10 – mashg’ulot


O’rganiladigan bo’shliqchililarning sistematik o’rni



Download 397,77 Kb.
bet3/4
Sana20.09.2021
Hajmi397,77 Kb.
#179874
1   2   3   4
Bog'liq
10-amaliy 43b017168954dfdd2f3796a09f8e8985

O’rganiladigan bo’shliqchililarning sistematik o’rni
Tip Bo’shliqichlilar – Coelenterata

Sinf Gidrozoylar – Hydrozoa

Kenja sinf Gidroidlar – Hydroidea

Turkum Gidralar – Hydrida

Tur Chuchuk suv gidrasi – Hydra oligastis

Turkum Gidropoliplar – Leptolida

Tur Obeliya gidropolipi – Obelia geniculata

Umumiy tushunchalar

Chuchuk suv gidrasi. Chuchuk suv gidrasi gidrozoylar sinfining yakka holda yashovchi turlaridan biri bo’lib hovuz, ko’l, buloq, hatto sholipoyada biron substratga yopishib, ba’zan harakatlanib hayot kechiradi. Tanasi taxminan 1 sm keladigan cho’ziq xaltacha shaklida. Gavdasining ichki bo’shlig’i gastral bo’shliq deyiladi. Tananing pastki (aboral) uchi tovon deyilib, uning yordamida suvdagi narsalarga-suv o’simliklariga, mollyuskalar chig’anog’iga yopishib yashaydi. Lekin harakatlanganda dumbaloq oshib yoki «odimlab» bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi.



Rasm 31. Gidra – Hydra oligastis



A – erkak gonadalari, B – urg’ochi gonadalari, D – kurtaklanayotgan gidra.

Tanasining yuqorigi oral qutbida og’iz teshigi, uning atrofida 5 tadan 12 tagacha ancha uzun paypaslagichlar joylashgan. Gastral bo’shlig’i paypaslagichlar ichigacha davom etadi. Gidraning tana devori ektoderma va endoderma qavatlaridan iborat. Ushbu qavatlarni bazal parda (plastinka) ajratib turadi. Gastral bo’shlig’i og’iz orqali tashqariga ochiladi. Gidraning ektoderma va endoderma qatlamlari bir necha turdagi hujayralardan iboratdir. Eng avvalo shuni aytish o’rinliki, ektoderma va endodermada silindrsimon yoki kubsimon epiteliy muskul hujayralari bo’ladi. Ektodermadagi epiteliy muskul hujayralarining tolalari cho’ziq tomoni bilan bazal membranaga tegib turadi. Ular qisqarganda gidra tanasi va paypaslagichlari bo’yiga qarab qisqaradi. Endodermadagi muskul tolalari tanaga ko’ndalang halqa shaklida joylashgan. Ushbu tolalar qisqarganda tana ingichkalashadi va uzayadi. Ektodermaning epiteliy hujayralari ostida yulduzsimon o’simtali nerv hujayralari bo’lib, ular o’simtalari yordamida o’zaro birlashib, ektodermani subepitelial yuzasida nerv sistemasini hosil qiladi. Gidrada bunday nerv sistema ancha sodda tuzilgan bo’lib, u diffuz nerv sistemasi deyiladi. Lekin shunday bo’lsa ham gidrada og’iz atrofida va tanada oddiy nerv tugunchalari shakllanganligini ko’rish mumkin.



Rasm 32. Gidra – Hydra oligactis



A – bo’ylama kesimi, B – ko’ndalang kesimi, V – tana devorining bir qismi,

G – epiteliy-muskul hujayrasi: 1 – ektoderma, 2 – endoderma, 3 – bazal membrana, 4 – gastral bo’shliq, 5 – epiteliy hujayralar, 6 – interstisial (oraliq) hujayralar, 7 – otuvchi hujayralar, 8 – nerv hujayrasi, 9 – endodermal epiteliy hujayralari, 10 – bezli hujayralar, 11 – og’iz teshigi, 12 – og’iz konusi, 13 – kurtak, 14 – tovon, 15 – tuxum hujayra, 16 – urug’don.

Ektodermaning epiteliy hujayralari orasida onda-sonda ancha mayda interstisial (oraliq) hujayralar joylashgan bo’lib, ulardan jinsiy hujayralar, otuvchi va ba’zi boshqa turdagi hujayralar hosil bo’ladi.

Ektodermaning epiteliy-muskul hujayralari orasida yakka-yakka yoki to’p-to’p holda otuvchi hujayralar joylashgan. Bo’shliqichlilar hayotida otuvchi hujayralar himoyalanish, hujum qilish va oziqlanishda ishtirok etadi. Ushbu hujayralarning uch turi: penetrantlar, volventlar va glyutinantlar, o’zlarining shakli, tuzilishi, ajratgan suyuqligini tarkibi va funksiyasi bilan o’zaro farq qiladi. Penetrantlar ancha yirik va limon shaklida, ichida devori ancha qalin otuvchi kapsula bo’ladi. Kapsula suyuqligida orqaga biroz egilgan ilmoqchali mayda tukchalarga ega sanchiluvchi nayza – stilet bo’ladi. Otuvchi hujayra ustida maxsus sezgir tukcha – knidosel joylashgan. Uning asosi 18-22 ta nozik sitoplazmatik tukchalar – mikrovorsinkalar bilan o’ralgan. O’lja tukchaga (knidoselga) tegib ketsa, mikrovorsinkalar ta’sirni qabul qilib, otuvchi hujayrani qo’zg’atadi. Otuvchi hujayraning ichidagi nayzali ip tashqariga chiqadi va o’lja tanasiga sanchiladi.

Kapsula ichidagi suyuqlik o’lja tanasiga oqib o’tadi va uni falajlaydi. Bir marta otilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi. Uning o’rniga interstisial hujayradan yangi otuvchi hujayra hosil bo’ladi. Volventlar ancha kichik otuvchi hujayralar bo’lib, ipchalari nozik va kalta, ular o’ljani tanasidagi qilga va tuklariga o’ralish uchun ishlatiladi. Glyutinantlar esa ingichka va uzunchoq shaklda bo’lib, ularning yopishqoq ipchalari o’lja tanasiga yopishish uchun xizmat qiladi.


Rasm 33. Gidraning otuvchi hujayralari.



A – penetrant, B – volvent, D –gidra paypaslagichidagi otuvchi hujayralari xillari: 1 – penentrantlar, 2 – volventlar, 3 – glyutinantlar, 4-13 – otuvchi hujayraning tuzilishi (4 – qopqoqcha, 5 – knidoblast, protoplazma, yadro, 6 – kapsula, 7 – kapsulani devori, 8 – ipcha, 9 – bo’yincha, 10 – konus, 11 – stiletlar, 12 – tukchalar, 13 - knidosel)

Gidraning endoderma qavati butun gastral bo’shliq devorini qoplab oladi. Unda ham bir necha turdagi hujayralar farq qilinadi. Yuqorida aytib o’tilgan epiteliy-muskul hujayralaridan tashqari, 1-3 ta xivchinga ega bo’lgan va hazm qilishda ishtirok etuvchi hujayralar oziqani qamrab olish uchun psevdopodiylar hosil qiladi. Endoderma hujayralarining yana bir turi bezli hujayralar hisoblanib, ular gastral bo’shliqqa suyuqlik ajratadi. Shunga binoan oziqaning bir qismi gastral bo’shliqda qayta ishlanib, so’rilishga tayyorlanadi. Gidra har xil mayda hayvonlar bilan oziqlanadi.

Gidralar jinssiz va jinsiy usulda ko’payadi. Jinssiz ko’payish kurtaklanish bilan amalga oshadi. Butun yoz oylari davomida kurtaklanish bilan ko’payganda, gavdasining o’rta qismlarida ekto va endoderma qavatlarini o’z ichiga olgan kichik shish (kurtak) hosil bo’ladi. U o’sib, kattalashib mayda gidracha shaklini olib, yuqori uchki qismida og’iz teshiga va paypaslagichlar hosil qilgandan so’ng, ona gidra tanasidan o’zilib, suvdagi biron substratga tovoni bilan o’rnashib, mustaqil hayot kechirishga o’tadi. Ba’zan kurtaklanish shiddat bilan borishi mumkinki, birinchi yosh gidracha shakllanib ona tanasidan ajralishga ulgurmasdanoq, uning tanasida 2-tartibdagi, ba’zan 3- tartibdagi kurtaklar ham hosil bo’lishi mumkin.

Chuchuk suv gidrasi germafroditdir. Kuz kelishi bilan ektodermadagi interstisial hujayralardan jinsiy hujayralar rivojlanadi. Ba’zilari rivojlanib tuxumni, ba’zilari urug’donni hosil qiladi. Urug’donda ko’p miqdordagi spermatozoidlar rivojlanadi. Gidraning tuxum hujayrasi tananing pastki yarmida, urug’don esa og’izga yaqin joyda hosil bo’ladi. Tuxum va spermatozoidlar bir vaqtda rivojlanmaydi. Ko’p hollarda spermatozoidlar oldinroq yetilib, suvga chiqadi va boshqa gidra tanasida yetilgan tuxumni urug’lantiradi va zigota hosil bo’lib, po’stga o’raladi. Ona tana halok bo’ladi, zigota esa suv tubiga cho’kib qishlaydi. Bahorda rivojlanishini yangilab, gidraga aylanadi. Chuchuk suv gidrasi va boshqa gidrasimonlar zigotadan keyingi rivojlanishda lichinka hosil qilmaydi.



Download 397,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish