3.Yuridik shaxslardan olinadigan soliq stavkalari va soliq imtiyozlari
Yuridik shaxslarning foyda soliq stavkalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliq stavkasi 1998 yilda 36 foizni tashkil etgani holda 2001 yilda 26 foizga tushgan.2002 yilda esa 24 foiz,2003 yilda 20 foiz,2004 yilda 18 foiz,2005 yilda 15 foiz,2006 yilda 12 foiz va 2007 yilda 10 foiz qilib belgilangan.O’zR Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-son qaroriga asosan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliq stavkasi 9 foiz qilib belgilandi.
Quyidagi jadval ma’lumotlarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliq stavkalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |