1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va kakku zig’iri)


Sinf (ajdod) genetumsimonlar - cnetopsida



Download 398,5 Kb.
bet11/36
Sana01.07.2022
Hajmi398,5 Kb.
#727393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
1. yo’sintoifalar bo’limi ( oddiy marshantsiya, sfagnum mohi va

Sinf (ajdod) genetumsimonlar - cnetopsida
Bu sinfga 3 ta qabila: (Qizilchanamolar - Ephedrales, Velvichiyanamolar - Welwetschiales, Gnetumnamolar - Cnetales). 3 ta oila, 3 ta turkum va 70 dan ortiq tur kiradi. Ular O'rta Yer dengizi atrofidagi cho'llarda, Janubiy Osiyo, O’rta Osiyo, Shimoliy va Janibiy Amerika, Kavkaz, Sibir, Janubiy-Garbiy Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik zonalaridan tarqalgan.
Hayotiy shakli jihatidan bu sinf vakillari uncha katta bo’lmagan daraxt, buta va lianalardan iborat.
Bu sinf vakillari qubbasining atrofida gulqo’rg'on ko'rinishdagi o’ramasining bo’lishi va murtakdan hosil bo'ladigan urug'ning tashqi tomonini (yarmidan ziyodini) o’rab oluvchi yumshoq etli pardasining bo’lishi bilan ajralib turadi. Ikkilamchi ksilemasida haqiqiy naylar «traxeya» larning bo’lishi, mikro va megostrobillaning dixotomik shoxlanganligi, erkaklik ayniqsa urg'ochi gametofitning reduksiyalanganligi ularga hos belgi hisoblanadi. Bu sinf vakillaridan faqat qizilcha namolarda arxegoniy bo'ladi, qolgan ikkita qabila vakillarida esa faqatgina tuxum hujayra bor. Erkaklik jinsiy hujayrasi - spermaning bo’lishi (qarag'aydoshlarga o’xshash), urug'ining ikkita palladan iborat bo’lishi uning qarag'aydoshlarga yaqinligini bildiradi.

Qizilchanamolar (epiffidrales) qabilasi
Bu qabila bitta qizilchadoshlar (Ephedraceae) oilasi va bitta qizilcha (Ephedra) turkumidan iborat. Bu turkumning yer sharida (ayniqsa Yevrosiyo va Amerikada) 40 ziyod turi tarqalgan bo'lib, O’zbekistonda 10 ta turi o'sadi. Ularga asosan buta va balandligi 6-8 m ga yetadigan ayrim daraxtlar kiradi. Qizilchalar tashqi ko'rinishidan qirqbo’g’imlarga yoki Avstraliyada o'suvchi yopiq urug'lilarga oid kazuarinlarga o’xshaydi. Poyasi bo’g’imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki halqasimon o'rnashagan. Novdalari serqirra, yashil, fotosintez vazifasini o’taydi.
Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli va ko'pincha ikki uyli. Ba'zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil shoxchalarining bo’g’imlaridagi barglarning qo'ltiqlarida 2-3 tadan, ba'zan 4 tadan mikrosporalar joylashgan. Har bir mikrostrobil 2 tadan to 8 juftgacha qarama-qarshi o'rnashgan tangachasimon qoplag’ich bargchalarga ega. Erkaklik (changchi) qubbasida 2-8 tagacha mikrosporangiyalar hosil bo'ladi. Urg'ochi (urug'chi) qubbalar (monostrobili) ham xuddi erkaklik qubbalari singari yashil shoxchalarning bo’g’imlaridagi barglarning qo'ltiqlarida 2-4 tadan joylashgan. Har bir urg'ochi qubbada (Megostrobilda) 1 tadan urug'kurtak hosil bo'ladi. Urug'kurtak yetilgan paytda unga shamol yordamida chang kelib tushadi va bu yerda hosil bo'lgan sperma urg'ochi gametofitda joylashgan 2 ta arxegoniydan bittasini urug'lantirib, undan keyinchalik urug' taraqqiy etadi. Urug'i pishgandan so'ng qubbani o’rab turuvchi 4ta tangachasimon barglar o'ziga shira to’plab, qizil, sarg’ish, zarg’aldoq rangdagi yumshoq etli «meva» ga aylanadi. Shuning uchun u qizilcha deb ataladi.
Qizilchalar xalq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega. Jumaladan, E.eguisetina, E. intermedia nomli turlaridan tabobatda yurak xastaliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi.
Velvichiyadoshlar oilasiga bitta turkum va yagona velvichiya deb ataluvchi tur kiradi. U Angolaning toshloq cho'llarida va Janubiy-Garbiy Afrikada, Namib cho'llarida tarqalgan. Uning o’q ildizi 3 m gacha chuqurlikka tushadi. Poyasi tashqi ko'rinishidan kesilgan daraxtning tunkasiga o’xshash bo'lib, ko'pchilik qismi yer ostida joylashgan. Yer ustki qismining balandligi 50 sm, diametri esa 1,2 metrgacha yetadi. Poyasining tepa qismida bir-biriga qarama-qarshi o'rnashgan ikkita ko'p yillik barg hosil bo'ladi. Ular o'simlik umrining oxirigacha (2000 yil) qurimasdan turadi. Bir yilda bargi 8-15 sm gacha o'sadi. Bargining uzunligi 2 sm ga yetadi. Amerika botanigi K. Bortman Namib cho'llarida uzunligi 8,8 m ga yetadigan velvichiya bargini uchratgan. Yirik bargli vakillarida bargining eni 1,8 m gacha yetishi aniqlangan.
Velvichiyalar 2 uyli o'simlik. Ularning strobillari barg qo'ltig'ida taraqqiy etadi. Erkaklik (changchi) qubbasi o'q va qoplagich bargdan iborat. Urg'ochi (urug'chi) qubbasi ham o’qdan va unda o'rnashgan tangacha barglardan tuzilgan. Velvichiyalar hashoratlar yoki shamol yordamida changlanadi. Urg'ochi qanotchali, 2 urug'pallali, urug'i unib chiqqandan so'ng urug' palla barglari 2-3 yilgacha saqlanadi.
Gnetumdoshlar oilasi (Cnetaceae) ga bitta turkum (gnetum - Cnetum) va 30 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan sernam tropik mamlakatlarda, Janubiy-Sharkiy Osiyo, Malayziya, Janubiy Amerika va Afrikada tarqalgan. Ular yirik liana, daraxt va butalardan iborat. Barglari qisqa bandli, qarama-qarshi o'rnashgan, yirik, qalin, butun.
Gnetumlar ham ikki uyli o'simliklardir. Har bir mikrostrobilda bittadan mikrosporofill bo'ladi. Gnetumlarning changlari shamol yordamida tarqaladi. Megostrobil urg'ochi (urug'chi) qubbalarining tashqi tomoni (qoplami) yumshoq etli, ichkisi esa qattiq bo'ladi. Urg'ochi gametofitda chang kelib tushgandan so'ng tuxum hujayra hosil bo'ladi va spermaning tuxum hujayrasi bilan qo'shilishidan urug' hosil bo'ladi. Janubiy-Sharqiy Osiyoda gnetum madaniylashtirilgan. Ularning qubbalari, yosh barglari, murtagi iste'mol qilinadi.
Ayrim tropik mamlakatlarda gnetumlarning po'stlog'idan tola olinadi. Ba'zi bir turlaridan iste'mol qilinadigan moy olinadi. Gnetumlarning strobillasini tekshirish shuni ko'rsatadiki, ularning qadimgi ajdodlaridagi strobil 2 jinsli bo'lgan. Bunday 2 jinsli strobillar bennettitlarda bo'lgan. Shuning uchun gnetumsimonlarni bennettitlardan kelib chiqqan degan fikr ham bor.

Download 398,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish