1.
Zamburug’lar haqidagi (a), hujayra haqidagi (b) fan
nomi qaysi javobda keltirilgan?
A)
a-mikrobiologiya; b-sitologiya;
B) a-mikologiya; b-sitoembriologiya;
C) b-sitologiya; a-mikologiya;
D) a-mikrobiologiya; b-sitoembriologiya;
2.
Olimlarni qilgan ishlari bilan juftlang.
a. zoologiya sohasida hayvon parazitlarini o’rgangan;
b. O’rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlar kolleksiyasini
yaratdi;
c-sitologiya sohasining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan;
1. M. E. Mavloniy; 2. J. A. Azimov; 3. J. H. Hamidov;
A) a-1; b-2; c-3; B) a-2; b-1; c-3;
C) a-3; b-2; c-1; D) a-2; b-3; c-1;
3.
Tashqi kattaroq ichki kichikroq idishlardan iborat, ikki
qismdan iborat shisha idish nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) Pipetka; B) Pinset; C) Probirka; D) Petri;
4.
Suyuqlikni tomizishga yordam beruvchi
laboratoriya jihozi
nomini toping?
A) Pipetka; B) Pinset; C) Probirka; D) Petri;
5.
Jinsiy ko’payishda ishtirok etuvchi hujayralar nima deb
ataladi?
A) Sporalar; B) Sistalar; C) Gametalar; D) Sporafitlar;
6.
Tirik organizmlardagi ta’sirlanish jarayoni uchun xos
bo’lmagan ma’lumotni toping?
A) Uyatchang mimozabarglariga qo’l tekkizilganda, barglari
yumiladi; B) Kungaboqar gulining
quyoshga qarab burilishi;
C) Tipratikanga qo’l tekkizilsa, yumolaqlashib olishi; D)
Amyobani osh tuzili stakanga solinsa yumaloqlashishi;
7.
Labaratoriyada tirik obyektni kesishda foydalaniladigan
o’tkir tig’li pichoqcha nima deb ataladi?
A) Pipetka; B) Pinset; C) Probirka; D) Skalpel;
8.
Qaysi olim osh tuziga yod qo’shish orqali buqoq kasalligini
oldini olish usulini ishlab chiqqan?
A) Y. X. To’raqulov; B) J.A. Musayev;
C) M. N. Valixonov; D) M. E. Mavloniy;
9.
Qaysi olim dunyoda birinchi bo’lib g’o’za kolleksiyasini
yaratgan?
A) Y. X. To’raqulov; B) J.A. Musayev;
C) M. N. Valixonov; D) M. E. Mavloniy;
10.
Tirik organizmda boradigan jarayonlarni (a) tirik
organizmning ichki tuzilishini (b) qaysi fan o’rganadi?
A) a-fiziologiya; b-sistematika; B) a-ekologiya;
b-anatomiya;
C) a-fiziologiya; b-anatomiya; D) b-fiziologiya; a-anatomiya;
11.
O’zbekiston Respublikasi fan arbobi. b.f.d professor. Turon
Fanlar akademiyasi akademigi, botanika fanining rivojlanishiga
ulkan hissa qo’shgan olim nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) O’. P. Pratov; B) T. U.
Rahimova;
C) M. N. Valixonov; D) M. E. Mavloniy;
12.
Oq va qo’ng’ir ayiqning o’xshashlik va farqlarini qaysi
usulda aniqlash mumkin?
A) Kuzatish; B)
Taqqoslash; C) Tarixiy; D) Tajriba;
13.
Qaysi usulda organizmlar uchun qulay muhit yaratib
beriladi, shu muhitda ularning o’sish va rivojlanishi,
organizmning tashqi muhitda o’zgarishi o’rganiladi?
A) Kuzatish; B) Taqqoslash; C) Tarixiy; D) Tajriba;
14.
Oq gullarga bo’yoqning ta’sirini qaysi usul yordamida
tekshirish mumkin?
A) Kuzatish; B) Taqqoslash; C) Tarixiy; D) Tajriba;
15.
Hozirgi kunda videokamera qo’yish yoki chip ulash orqali
qaysi usulni osonlashtirish mumkin?
A) Kuzatish; B) Taqqoslash; C) Tarixiy; D) Tajriba;
16.
To’g’ri fikrni toping?
A) Assimlatsiya jarayonida energiya hosil bo’ladi;
B) Zamburug’lar o’z ozuqasini o’zi sintezlay oladi;
C) O’sish-tuzilishni saqlagan holda miqdor jihatdan ortish;
D) Jinsiy ko’payish kurtaklanish yoki sporalar yordamida
amalga oshadi;
17.
Kim g’o’za fiziologiyasini o’rgangan?
A) O’. P. Pratov; B) T. U. Rahimova;
C) M. N. Valixonov; D) M. E. Mavloniy;
18.
Kim O’zbekistonda cho’l va adir o’simliklarining
ekologiyasini aniqlagan?
A) O’. P. Pratov; B) T. U. Rahimova;
C) M. N. Valixonov; D) M. E. Mavloniy;
19.
Qaysi olim <
buzilishidan kelib chiqadi>> degan fikrni bildirgan?
A)
Abu Ali ibn Sino; B) Abu Rayhon Beruniy;
C) Bobur Mirzo; D) Abu Nasr Forobiy;
20.
Tirik organizmlarning o’zaro va tashqi muhit bilan
munosabatini qaysi fan o’rganadi?
A) Sistematika; B)
Ekologiya; C)
Sitologiya; D) Fiziologiya;
21.
Quyidagi rasmda qaysi olim tajribasi keltirilgan?
A) Ch. Darvin; B) F. Redi;
C) I.Sechenov; D) I. Mechnikov;
22.
Moddaning xususiyatini o’rganish uchun qaysi shisha
idishdan foydalinaladi?
A) Pipetka; B) Pinset; C) Probirka; D) Skalpel;
23.
Quyidagi rasmda tasvirlangan labaratoriya jihozi uchun xos
bo’lgan ma’lumotni toping?
A) Moddaning xususiyatini o’rganish uchun ishlatiladi;
B) Suyuqlikni tomizishga yordam beradi;
C) Obyektni qisib olishda ishlatiladi;
D) Tirik obyektni mikroskopda ko’rish uchun ishlatiladi;
24.
Tirik organizmlarni o’xshash belgilariga ko’ra guruhlarga
bo’lib o’rganuvchi fan?
A) Sistematika; B) Ekologiya; C) Sitologiya; D) Fiziologiya;
25.
Qaysi usul yordamida tekshirayotgan odam sezgi organlari
yordamida, tabiiy holatga ta’sir etmagan holda ma’lumot
to’playdi?
A) Kuzatish; B) Taqqoslash; C) Tarixiy; D) Tajriba;