10- ma‟ruza. Standartlashtirish. Reja



Download 397,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.12.2021
Hajmi397,76 Kb.
#264015
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
maruza 10



10- ma‟ruza. Standartlashtirish. 

 

Reja

1. Standartlashtirish haqida. ―Standartlashtirish to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi Qonuni. 

2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari. 

3. Standartlashtirish bo‗yicha asosiy atamalar va tushunchalar. 



 

Tayanch so„zlar: standart, texnikaviy shart, standartlashtirish, standartlashtirish ob‘ekti, me‘yoriy 

hujjat.  



1.  Standartlashtirish haqida. “Standartlashtirish to„g„risida”  

O„zbekiston Respublikasi Qonuni. 

  

Odatda biz standart bo‗yicha degan iborani ko‗p ishlatamiz. 

Xo‗sh  standart  nima?  Standart  so‗zi  inglizcha  ―Standart‖  so‗zdan  olingan  bo‗lib,  me‘yor, 

o‗lcham, andoza degan ma‘nolarni bildirib me‘yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi. Standart - bu ko‘pchilik 



manfaatdor  tomonlar    kelishuvi    asosida  ishlab  chiqilgan  va  ma’lum  sohalarda  eng  maqbul  darajali 

tartiblashtirishga yo‘naltirilgan  hamda faoliyatning  har xil turlariga yoki natijalariga tegishli  bo‘lgan 

umumiy  va  takror  qo‘llaniladigan  qoidalar,  umumiy  qonun-qoidalar,  tavsiflar,  talablar  va  usullar 

belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir. 

Standartlar  fan,  texnika  va  tajribalarning  umumlashtirilgan  natijala-riga  asoslangan  va  jamiyat 

uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‗naltirilgan bo‗lishi kerak. 

Standartlar  darajasiga    qarab,  halqaro,  mintaqaviy  davlatlararo,  milliy  va  korxona  miqyosida 

faoliyat ko‗rsatadi. 

Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‗yish bosqichida yangi 

mahsulotlarning  yuqori  sifatli  turlarini  yaratish  va  o‗zlashtirishni  tezlashtirishga,  ishlab  chiqaruvchi, 

tayyorlovchi va iste‘molchi  oralaridagi  munosabatlarni yaxshilashga yo‗naltirilgan. 

Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‗z vaqtida yuqori sifatli loyiha - konstruktorlik hujjatlar 

berish,  korxonaning  yangi  mahsulotini  berilgan  sifat  ko‗rsatkichlariga  asosan  tayyorlashni  va    kerak 

bo‗lsa mahsulotning ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi. 

Standartlashtirish  mahsulot  muomalada  bo‗lganida  va  sotish  bosqichlarida  mahsulotni 

joylashtirish  (upakovka)  da  yaxshi  tartib  va  sharoitlar  yaratishga,  yuklashga  va  joylashtirishga, 

saqlashga,  omborlarda  mahsulot  sifatini  buzilmay  saqlashga,  transportda  olib  yurishda,  buyumni 

tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi. 


Download 397,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish