- Aholining diniy tarkibi. Dinlar sodda (primitiv), mahalliy va dunyoviy dinlarga bo‘linadi. Diniy e’tiqodning eng sodda ko‘rinishi bo‘lgan primitiv dinlar hozirda, asosan, qabilalar orasida saqlanib qolgan. Totemizm, animizm, fetishizm kabi ko‘rinishlari mavjud.
Mahalliy dinlar - Mahalliy dinlar (bir yoki bir necha qardosh millatlar orasida tarqalgan dinlar), asosan, bir davlat yoki mintaqa doirasida tarqalgan. Mahalliy dinlar orasida induizm dini e’tiqodchilar soniga ko‘ra peshqadamlik qiladi. Sikxizm, konfutsiylik, iudaizm (yahudiylik), sintoizm dinlari ham mahalliy dinlar sirasiga kiradi (6-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |