10-AMALIY MASHG'ULOT. STANDARTLASHTIRISHNING DAVLAT NAZORATI.
Standartlashtirishning Davlat nazorati (SDN) sanoat ishlab-chiqarish korxonalari, ilmiy-
tadqiqot bo’limlari, birlashmalar, ilmiy-kostruktorlik va loyihalash tashkilotlari, transport, savdo,
maishiy xizmat va boshqa ommaviy tashkilotlarda standartlar hamda shu kabi tartibga soluvchi
me’yoriy hujjatlarning amalga oshirilishi faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etiladi.
Standartlashtirishning Davlat nazorati mahsulot, xizmat va faoliyatini barcha turiga ta’sir
doirasini o’tkazadi. Uning asosiy vazifasi fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini Vazirliklar,
muassasalar, korxona va tashkilotlarida joriy etilishini, o’lchash aniqliklari, turlari, vositalari
bo’yicha sohalarda birxillikni ta’minlash, nazorat natijalarini tahlillash asosida taklif va
tavsiyalar kiritishdan iboratdir.
SDN “O’zstandart” agentligi organlari tamonida amalga oshiriladi. Standartlashtirish
markazi, metrologiya va setifikatlashtirish bo’limlari, Standartashtirishning Davlat nazorati
laboratoriyalari bu borada xizmat qiladi.
SDN ishlari barcha mahsulot yoki xizmat turlari bo’yicha etakchi tashkilotlar
mutaxasislari,
ilmiy-tadqiqot,
loyiha,
konsturuktorlik
tashkilotlari
yuqori
malakali
mutaxassislari, ishlab chiqarishning novatorlari hamda tashkilotchilik vakillari jalb etiladi.
Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning xuquq va majburiyatlari.
“O’zstandart” agentligi davlat nazorat organlari standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlashtirish bo’yicha keng qamrovli faoliyat ko’rsatadi, jumladan:
- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish;
- mahsulot sifati nazorati bo’yicha taftish (reviziya) hayati ishlarini boshqarish va
muofiqlashtirish bo’yicha metodik boshqarish;
- SDN ishlarini umumlashtirish;
- davlat sinovlari o’tkazish;
- standartlar va texnik shatlarini ro’yxatga olish va ekspertlash;
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish;
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo’yicha bosh korxonalarni shaxodatlash kabi
ishlarni tizimli olib boradi;
SDN mansabdor shaxslariga davlat tomonidan quyidagi huquqlar beriladi:
- standartlashtirish va metrologiya talablarini qondirmaydigan konstruktorlik, texnologik
va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta’qiqlash;
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni ishlab
chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash;
- standartlashtirish me’yor va talablarini buzib ish ko’rib, kelayotgan korxona va
tashkilotlarga iqtisodiy sanktsiya choralarini qo’llash yo’riqnomasini bitish;
SDN “O’zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalar asosida muhim
mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish ishlarini joriy qilish, ularni buzilishiga yo’l
qo’ymaslikka qaratilgan xalq xo’jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan tadbirlarni
amalga oshirib boradi.
Yillik rejalar nafaqat etakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha o’zaro
munosabatdagi korxona va bo’limlar faoliyatini tekshirish bo’yicha butjam nazorat ko’rinishida
tuzilgan va amalga oshirilgan bo’lmog’i lozim.
Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni. Tekshiruv mazmuni, korxona, birlashma va
tashkilotlar faolitiga bog’liq holda quyidagicha bo’lmog’i darkor:
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda korxona, davlat, soha
standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa
ko’rsatmalarini standartlar talablariga to’g’ri kelishini;
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotlarda, ularni sifati va maqsadli ishlab chiqilishi,
joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik bosqichlarining to’g’riligi va shu kabilar;
- transport va xizmat sohalarida ko’rsatilayotgan xizmat yoki transport vositalarining
mahsulotga mosligi, qadoqlash, tamirlash, yuklash-tushirish, tashish sharoitlarining talabga
javob berishi;
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish holatlarining
muvofiqligining standart talablariga mos kelishi;
- foydalanadigan va iste’mol qiladigan tashkilotlarda, to’g’ri foydalanish va to’g’ri
iste’mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining me’yordan oshib
ketmasligi.
Ko’rsatilgan barcha ob’ektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida (qanday o’lchab,
qanday nazorat qilish), vositalariga alohida e’tibor beriladi.
Standartlarga rioya etilganlik nazorati:
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki buyumga
mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot yoki buyumni vaqti-
vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi ishlarni o’z ichiga olmog’i zarur.
Korxonalarda standartlarni qo’llanilishi va ularga amal qilish tartiblari quyidagicha
bosqichma-bosqich kuzatish yo’li bilan nazorat qilinishi mumkin.
1.
Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.
Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida dastlabki
ma’lumotlar belgilab olinadi; jumladan:
- korxonaning asosiy ixtisoslashtirilganligi;
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi;
- etalon (namuna)ning mavjudligi;
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o’tkazilgan tekshiruv natijalarining mavjudligi.
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha ma’lumotlar
bilan bevosita tanishib chiqiladi.
Me’yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo’llanilishi, ularga rioya qilinishi, ko’rilgan
va ko’rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi buyruqlarning mavjudligi,
ularning bajarilishi. Konsturuktorlik-texnologik hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal
qilinish holatlari va x.k.
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so’ng zarur namunalar tanlab olinadi va nazorat
boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan standart, texnik shart va
texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to’g’ri kelishligi. Texnologik reglamentlarning
buzilmaganligi, texnologik xaritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo’yicha barcha omillarni, o’lchov asboblarining metrologik
holati tekshiriladi.
5. Qo’llanilayotgan standart talablarining buzilmaganligi, uni takomillashtirish borasidagi
yangi standartlarni qo’llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi.
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma’lumotlarini umumlashtirilganligi haqida aktlar
tuzilib imzolanadi va ular tegishliy joyga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |