a) pichoqli, b) arra tishli, g) shakldor tishli disklar,
e) ignali panjara.
3. Қайта тараш йигириш системасида жунни аралаштириш.
To‘qimachilik sanoatining yana bir muxim yunalishlaridan biri bu jun sanoatidir. Korxonalarda nafakat jun tolasidan, balki jun tola bilan kimyoviy tolalar aralashmalaridan ip, turli xil gazlamalar, noto‘qima matolar ishlab chikariladi.
Jun tolasidan olingan iplarni uch xil yigirish sistemasida yigiriladi: apparat, kayta tarash va karda.
Apparat sistemasida tola aralashmalari karda tarash mashinalarida taraladi, mahsulotni cho‘zish jarayoni esa piliklash hamda yigirish mashinalarida sodir bo‘ladi.
Qayta tarash sistemasida jun tolasini tarash va qayta tarash mashinalarida taraladi, cho‘zilish jarayoni esa chuzish asboblarida sodir buladi.
Jun tolasining yugonligiga qarab qayta tarash sistemasi ingichka kayta tarash, bunda tola yugonligi 55 mm dan 110 mm gacha bo‘ladi, hamda qalin qayta tarash sistemalariga bo‘linadi, bunda esa tolalarning yug‘onligi 130mm dan ortik bo‘ladi.
41-rasm. Apparat sistemasida pilik tayyorlash patok sxemasi
Korxonaga keltirilgan toylardagi ingichka va yarim ingichka junlarga ART-120 Sh titish-savash agregatida qayta ishlanadi. 4-rasmda samarali patok tizimi keltirilgan. Ushbu potok tizimi oldindan tayyorlangan komponent aralashmalari bilan taminlanadi. Komponent aralashmalari dastlab o‘lchab tortiladi va aralashma tarkibidagi nisbatga mos miqdorda uzatiladi.
Komponent aralashmalari dastlab avtota’minlagich (1)va chimdib titish mashinasi(2)da titib aralashtiriladi. Bir necha chimdib titish mashinalaridan chiqayotgan aralashmalar pnevmoquvur yoki komponentli konveyr (3) yordamida birlashtiriladi, so‘ngra moylash qurilmasiga (4) uzatiladi. So‘ngra aralashtiruvchi mashinasiga (5) kiritiladi. Aralashtirish mashinalaridan aralashmalar mexanizatsiyalashgan labazlarga (6) uzatiladi va ushbu labazlarda ular bir necha soat ushlab turiladi. Labazlarni aralashma bilan to‘ldirishda va undan aralashmani uzatishda aralashma tarkibidagi tolalar ma’lum miqdorda aralashadi. Labazlardan aralashmalar tarash mashinasiga (8) avtota’minlagichlar (7) yordamida bir xil miqdorda uzatilinadi. Odatda korxonalarda bir vaktning o‘zida bir necha xil turdagi aralashmalarni qayta ishlanadi, shuning uchun barcha tarash mashinalarini 2-3 apparatga ajratishadi va xar bir apparat tarkibiga 3-4 labaz biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |