Klyucheviye slova
: kapitalniye vlojeniya, razvitiye kapitalnix vlojeniy,
novoye stroitelstvo, rasshireniye proizvodstva, otchet o dvijenii kapitalnix
vlojeniy.
Annotation
.This article is devoted to the complete and reliable reflection
of capital expenditures in accounting for capital investments in business entities,
as well as scientific research at the level of requirements of international
«ИННОВАЦИОННАЯ ЭКОНОМИКА: ПРОБЛЕМЫ, АНАЛИЗ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ»
(1-часть)
489
accounting standards and other regulations.This article provides options that are
convenient for external users of capital investment accounts and credentials.
Key words:
capital investment, capital investment development, new
construction, production expansion, capital investment movement report.
Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror
rivojlantirish, shuningdek sanoat tarmoqlari tizimidagi yangi infratuzilmalarning
moliyaviy holatini mustahkamlash va iqtisodiy raqobatbardoshligini ta’minlash
nihoyatda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining о‘ziga xos
xususiyati
mahalliy
xomashyo
resurslarini
chuqur
qayta
ishlashni
ta’minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni
tashkil
etishga
qaratilgan
investitsiya
loyihalariga
ustuvor
ahamiyat
berilayotganida namoyon bо‘lmoqda.
Yurtboshimiz
ta’kidlaganlaridek,
“
iqtisodiy о‘sishga, avvalo,
raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga
investitsiyalarni kо‘paytirish orqali erishiladi.
” [1]
Mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli
strategik maqsadni amalga oshirishning mantig‘i mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridan boshlangan va О‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini
oshirish va mavqeini mustahkamlashga yо‘naltirilgan tarkibiy о‘zgarishlar va
yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish
sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini 2021 yildagi asosiy ustuvor yо‘nalish
sifatida davom ettirishni taqozo etmoqda.
О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 09.01.2020
yilda “О‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mо‘ljallangan
Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorni
imzoladi. [2]
Qaror bilan О‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga
mо‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Unda: 850,5 trln sо‘m
investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSH dollari miqdoridagi xorijiy
investitsiyalar о‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda kapital
qо‘yilmalarni о‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari, shuningdek. 2020-
2022 yillarda investitsiyalar va kreditlarni о‘zlashtirish hamda jalb qilishning
prognoz parametrlari;
-206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish о‘rinlari
yaratilishini nazarda tutuvchi 2020 yilda yirik ishlab chiqarish obyektlari va
quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi kо‘rsatilgan.
Bu о‘rinda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi
xom ashyo va resurslarga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida
yuqori qо‘shimcha qiymatga ega bо‘lgan yuksak texnologik mahsulotlarni
ishlab chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlari haqida sо‘z
bormoqda.
«ИННОВАЦИОН ИҚТИСОДИЁТ: МУАММО, ТАҲЛИЛ ВА РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ» (1-қисм)
Do'stlaringiz bilan baham: |