BIRLIK KO'PLIK
yozdi-m yozdi-k
yozdi-ng yozdi-ngiz(laring)
yozdi- yozdi-lar(yozishdi).
Baʼzi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi , shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchasi qo'llanishi mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda roʻy beradi. Ikkinchi va uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo'llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan:Dadam keldilar, Ayrim o'zbek shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan zamonning— gan shakli, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan:borsa, o'rniga borsamiz borsavuz. II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi ishlatiladi. Masalan: kiring o'rniga kirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obroʻli kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalaydi. Fe'llning I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon qo'shimchalari shaxs ma'nosini ham ifodalaydi. O'tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -Sa shakllaridan soʻng -m, -ng, -k, -ngiz qo'shimchalari:kelsam, bordingiz, keldik, ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe'lning hozirgi zamon shakllaridan soʻng -man, -miz,-san,-siz qo'shimchalari qo'llaniladi. Fe'lning shaxs-son shakllari bir-birining o'rnida almashib qo'llanishi mumkin:Uka shunaqa narsa bilan hazil qiladimi? (3shaxs birlik hazil qilasanmi—2- shaxs, birlik o'rnida qo'llaniladi)
FE'LNING ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga esa zamon kategoriyasi deyiladi.
O'TGAN ZAMON SHAKLLARI.
O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -(i) bdi, -gan, -kan,-qan qo'shimchalarini va ulardan soʻng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining bevosita oʻzi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. -di qo'shimchasidan soʻng shaxs-son qo'shimchasining -m, -k, -ng -ngiz shakllari qo'llaniladi. -(i)b qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari roʻy bergan harakat va holatning sozlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan soʻng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(lar) shakllari qo'shiladi:boribman, boribsan, boribsiz.... Bu shakllar garchi "o'tgan zamon" umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq qiladi; -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq soʻzlagan vaqtdan ancha oldin roʻy berganini bildiradi. -ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin roʻy bergan harakakni boshqa shaxsdan eshitganligiini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |