4. Пишитиш жараёнинг мақсади ва моҳияти
Pishitishning maqsadi nisbatan kalta tolalardan tarkib topgan yupqa piltacha (michka) ning cho‘zuvchi kuchlarga qarshiligini (pishiqligini) oshirishdir.
Pishitishning mohiyati o‘zaro parallel tolalarni mahsulot o‘qi atrofida vintsimon chiziq bo‘ylab, o‘z navbatida chetdagi tolalarning katta burchak, markazga qarab ularning kichik burchak ostida joylashishi va natijada tegishlicha chetdagi tolalarning taranglashuvi ichki tolalarga normal bosimning oshishiga olib kelib, ipning uzuvchi kuchlarga bardoshligi pishiqligini oshirishdan iborat.
Tolalarning vintsimon chiziq bo‘ylab joylashishi natijasida mahsulot biroz qisqaradi. Bu hodisaga kirishish (usadka) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |