10- Mavzu. Iqtisodiy o’sish va uning modellari
Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar:
1-masala
Uch yil davomida mehnat sarfi miqdori va uning unumdorligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar jadvalda keltirilgan:
Yil
|
Mehnat sarfi miqdori, (soat)
|
Mehnat unumdorligi ( bir soatda yaratilgan YaIM hajmi (pul birligida))
|
Real YaIM hajmi,
(pul birligida)
|
1
|
1000
|
100
|
|
2
|
1000
|
105
|
|
3
|
1100
|
105
|
|
Aniqlang:
a) Barcha yillar uchun YaIM real hajmini;
b) birinchi yilga nisbatan ikkinchi yili mehnat unumdorligi necha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat sarfi o‘zgarmagan holda) YaIMning real hajmi qancha foizga ortdi?
v) ikkinchi yil bilan qiyoslaganda uchinchi yilda mehnat hajmi qancha foizga o‘sdi; buning natijasida (mehnat unumdorligi o‘zgarmagan holda) YaIM necha foizga ortdi?
Mehnat sarfi miqdorining ortishi va uning unumdorligi o‘sishi qanday iqtisodiy o‘sish omiliga kiradi?
Yechish:
a) Real YaIM hajmi:
1 yil = 1000 x 100 = 100000
2 yil =1000 x 105 = 105000
3 yil = 1100 x 105 = 115000
b) ikkinchi yilda birinchi yilga nisbatan mehnat unumdorligi o‘sishi quyidagini tashkil etadi:
.
Birinchi yilga nisbatan ikkinchi yili real YaIMning o‘sishi to‘liq mehnat unumdorligi o‘sishi oqibatida yuzaga kelgan, chunki mehnat sarfi o‘zgarmagan.
[(105000 – 100000) : 100] x 100% = 5%.
Bu iqtisodiy o‘sishning intensiv omilidir.
v) uchinchi yilda ikkinchi yilga nisbatan mehnat sarfi miqdorining o‘sishi:
[(1100 – 1000) : 1000]x 100% = 10% tashkil etadi.
Ikkinchi yilga nisbatan uchinchi yilda real YaIMning qo‘shimcha o‘sishi
[(115500 – 105000) : 105000] x 100% = 9.52% ni tashkil etadi.
Mehnat unumdorligi o‘smaganligi sababli bu o‘sish to‘liq mehnat sarfi miqdorining ko‘payishi hisobiga ro‘y berdi. Demak uchinchi yilgi iqtisodiy o‘sishni ekstensiv deb baholash mumkindir.
Mustaqil ishlash uchun masalalar
1.Agar yalpi ichki mahsulotdagi kapitalning ulushi 25%, mehnatning ulushi 75% bo‘lsa,uholda kapital zahirasi yiliga 2%ga, ishchi kuchi soni 3%ga hamda YaMD esa 2 %ga ko‘paysa, omillarning jami unumdorligini toping.
2.Mamlakatda jamg‘arish normasi 28 %ni, aholining yillik o‘sish sur’ati 1% ni, mehnat tejovchi texnologik taraqqiyoti sur’ati 2 %ni, asosiy kapitalning ishlab chiqarish normasi ; %ni tashkil etadi. Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan daromadning (ishlab chiqarish hajmining) barqaror darajasini toping.
3.Solouning iqtisodiy o‘sish modelida ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: Kapitalning chiqib ketish normasi 5%,aholi soni yiliga 1 %ga ko‘payadi. Texnologik taraqqiyot sur’ati 2 %. U holda “oltin qoida”ga mos keluvchi jamg‘arish normasi miqdorini toping.
4.Agar yalpi ichki mahsulotdagi kapitalning ulushi 25%, mehnatning ulushi 75% bo‘lsa, u holda kapital zahirasi yiliga 2%ga, ishchi kuchi soni 3%ga hamda YaIM esa 2 %ga ko‘paysa, omillarning jami unumdorligini toping.
5.Aytaylik, iqtisodiyot dastlab AD0=AS0= 100 birl. Darajada muvozanat holatida bo‘lsin. Jamg‘arish normasi 50 %, akselerator 2 ga teng.
Qo‘shimcha o‘sishning muvozanatli darajasini, yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatli darajalarini aniqlang.
Agar tadbirkorlar yalpi taklif hajmini 150 birlikkacha ko‘paytirsa iqtisodiyotda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi.
6.Mamlakat iqtisodiyoti Y=A×K0,4×L0,6. Ma’lumki, kapitalning o‘sish sur’ati yiliga 3 %, aholining o‘sish sur’ati-2 %. Omillarning umumiy unumdorligi yiliga 1,5 % sur’at bilan o‘sadi. Ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |