlash: A, B, V, G, D- tayanch saralash stansiyalari; a, b, v . k - qolgan saralash va uchastka stansiyalari



Download 236,62 Kb.
bet3/6
Sana18.01.2022
Hajmi236,62 Kb.
#385405
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Amaliyot Nurmatjonov

2-rasm. Bir yo‘nalishda tayanch saralash stansiyalarini aniqlash: A, B, V, G, D- tayanch saralash stansiyalari; a, b, v . k - qolgan saralash va uchastka stansiyalari.

Misol uchun to‘rtta tayanch stansiyalar uchun poezdlar tuzish rejasini ko‘rib chiqamiz. Har qaysi variant uchun alohida standart hisoblash jadvalini tayyorlanadi (2-rasm).

Birinchi va ikkinchi vertikal ustunlar 2-chi va 3-chi tayanch stansiyalariga tegishli. Birinchi gorizontal qator 1-chi stansiyadan 3-stansiyaga ketadigan vagon oqimlarini, 2-chisi 1-chi stansiyadan 4-chi stansiyaga, 3-chi qator 2-chi stansiyadan 4-stansiyaga ketayotgan vagon oqimlarini bildiradi. 4-chi gorizontal qatorda qayta ishlanayotgan barcha vagon oqimlarini alohida tayanch stansiyaga tegishlisi va jamini bildiradi. 5-chi gorizontal qatorda har bir stansiya uchun vagon-soatlar topilib, variant bo‘yicha jami hisoblanadi. 6-chi qatorda (1, 2, 3) tayanch stansiyalarida vagonlarni yig‘ish ash u yo‘nalish uchun ketgan vaqt. 7-chi qatorda, shu variant bo‘yicha ketgan umumiy vagon-soatlar hisoblanadi.

Jadval ustida, o‘ng tomonda shu variant bo‘yicha tayanch stansiyalarga ketuvchi vagon oqimlarini birlashtirish keltirilgan. Bu erda 1-chi vertikal qatorda 1-chi tayanch stansiyada tuziladigan tarkiblar manzili soni, 3-chi qatordagi sonlar, 2-chi tayanch stansiyada tuziladigan tarkiblar manzili soni. 2, 3, 4 sonlar, bu 1-chi stansiyada tuziladigan poezdlar soni 2, 3, 4-chi stansiyalarga.

Vagon oqimlari N1, N2, N3 vagonlar oqimidan A stansiyasida alohida-alohida poezdlar tuzilishi sababli, bu vagonlar oqimi yo‘l-yo‘lakay tayanch stansiyalarida kayta ishlanmaydilar.

Agar 3-chi gorizontal katak qarshisida 3+4 holda yozilgan bo‘lsa, bu 3-chi va 4-chi stansiyalarga jo‘natiladigan vagon oqimlari birlashtirilishini bildiradi. Demak N4=100 vagonlar 4-chi tayanch stansiyasiga ketayotganlari 3-tayanch stansiyasida qayta ishlaniladi.

Hisob jadvallaridagi bo‘sh kataklar birinchi va ikkinchi stansiyalarga qayta ishlashga kelayotgan vagonlar sonini va ularni qayta ishlash uchun ketgan vagon-soatlarni bildiradi.

Doiralar hisob jadvaliga bosmaxonada nashr etish vaqtida qo‘yiladi va har bir variantning xususiyatini ko‘rsatadi 74 vagon oqimlari bu variantda vagon oqimlari qayta ishlanmasligini bildiradi. 12.11-rasmda har qaysi variant uchun vagon oqimlarini tashkil etish hollari keltirilgan. Birinchi variantda barcha vagon oqimlari alohida tayinlangan joyga borishi ko‘rsatilgan. SHuning uchun jadvalda gorizontal kataklarda bo‘sh qator qolmagan. Ikkinchi variantda vagon oqimlari 2- va 3-tayanch stansiyalariga ko‘shilgan. SHuning uchun N2-60 vagon A dan V ga ketayotgan, ikkinchi tayanch B stansiyasida qayta ishlanadi va birinchi gorizontal qatorga 60 soni yoziladi. SHu variantda 2- va 3-tayanch stansiyalariga kelayotgan boshqa vagonlar yo‘k, shuning uchun 0 belgisi qo‘yilgan. Tejalgan vaqt qiymatini, qayta ishlayotgan vagonlar soniga ko‘paytirilib ikkinchi variantda 60∙40=240 vagon-soat, uchinchi variantda 80∙3=240, to‘rtinchi variantda 80∙4=320 va h.k. qilib hisoblanadi va bu sonlarni beshinchi gorizontal qatorga yoziladi. Jadvalning pastki qismiga poezdlar tuzish rejasidagi manzillar soni aniqlanadi (har qaysi tayanch stansiya uchun). Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, birinchi variantda A tayanch stansiyasi 3 manzilga, ikkinchisi 2-manzilga va uchinchisi bir manzilga poezdlarni tuzar ekan. Ikkinchi variantdan ko‘rinib turibdiki birinchi stansiya 2 manzilga, ikkinchisi ham shuncha, uchinchisi – bir manzilga va h.k.

Bu hisoblardan so‘ng vagonlarni yig‘ish uchun ketgan vagon-soatlar aniqlanadi, u quyidagi formula yordamida topiladi

bu erda yig‘ilish parametri;



poezd tarkibidagi vagonlar soni;

manzillar soni (poezdlar tuzish rejasi bo‘yicha).

Vagonlarni yig‘ish uchun sarflangan vagon-soatlari jadvalning oltinchi gorizontal qatoriga yoziladi.

Ohirida qayta ishlash uchun sarflangan vagon-soatlar ularni saralash parki yo‘lida yig‘ish uchun sarflangan vagon-soatlar bilan qo‘shiladi va jadvalning ohirgi katagiga yoziladi. Xulosa qilib eng kam sarflangan vagon-soatlar yig‘indisi topiladi. Biz ko‘rib chiqqan misolimizda ikki (7- va 8-) variantda reja tuzishda eng kam vagon-soatlar (2540) sarflanganligini ko‘rishimiz mumkin.

Ohirida qabul qilingai variant saralash stansiyalarining quvvati va saralash parkidagi yo‘llar soni tahlil qilinadi. Temir yo‘l tranportida poezdlarning tuzishning rejasini optimal variantlarni tanlab olish temir yo‘l transportining sifat ko‘rsatkichlarining oshirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Temir yo‘l tranportida poezdlar tuzish rejasining eng qulay variantiga kiritilgandan so‘ng, optimal variantga kiritilgan vagon oqimlarini hisobga olmay manzillar grafigining birinchi qisqartirilishi bajarilishi belgilab berilgan.






Download 236,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish