Kuzgi ekiladigan ekinlar ichida kuzgi bug’doy, kuzgi javdar va kuzgi arpaning ulushi katta.
Bug’doy tarkibida inson organizmi uchun zarur bo’lgan ko’pgina foydali moddalar mavjud
bo’lib Xalqaro standartga ko’ra bug’doy tarkibida 13,5 foizi oqsil beradi. Bug’doy tarkibida
oqsil ko’p bo’lishiga iqlim sharoiti, tuproqning tuzilmasi va mineral o’g’it katta ta’sir ko’rsatadi.
Bug’doy yetishtirishning chorvachilikda ham ahamiyati katta. Bug’doy donining chiqindisi
va bug’doy somoni chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Shuningdek uning
somonidan qog’oz mahsulotlari tayyorlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: