https://t.me/Yazdanov_biologiya
Yazdanov Mahmud +998 99 354 24 68
10
15. Qaysi organoidning g'ovak membranalari hisobiga vakuolalar
hosil bo'ladi?
A) endoplazmatik to'r
B) lizosoma
C) hujayra markazi
D) mitoxondriya
16. Katalizator yoki tashish vazifasini bajaruvchi (I), tuzilmalar
hosil qiluvchi (II), axborot saqlovchi (III) biopolimerlarni
aniqlang.
a) lipid; b) oqsil; c) nuklein kislota; d) gormon; e) polisaxarid; f)
aminokislota
A) I-b; II-b, e; III-c
B) I-d; II-e, b; III-f
C) I-a; II-e; III-b,c
D) I-e; II-a, b; III-d
17. Noto'g'ri fikrni toping.
A) o'simlik hujayralarida uglevodlar ko'p
B) hayvon hujayralarida nuklein kislotalar ko'p
C) viruslar oqsil va nuklein kislotalardan iborat
D) hayvon hujayralarida oqsillar, o'simlik hujayralarida
uglevodlar ko'p
18. O'simlik va hayvonlar qaysi moddadan suvni yuqtirmaslik
maqsadida foydalanadi?
A) yog' B) moy C) mum D) kraxmal
19. Membranalarning hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega
bo'lgan moddani aniqlang.
A) fosfolipid B) nukleoprotein
C) selluloza D) xitin
20. Organizmlarning yashashi, o'zini-o'zi yangilashi, o'ziga
o'xshash nasl qoldirishi uchun zarur bo'lgan shartni aniqlang.
A) moddalar almashinuvi
B) assimilatsiya
C) dissimilatsiya
D) plastik almashinuv
21.Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab qanday
guruhlarga bo'linadi?
A) avtotrof, geterotrof B) avtotrof, fototrof
C) aerob, anaerob D) saprofit, parazit
22. Oqsilning tarkibi 90 aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar
orasi 0,34 nm bo'lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi DNK
fragmentida nechta nukleotid bor va uning uzunligi qancha?
A) 270; 91,8 nm B) 540; 918 nm
C) 270; 30,6 nm D) 540; 91,8 nm
23. Qaysi hujayralar tarkibida silliq endoplazmatik to'r yaxshi
rivojlangan?
1) yog' bezlari; 2) epiteliy; 3) jigar hujayralari;
4) eritrotsitlar; 5) o'simlik urug'i
A) 1,3,5 B) 2,4,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3
24. O'simlik hujayralarida vakuolalar nimadan hosil bo'ladi?
A) lizosomadan
B) endoplazmatik to'rning g'ovak membranalaridan
C) Golji majmuasidan
D) plastidalardan
25.Axborot tashuvchi RNK tarkibida nukleotidlar quyidagi
nisbatda uchraydi: guanin—31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29.
Mazkur i-RNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan
DNK molekulasining tarkibidagi nukleotidlar miqdorini aniqlang.
A) T=48; A=48; G=52; S=52
B) T=29; A=19; G=21; S=31
C) T=29; A=29; G=31; S=31
D) T=19; A=29; G=21; S=31
26. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor.
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25% tashkil qilsa,
nukleotidlar orasi 0,34 nm bo'lsa, bu holda DNK uzunligi necha
nanometr?
A) 4250 nm B) 2125 nm
C) 1062,5 nm D) 6250 nm
27. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 33,32 nm,
DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga
teng. Ushbu DNK fragmentida nechta nukleotid bor?
A) 196 B) 98 C) 89 D) 133
28. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor.
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 20%-ini tashkil qilsa,
bu holda timin nukleotidining soni nechaga teng?
A) 3125 B) 6250 C) 4320 D) 9375
29. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor.
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa,
bu holda guanin nukleotidining soni nechaga teng?
A) 1128 B) 1222 C) 2444 D) 2256
30. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor.
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa,
bu holda DNK ning tarkibida umumiy nukleotidlarning soni
nechaga teng?
A) 4700 B) 3540 C) 2350 D) 13500
Do'stlaringiz bilan baham: