Payvand birikmalari
Reja:
1. Yoy va gazda payvand birikma olish turlari
Hozirda payvandlash yordamida listlardan har xil idishlar, truba va shaklli prokatlardan har xil konstruksiyalar, fermalar yig‘iladi. Zamonaviy mashinasozlikda hozirgi vaqtda asos va bazaviy detallarni ham payvandlash yo‘li bilan tayyorlanmoqda. Buning uchun murakkab shakllarni soddaroq bo‘laklarda tayyorlanib, so‘ngra ularni shtamplab yoki quyib payvandlash usullari bilan biriktiriladi.
Payvandlash vaqtida materiallar turiga katta e’tibor beriladi. Kam uglerodli (<25%), kam legirlangan va nikelli po‘latlar yaxshi payvandlanadi. Yuqori uglerodli, o‘rta va yuqori legirlangan po‘latlar qiyin payvandlanadi. Rangli metallardan mis va aluminiy yuqori issiqlik o‘tkazuvchan va oson oksidlanuvchanligi uchun flus bilan payvandlanadi.
Payvandlash vaqtida choklarga har xil iflosliklar tushsa, shlak va g‘ovaklar hosil bo‘lsa, uning mustahkamligi kamayadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, payvandlash vaqtida chok havodagi azot bilan to‘yinsa, uning plastikligi kamayib mo‘rt bo‘lib qoladi. Yana payvandlangan joy sovishi mobaynida kirishishi mumkin, natijada detal o‘lchamlaridan og‘adi. Shuning uchun har xil holatlarning oldini olish, kimyoviy ta’sirlarni kamaytirish uchun maxsus sharoitlarda, flus va himoya gazlari yordamida payvandlash mumkin.
Payvand choklarning mexanik xossalari payvandlash texnologiyasi va rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘lda payvandlashda esa payvandlovchining mahoratiga va darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Payvand birikmaning mustahkamligi chok metali va chok atrofi zonasi metalining mexanik xossalari bilan belgilanadi.
Birikmaning tiði va konstruksiyaning ishlash sharoitlariga qarab chok metalining plastikligi va mustahkam-
3 — Dadaxonov N.K.
ligiga qo‘yiladigan talablar turlicha bo‘ladi. Uchma-uch choklar uchun ko‘pchilik hollarda biriktiriladigan elementlarning to‘la payvandlanishi hamda asosiy metalldan chok metaliga o‘tishning ravon bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Ravon o‘tish mavjudligi dinamik yuklanishlarda, egilishda, jo‘valash hamda to‘g‘rilash bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlarda payvand birikmaning mustahkamligiga yaxshi ta’sir qiladi. Burchak choklar uchun hisoblash yo‘li bilan aniqlangan chok o‘lchamlari yoki ishlab chiqarish sharoitlarida bunday chokni sifatli qilib tayyorlash imkoniyatlaridan kelib chiqadigan mulohazalar asosida belgilanadigan minimal o‘lchamlar saqlab qolinadi. Burchak chok yuzasining asosiy metallga ravon o‘tgan botiq yoki normal shakli optimal shakl hisoblanadi.
Payvand birikmalarning mustahkamligiga darzlar, chala payvandlanishlar, chok atrofi zonasida metallning mo‘rtlashuvi va payvandlashda hosil bo‘ladigan boshqa nuqsonlar katta salbiy ta’sir qiladi. Payvandlash natijasida hosil bo‘lgan deformatsiyalar oqibatida payvand birikma o‘lchamlari hamda shakllarning o‘zgarishi uning ishlash sharoitini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |