10-amaliy ish. Dasturiy taminot asosida vpn tarmog’ini qurish. Ishdan maqsad



Download 488,83 Kb.
bet7/12
Sana22.06.2021
Hajmi488,83 Kb.
#72663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-15-amaliy ishlar hisoboti

12-amaliy ish

Parolli himoyani barqarorligini miqdoriy jihatdan baholash

Ishdan maqsad: Parollarga asoslangan foydalanuvchilar autentifikatsiyasi о‘tkazish jarayonini о‘rganib chiqish.

Qisqacha nazariy ma’lumot

Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir subyekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jar ay on) bilan uni bir ma’noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘Iiq. Bu ushbu subyektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot subyekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa, u legal (qonuniy), aks holda, legal bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan awal foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim. Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan fimksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma’lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi. Autentifikatsiya (Authentication) - ma’lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch hosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o‘tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayoni da faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‘z xususidagi noyob, boshqalarga ma’lum bo‘lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi. Identifikatsiya va autentifikatsiya subyektlarning (foydalanuvchilaming) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning о‘zaro bog‘langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga 131 bog‘liq. Subyektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi. Avtorizatsiya (Authorization) - subektga tizimda ma’lum vakolat va resurslami berish muolajasi, ya’ni avtorizatsiya subyekt harakati doirasini va u foydalanadigan resurslami belgilaydi. Agar tizim avtorizatsiyalangan shaxsni avtorizatsiyalanmagan shaxsdan ishonchli ajrata olmasa, bu tizimda axborotning konfidensialligi va yaxlitligi buzilishi mumkin. Autentifikatsiya va avtorizatsiya muolajalari bilan foydalanuvchi harakatini ma’murlash muolajasi uzviy bog‘langan. M a’murlash (Accounting) - foydalanuvchining tarmoqdagi harakatini, shu jumladan, uning resurslardan foydalanishga urinishini qayd etish. Ushbu hisobot axboroti xavfsizlik nuqtayi nazaridan tarmoqdagi xavfsizlik hodisalarini oshkor qilish, tahlillash va ularga mos reaksiya ko‘rsatish uchun juda muhimdir. Ma’lumotlami uzatish kanallarini himoyalashda subyektlarning о ‘zaro auientifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog‘lanadigan subyektlar haqiqiyligining o‘zaro tasdig‘i bajarilishi shart. Haqiqiylikning tasdig‘i odatda seans boshida, abonentlaming birbiriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulash” atamasi orqali tarmoqning ikkita subyekti o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi - ulash qonuniy subyekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo‘ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir. 0 ‘zining haqiqiyligini tasdiqlash uchun subyekt tizimga turli axborotni taqdim etadi. Bunday axborot turi “Autentifikatsiya faktori” deb yuritiladi. Autentifikatsiyalashning quyidagi uchta faktori farqlanadi: - biror narsani bilish asosida. Misol sifatida parol, shaxsiy identifikatsiya kodi PIN (Personal Identification Number) hamda “so‘rov javob” xilidagi protokollarda namoyish etiluvchi maxfiy va ochiq kalitlami ko‘rsatish mumkin; - biror narsaga egaligi asosida. Od&tda bular magnit kartalar, smart- kartalar, sertifikatlar va touch memory qurilmalari; - qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida. Ushbu faktor o‘z tarkibiga foydalanuvchining biometrik xarakteristikalariga (ovozlar, ko‘zining rangdor pardasi va to‘r pardasi, barmoq izlari, 132 kafit geometriyasi va h.) asoslangan usullami oladi. Bu faktorda kriptografik usullar va vositalar ishlatilmaydi. Beometrik xarakteristikalar binodan yoki qandaydir texnikadan foydalanishni nazoratlashda ishlatiladi. Subyektning haqiqiyligini tasdiqlash autentifikatsiyaning uchta faktoridan biri yordamida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, foydalanuvchini autentifikatsiyalash jarayonida undan parol yoki barmoq izlari so‘ralishi mumkin. Autentifikatsiya jarayonida faqat bitta faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya bir faktorli deb yuritiladi. Autentifikatsiya jarayonida bir necha faktor ishlatilsa, bunday autentifikatsiya ко ‘p faktorli deb yuritiladi. Masalan, autentifikatsiya jarayonida foydalanuvchi smart-kartadan va qo‘shimcha paroldan (yoki PIN-koddan) foydalanishi lozim. Ikki faktorli va uch faktorli autentifikatsiya tushunchalari ham ishlatiladi. NCSC-TG-017 hujjatda ko‘p faktorli autentifikatsiya turlari uchun 1,2 xilli, 2,3 xilli va 1,2,3 xilli autentifikatsiya atamalari kiritilgan. 1,2 xilli autentifikatsiya (bir ikki xilli autentifikatsiya deb yuritiladi), masalan, autentifikatsiyaning ikki faktorini ishlatadi: birinchi (bir narsani bilish asosida) va ikkinchi (bir narsaga egaligi asosida). 1,2,3 xilli autentifikatsiya (bir ikki uch xilli autentifikatsiya deb yuritiladi), autentifikatsiyaning uchta faktorining kombinasiyasini ishlatadi (bir narsa bilish asosida, bir narsaga egaligi asosida va qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida). Agar autentifikatsiyalashda bir omilli autentifikatsiya ishlatilsa bunday autentifikatsiya zaif hisoblanadi. Shu sababli, xavfsizlikning yuqori darajasini ta’minlash uchun ko‘p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bankomatdan foydalanuvchini haqiqiyligini tasdiqlashda ikki faktorli autentifikatsiya keng tarqalgan. Bu bir vaqtda magnit hoshiyali karta va PIN-kod ishlatiladi. Parol - foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi sherigi biladigan narsa. 0 ‘zaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi va uning sherigi o‘rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta va smart-karta egasini autentifikatsiyasida shaxsiy identifikatsiya nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN - kodning maxfiy qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo‘lishi shart. 133 Dinamik - (bir martalik) parol- bir marta ishlatilganidan so‘ng boshqa umuman ishlatilmaydigan parol. Amalda odatda doimiy parolga yoki tayanch iboraga asoslanuvchi muntazam o‘zgarib turuvchi qiymat ishlatiladi. “So'rov-javob” tizimi - taraflaming biri noyob va oldindan bilib bo‘lmaydigan “so‘rov” qiymatini ikkinchi tarafga jo‘natish orqali autentifikatsiyani boshlab beradi, ikkinchi taraf esa so‘rov va sir yordamida hisoblangan javobni jo‘natadi. Ikkala tarafga bitta sir ma’lum bo‘lgani sababli, birinchi taraf ikkinchi taraf javobini tekshirishi mumkin. Sertifikatlar va raqamli imzolar - agar autentifikatsiya uchun sertifikatlar ishlatilsa, bu sertifikatlarda raqamli imzoning ishlatilishi talab etiladi. Sertifikatlar foydalanuvchi tashkilotining mas’ul shaxsi, sertifikatlar serveri yoki tashqi ishonchli tashkilot tomonidan beriladi. Internet doirasida ochiq kalit sertifikatlarini tarqatish uchun ochiq kalitlami boshqaruvchi qator tijorat infrastrukturalari PKI (Public Key Infrastrusture) paydo bo‘Idi. Foydalanuvchilar turli daraja sertifikatlarini olishlari mumkin.



Download 488,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish