10 – mavzu: tafakkur reja



Download 114,19 Kb.
bet1/5
Sana10.07.2022
Hajmi114,19 Kb.
#771704
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10- мавзу тафаккур


10 – MAVZU: TAFAKKUR
Reja

  1. Tafakkur to‘g‘risida umumiy tushuncha.

  2. Tafakkur operatsiyalarining psixologik mohiyati.

  3. Tafakkur nazariyalari talqini.

  4. Tafakkur turlari yuzasidan mulohazalar.

  5. Tafakkurni rivojlanish xususiyatlari.

Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug‘ilmoqda. Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o‘rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. SHuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.


Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurni berilgan ta’rif turlicha bo‘lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o‘tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to‘g‘ri), to‘liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag‘in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to‘la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o‘tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so‘z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M. V. Gamezo «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so‘z hamda o‘tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashagn, so‘z vositasida va vositali atrof-muhit hodisalarini aks ettira olishini ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning predmetini to‘la ochib berishga qurbi etmaydi, shuning uchun boshqa manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o‘z ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog‘liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir». Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, yuqorida keltirib o‘tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq tafakkur xususiyatlarni ochib berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to‘la kamrab olinmagan.
V. V. Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan xolos. Xuddi shunga o‘xshash tafakkur xususiyatlari F. N. Gonobolin, K. K. Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to‘laroq ta’rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur- bu o‘z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o‘sha umumlashmalar yangiligiga bog‘liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O. K. Tixomirov mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o‘tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo‘lishi ta’rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xarakteristika berib o‘tamiz. S. L. Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o‘rganishning asosiy predmeti- jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo‘lishdir. Muallif tafakkur operatsiyalari, shakllarini shakllantirishda-jarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esa-fikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S. L. Rubinshteyn tafakkur to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, uni sub’ekt faolligining paydo bo‘lishi deb ataladi.
A. N. Leontьev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko‘rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. SHuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to‘g‘risida nazariy metodologik muammolarni o‘rtaga tashlaydi.
P. YA. Galьperin fikriga ko‘ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, ya’ni orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yachishda sub’ektning tafakkurga orientirovka qilish jarayonini o‘rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P. YA. Galьperin tafakkurning boshqa jahatlarini o‘zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.
A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari alohida ta’kidlab o‘tiladi. YUqoridagi mualliflardan o‘laroq, A. V. Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudligini dalillab ko‘rsatadi.
Tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan sho‘ro psixologlari tomonidan bildirilgan mulohazalarga yakun yasab, umumiy ta’rif berishning mavridi keldi. Psixologiyada tafakkurga nisbatan berilgan qator tushunchalar mavjuddir, jumladan, jarayon, fikr yuritish faoliyati, bashorat qilish, anglashilgan bilimlar, aql mezoni, fahmlilik va boshqalar. YUritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta’rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashagn holda aks ettirivchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari va funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish, jarayon, faoliyat va boshqalar. Bizningcha, berilgan ta’rifdan kelib chiqqan holda tafakkur predmetini aniqlashga harakat qilinsa, maqsadga muvofiq ish qilingan bo‘lar edi. Tafakkur predmetini belgilash mashaqqati uning murakab bilish jarayoni ekanligini yana bir qirra tasdiqlab turibdi. Quyidagi tafakkur strukturasini ilova qilamiz.
Analiz va sintez operatsiyalari. Analiz-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa vahodisalarni fikran yoki amaliy va xususiyatlarini tahlil qilamiz. Allomalarning aytishicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich oddiy analizdir. O‘quvchi vatalaba yoshlar turmushda va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar misol va masalalarni echadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o‘zlashtirib olish analizdan boshlanar ekan. Darsda biz kimyoviy birikmalarni (N2 SO4-vodorod, kislorod va oltingugurtga) parchalaymiz. Ma’ruzalarda gaplarni grammatik tahlil qilish asosida turli gap bo‘laklariga, morfema va fonemalarga ajratiladi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo‘yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish uchun u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o‘z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo‘ladi va hokazo.
Ma’ruza va dars jarayonlarida tafakkurning analiz qilish operatsiyasi juda muhim rolь o‘ynaydi. Insonga savod o‘rgatish bola nutqini analiz qilishdan boshlanadi. So‘ng bu holat matnni gaplarga, gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni o‘z navbatida bo‘g‘inlarga, fonemalarga ularni esa tovushlarga bo‘lish singari aqliy faoliyat bilan asta-sekin almashtiriladi. Arifmetika, algebra, geometriya, trigonometriya, fizika yoinki O‘zbekiston tarixi falsafa, iqtisod, politologiya, psixologiya va boshqa fan asoslarini o‘rganish muammotik topshiriqlarni, masalalarni echish ham analiz qilishdan boshlanadi.
YUqorida aytib o‘tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini chuqur tushunish uchun yolg‘iz analizning o‘zi kifoya qilmaydi. CHunki tarkibiy qimlarni birlashtirilgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinani butunligicha olib tekshirgandagina, uning motor yoki mashini ekanligini anglash mumkin.
Sintez-shunday bir tafakkur opnratsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarni, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran yoki amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ham ko‘rinib turibdi. Analiz amaliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, motor yoki dvigatelning qismlarini, detallarini yig‘ishtirib o‘rni-o‘rniga joylashtirilganda, ya’ni sintez qilinganda motor yoki dvigatelь hosil bo‘ladi. Avtomashinaning kuzovani, kabinasini, motor va hokazo qismlari sintez qilingan mahaldagina bir butun avtomashinani bunyod etish mumkin. Turli psixologik mavzularni o‘rganish orqali psixologiya fani to‘g‘risida yaxlit tushuncha paydo bo‘ladi. Kimyoviy elementni reaksiyaga kiritish yo‘li bilangina istalgan birikma hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. Rassomlar ko‘z, qosh, burun va kishining boshqa organlarini mutanosib raivshda chiziq orqali bir butun inson shaklini yasash, yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar va hokazo.
Birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi kesilgan harflardan foydalanib bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan qisqa inshaklsiya, undan esa hikoya tuzadi. Talabalar O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz, davlatchiligimiz, madaniyatimiz, san’atimiz hamda bugungi kunimiz to‘g‘risida ma’lumot olinadi.
Ish-harakatlarni yaxlitlash tufayli bir butun moddiy narsa hosil bo‘ladi, ish-harakatlarda ham sintez operatsiyasini qo‘llasa bo‘lar ekan. Tarixiy qahramonlar, buyuk sarkardalar, arboblar to‘g‘risida ham xuddi shunday fikr va mulohazalar yuritish mumkin.
Xalq orasida Afandi, Aldar ko‘sa, Rustambek, Alpomish, Zulqarnay, suv parisi ajdarholar, jinlar, alvastilar, devlar, Semurg‘, oltin baliq va boshqa narsalar ham ayrim organlarni-hayvon va inson tuzilishini, his va hayajonlarni, xarakter va irodani birlashtirib, yagona afsonaviy obrazlar yaratishga muvaffaq bo‘lingan.
Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni, narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Talaba va o‘quvchilarni analiz va sintez qilishga o‘rgatishda fikrlarni muayyan ob’ektlarga yo‘naltirish asosiy rolь o‘ynaydi. Bunda ular, albatta, qanday va qay yo‘sinda ish bajarilishlari kerakligini bilish olishlari zarur. Masalan, o‘smirlarni ona tili darslarida analiz va sintez faoliyatiga o‘rgatish uchun istalgan jumlani, chunonchi «It bo‘ynini burmasdan g‘alatiroq bukildi, och ko‘zlari biln menga bir qarash qildi-da, dumini qisib o‘zini o‘rmonga urdi» gapini mustaqil holda tahlil etish vazifasini qo‘yish (agar sinaluvchanlar bu vazifani bajarishga qiynalsalar, eksperimentatorning o‘zi yordam berishi) mumkin. Ular predmet nomini anglatadigan so‘zlarni alohida ko‘chirib yozishlari va so‘zlarning qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlashlari, ot va so‘z turkumlariga ta’rif berishlari. SHu so‘z turkumiga xos belgilarni (predmetni bildirib, kim? va nima? so‘roqlarga javob bo‘lishini) alohida ifodalashlari kerak.
Mazkur vazifani o‘quvchilardan biri qanday bajarganligini ko‘zdan kechiraylik: « gapga predmetni bildirgan so‘zlar mavjud. Masalan, it, bo‘ynini, ko‘zlari, dumini. Bular nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Ana shu so‘roqlarga javob bo‘lib, predmetlarning nomini bildirgan so‘zlar ot deb ataladi. Otning eng muhim, boshqa so‘zlardan ajratib turuvchi belgisi-bu predmetni bildirishi va savollaridir. Predmetni anglatuvchi so‘zlar turli xil qo‘shimchalar bilan kelishi mumkin». Sinaluvchi o‘smir o‘quvchilarning ana shu mulohazalari asosida shuni aytish mumkinki, analiz va sintez operatsiyasi quyidagicha aqliy faoliyat tizimsidan, tarkibiy qismlardan iborat; a) berilgan topshiriqni diqqat bilan o‘qish; b) tekstdagi so‘zlarni fikran parchalash; v) o‘xshash so‘zlarni ajratish, ya’ni mayda bo‘laklarga bo‘lish; g) o‘xshash so‘zlarni yaxlit holda keltirish; d) tekstdagi so‘zlarni fikran yig‘ish; j) gapning strukturasini tiklash va boshqalar.
Talabalarning mustaqil bilim olish faoliyatida, jumladan konspekt tuzish, referat tayyorlash, seminarga hozirlik ko‘rish, kurs ishi va diplom yozish kabi aqliy faoliyatning turli shakllarida avval analiz, so‘ng sintez operatsiyalaridan foydalanadilar.
XIX-XX asrlarda yashagan allomalardan biri taqqoslashning psixologik mexanizmi to‘g‘risida juda ilg‘or fikrlarni ilgari surib, quyidagi mulohazalarni bildiradi: «Agar siz tabiatning biror narsasini ravshan tushunib olishni istasangiz, uning o‘ziga juda o‘xshash bo‘lgan narsalardan tafovutini topingiz va uning o‘zidan juda uzoq bo‘lgan narsalar bilan o‘xshashlik topingiz. Ana shunda siz shu narsaning eng muhim, hamma belgilarini payqab olasiz, demak, shu narsani tushunib olasiz».
Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, inson, ko‘pincha, jamiyat shaklsiyalarini o‘rganish davrida, ularning avvalgi mohiyatini keyingi shaklsiyani o‘rganish paytida yanada chuqurroq va puxtaroq egallab oladi.
Mazkur jarayon to‘g‘risida fikr yuritilganda, so‘zning negizini o‘zlashtirishda o‘zakning muhim belgilarini (xossalarini) to‘laroq tushunib olish kabi ko‘pgina aqliy harakatlarni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Bilish ob’ekti hisoblangan narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni yoki farqni, tenglik yoki tengsizliklarni, ayniyat yoki ziddiyatlarni aniqlashdan iborat bo‘lgan fikr yuritish operatsiyasi bilishning dastlabki va zarur vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ajdodlarimiz taqqoslashning ta’limdagi roli to‘g‘risida shunday fikrlarni bildirgan edi: Taqqoslash har qanday tushunishning va har qanday tafakkurning asosidir. Olamdagi narsalarning hammasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan bila olmasak, boshqa yo‘l bilan bila olmaymiz, agar biz hech narsa bilan solishtirishimiz va farqini bilib olishimiz mumkin bo‘lmagan biron bir narsaga duch kelganimizda eda, u holda biz shu narsa to‘g‘risida hech qanday fikr hosil qila olmagan bo‘lar edik.
YUqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, taqqoslash fikr yuritish operatsiyasi sezgilarimizda va idroklarimizda hali gavdalanmagan o‘xshashlik va tafovutni topish zaruriyati vujudga kelgan paytda namoyon bo‘ladi. Psixologiyada yana shu narsa ma’lumki, sezgi va idrokimizda dastavval narsalarning va hodisalarning o‘xshash va farqlanuvchi tomoni ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Taqqoslash operatsiyasi ikki xil yo‘l bilan amalga oshishi mumkin: amaliy (konkret narsalarni bevosita solishtirish) va nazariy (tasavvur qilinayotgan obrazlarni va narsalarni ongda fikran taqqoslash). Agar inson ikki boylam yukni qo‘l bilan ko‘tarib, bir necha xil taom mazasini qiyoslasa, ikki paykal paxtazor hosildorligini taqqoslasa- bu amaliy taqqoslash bo‘ladi. SHuningdek, o‘quvchilar ikki qalam yoki sterjenni, chizg‘ichni yog‘ochga yoki qog‘ozga solishtirsalar, u analogik holatdagi misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, metr bilan masofani (gazlamani), tarozi bilan og‘irlikni termometr bilan haroratni, teleskop bilan osmon jismlarini o‘lchash paytida ham taqqoslash jarayoni vujudga keladi.
Inson tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni barchasini bevosita aks ettirish, qo‘l bilan paypaslash imkoniyatiga ega emas. SHu boisdan to‘planadigan bilimlarning aksariyati qo‘l bilan ushlash, ko‘z bilan kuzatish evaziga emas, balki fikr yuritish orqali, mantiq yordamida anglashiladi. Ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli alomat hamda belgilar nazariy taqqoslash asosida ajratiladi. Demak, inson olayotgan keng qo‘llamdagi informatsiyalar farqini fikran taqqoslash yordamida anglab etadi. Jumladan, o‘quvchilar dilda o‘ylayotgan narsalarni fikran solishtirib ko‘radilar. Ba’zan turli yoshdagi kishilar o‘z tengdoshlari xarakterida, qiziqishida, yurish-turishida, muomalasida va boshqa xususiyatlarida o‘xshashlik va tafovut borligini topadilar.
Kishilar narsa va hodisalarni biron belgiga (alomatga) asoslanib taqqoslashda qiyinchiliklarga uchraydilar. SHuning uchun berilayotgan inshaklsiyalar mohiyatiga diqqat-e’tibor qilish shart. Kishilar uchun taqqoslash prinsipi tushunarli va aniq bo‘la bo‘lsa, mavjud qiyinchiliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug‘iladi Inson oldiga aniq maqsad qo‘yilsa, yoinki o‘rganilayotgan ob’ekt mohiyatiga kirib borish uchun ustanovka berilsa, fikran taqqoslashda xatolar miqdori keskin kamayadi.
SHaxsiy kuzatishlarimizning ko‘rsatishiga qaraganda, taqqoslash operatsiyasida katta yoshdagi kishilarda va o‘quvchilarda uchraydigan asosiy kamchilik bu jarayonni noto‘g‘ri tasavvur qilish yoki xato tushunishdir, ya’ni taqqoslash deganda ikki va undan ortiq narsalarni yonma-yon qo‘yishlik deb, faraz qilishlikdir. Inson shaxsiy faoliyatida, ta’lim jarayonida taqqoslash ustida qanchalik ko‘p mashq qilsa, taqqoslash ko‘nikmasi paydo bo‘lsa, unda fikr yuritish shunchalik samarali bo‘ladi.
Qonuniyat bo‘yicha mustaqil topshiriqda tibiiy geografiya kartasidan ikkita ob’ekt topish, ularda o‘zlashtirilgan qonuniyatni illyustratsiya qilib berish topshirilgan. Masalan, Himolay va uning janubiy etagi, Suram tog‘ tizimi va unga yondoshgan Kolxida pasttekisligi. Ular har bir ob’ektni alohida analiz qilib undan eksperimentator tomonidan ochilgan sharoitlarni topadilar. So‘ngra mazkur ob’ektdagi umumiy qonuniyatni aniqlovchi sharoitlar to‘g‘risida xulosa chiqaradilar Bunday holatda umumlashtirish umumiy qonuniyatni «tayyor holda» olib, uni boshqa ob’ektlarga «yoyish» bilan tugallanadi.
Sinaluvchilarga umumlashtirishning xususiydan umumiyga o‘tish usuliga (№2) o‘rgatilishida kartadan And, Himolay, Suram ob’ektlari ko‘rsatiladi va ob’ektlarni mustaqil taqqoslash, yog‘ingarchilikka ta’sir qiluvchi umumiy sharoitlarni topish, tog‘ning yog‘ingarchilikka ta’siri qonuniyatini ta’riflash vazifasi beriladi. Sinaluvchilar ob’ektlarni taqqoslab, ularning har biridan qonuniyatni aniqlovchi to‘rttadan sharoitni topadilar. So‘ng xuddi shu sharoitlarga binoan ob’ektlarni fikran birlashtirib, umumiy qonuniyatni ifodalaydilar. Jumladan, tog‘ tizmasining balandligi, nam shamollarning bu joylarga esishi, namlik manbaining uzoq emasligi, tog‘ tizmalarining ko‘ndalang holda joylashib, nam shamollarni o‘tkazmasligi va boshqalar. Ular muhim shart-sharoitga tayanib, umumiy qonuniyatni bunday ta’riflaydilar: « Tog‘ tizmalarining o‘ziga yondosh joylar yog‘ingarchiligiga ta’sir etishi natijasida, u erlarga ko‘p miqdorda yog‘in yog‘ishi mumkin. CHunki tog‘lar bunga yordam beradi».
Mazkur gruppa sinaluvchilari xususiydan umumiyga o‘tishdan iborat umumlashtirish usulini o‘zlashtiradilar. Topshiriq ulardan mustaqil echimni talab qiladi. Berilgan ob’ektlar o‘zaro taqqoslanib, umumiy sharoitlar topilib, so‘ngra umumiy qonuniyatga ta’rif berildi.
Sinaluvchilarni umumlashtirishning yakkadan umumiyga, so‘ng umumiydan yakkaga o‘tish usuliga (№3) o‘rgatishda ularga Himolay va uning janubiy etagidagi joy ko‘rsatiladi. Tog‘ning yog‘in miqdoriga ta’siri haqidagi qonuniyatni shu ob’ektdan topish taklif qilinadi. Ular mazkur ob’ektni analiz qilib, undagi mavjud to‘rt sharoitni aniqlaydilar. Avval bu qonuniyatning berilgan ob’ektga taalluqliligi yuzasidan fikr yuritadilar, so‘ngra xulosa chiqaradilar. Bundan so‘ng ular shu zahotiyoq unga aniqlik kiritib, ushbu qonuniyat umumiy hisoblanib, Himolaydan tashqari boshqa tog‘larga ham aloqadordir, degan xulosaga keladilar. Sinaluvchilar umumiylikni barcha analogik ob’ektlarga «yoyish»ga muvaffaq bo‘ladilar.
So‘ngra ulardan qonuniyatni ikkita boshqa ob’ektda ko‘rsatib berish so‘raladi. Bu holatda ob’ektlar umumlashtirilganda sinaluvchilar umumiy qonuniyatdan chiqib, ularni to‘rtala sharoitga binoan birlashtiradilar. Mazkur jarayon umumiylikni xususiy hollarga «yoyish»ni bildirib keladi.
Sinaluvchilarga umumlashtirishning umumiydan xususiyga va o‘sha umumiydan yanada umumiyga o‘tish usulini (№4) o‘rgatishda ikkita topshiriqdan foydalanildi. Birinchi topshiriqda umumlashtirishning «umumiy qonuniyatdan xususiy hollarga» o‘tish qismi o‘rgatildi. Eksperimentator rahbarligida sinaluvchilar kartadan bir ob’ektni analiz qilib, qonuniyatni aniqlovchi to‘rt sharoitni sanab o‘tadilar. So‘ngra bir necha ob’ektlarga ushbu qonuniyatni «yoyadi»lar. To‘rtinchi umumlashtirish usulini o‘zlashtirishning ikkinchi qismida «umumiy qonuniyatdan yanada umumiyroq qonuniyatga» o‘tish tarkib toptiriladi. Usul avval qator fanlarda o‘zlashtirilgan qonuniyat materiallari asosida shakllantiriladi. Bu qonuniyatlar holatlarning o‘zgarishi, tog‘larning dengiz sathidan balandligiga bog‘liqligi, haroratga geografik kenglikning ta’siri, o‘smirliklarning yashash sharoitlariga moslashishi hamda jonivorlarning rang xususiyatlariga taalluqlidir.
SHundan so‘ng eksperimentator sinaluvchilarga o‘zlariga tanish bo‘lgan jonivorlarning muhitga moslashishiga oid bir necha faktorlarni esga keltirishni taklif qiladi va umum zoologik qonuniyatga ta’rif beriladi: «Hayvonlar rangining o‘zgarib turishi ularni o‘z dushmanlaridan mudofaa qilish uchun xizmat qiladi, chunki ular o‘zlarini qurshab olgan muhitga moslashadilar». Sinaluvchilar to‘rtta umumiy qonuniyatni qayta idrok qiladilar, so‘ngra xuddi shu umumiylikka ko‘ra biologik umumlashgan qonuniyatga ta’rif beradilar: «Tabiatda o‘simliklar va jonivorlar o‘zlarini qurshab olgan muhit sharoitiga moslashadilar». Ana shunday qilib umumlashtirishning «qator umumiy qonuniyatlardan yanada umumiy qonuniyatga» o‘tish qismi tajribada o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, lekin yo‘nalishi bo‘yicha farqlanuvchi «umumiy qonuniyatdan xususiy hollarga va o‘sha umumiy qonuniyatdan taqqoslash orqali yanada umumiyroq qonuniyatga» o‘tish usulini o‘zlashtiradilar.
Umumlashtirishning beshinchi usulini shakllantirishda zoologik qonuniyatdan foydalaniladi: «Hayvonlar rangining o‘zgarib turishi ularni dushmanlardan mudofaa qilish uchun xizmat qiladi. CHunki ular o‘zlarini qurshab olgan muhitga moslashadilar». Ular hayvonlarni o‘zaro taqqoslab, himoya rang belgisiga binoan birlashtiradilar hamda uchta qonuniyatni ifodalaydilar: «hayvonlarning mavsumiy rangi ularni dushmandan himoya qilish funksiyasini bajaradi. Ular muhit rangiga moslashadilar», «hayvonlarning doimiy yoki o‘zgarmas rangi dushmandan niqoblaydi. Ular muhit rangini qabul qiladi» va hokazo. Binobarin, sinaluvchilar topshiriqni taqqoslab, kamroq umumiy qonuniyatdan yanada umumiyroq qonuniyatga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Umumlashtirishning oltinchi usulini tarkib toptirishda ushbu teoremadan foydalaniladi: «Uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi 2d ga teng. Ko‘pburchak ichki burchaklarning yig‘indisi (2d (n-2)) ga tengligini isbotlab berish talab qilinadi». «Uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi 2d ga teng, -deydi sinaluvchi. Ko‘pburchakning ichki burchaklari yig‘indisini topish uchun uning bir uchidan diagonallarni o‘tkazamiz. Bu diagonallar ko‘pburchakni bir necha uchburchakka bo‘ladi. Keyin nechta uchburchakka bo‘ladi. Keyin nechta uchburchak hosil bo‘lganligini hisoblab chiqamiz va 2d ga ko‘paytiramiz. 2d (n-2) formulasidagi «n» o‘rniga izlanuvchi ko‘pburchak tomonini qo‘yib, uning nimaga teng ekanligini topamiz».
Protokolning ko‘rsatishiga qaraganda, sinaluvchi umumiy formuladan (uchburchakka taalluqli) chiqqan holda, ko‘pburchakni uchburchakni bo‘lish yo‘lini topib, so‘ng barcha ko‘pburchaklarga aloqador umumiy formulaga o‘tadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, «umumlashmani umumlashtirish» hodisasi 6-usul bilan amalga oshiriladi. SHunday qilib, topshiriq yagona umumiy holatdan yanada umumiy holatga o‘tishdan iborat fikrning yo‘nalishi vositasi bilan hal qilinadi.
O‘quvchi va talabalarni umulashtirish usullariga o‘rgatish bilimlarni o‘zlashtirishni osonlashtiradi va o‘quv faoliyatini boshqarish imkoniyatini yaratadi.

Download 114,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish