RA'NONAMOIAR QABILASI — ROSALES
Bu qabila 3 ta oiladan iborat. Taksonlarga boyligi jihatidan Raiiodoshlar oilasida alohida o’rinda turadi.
Ra 'nodoshlar oilasi — Rosaceae
Bu oila 100 ga yaqin turkumga kiruvchi 3000 ta dan ziyod turni birlashtiradi. Ular Yer yuzida keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra ularga o’tlar, yarimbutalar, butalar va daraxtlar kiradi. Barglari ketma-ket o’rnashgan, oddiy yoki murakkab, yonbargchali. To’pgullari har xil. Gullari to’g’ri, ikki jinsli, asosan murakkab gulqo’rg’onli, gulqo’rg’on boiaklari 5 tadan (ba'zan 4—6 tadan). Gultojibarglari tutashmagan, changchilarining soni turlicha, odatda ko’p boiadi. Gulo’rni yassi, likopchasimon yoki bo’rtgan, ba'zan mevasiga qo’shilib o’sib, soxta meva hosil qiladi. Urug’chisi bitta yoki bir ncchta mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki, yarim ostki yoki ostki. Mevalari turlicha, ular orasida danakli chin meva, yong’oqcha, pista, to’p meva, soxta meva, rczavor meva va boshqalar bor. Oila vakillari asosan urug’idan ko’payadi, vegetativ yoi bilan ko’payadiganlari ham bor (masalan, atirgul, qulupnay va boshqalar). O’rta Osiyoda oilaning 32 ta turkumga mansub 266 ta turi, o’zbekistonda 11 ta turkumga oid 96 ta turi o’sadi. Oila generativ va vegetativ a'zolarining belgilariga ko’ra 7 ta oilachaga boiinadi. Bular orasida o’zbekistonda vakillari keng tarqalgan Tobulg’idoshchalar (Spiraeoideae), Ra'nodoshchalar (Rosaideae),
Olmadoshchalar (Maloideae-Pomoideae) va Olxo’ridoshchalar (Prunoideae) oilachalari bor.
Tobulg’idoshchalar oilasiga o’z-bekistonda o’sadigan Tobulg’i (Spiraca) turkumiga asosan butalar kiradi. Barglari oddiy yoki murakkab. Gullari qalqonsimon yoki shingillarda o’rnashgan, mayda, gurqo’rg’onimurakkab, boiaklari 5 tadan. Mevasi to’pmcva yoki ko’-sakcha. o’zbekistonda uning 5 ta turi asosan togiarda o’sadi. Ayrim turlari dorivor, manzarali va asalshiraga boy o’simlik sifalida qadrlanadi. Oilachaning chetan turkumiga kiruvchi olga chetani (Sorbaria olgac) 'o’zbekiston Respublikasi „Qizil kitob"iga kiritilgan.
Ra'nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Nainatak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi-turkumlar kiradi.
Na'matak (Rosa) turkumi. Bu turkum 1—3 rri balandlikdagi tikanli butalardan tashkil topgan. Barglari toq, patsimon, murakkab, •?-yonbargchali. Gullari aktinomorf, 2 jinsli, yirik, oq pushti, sariq ' rangli, gulqo’rg’oni murakkab. Gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchi va urug’chilari ko’p. Mcvasi soxta meva.
Turkum 120 ga yaqin turni birlashtiradi. Shulardan o’zbekistonda 13 turi tabiiy holda o’sadi va bir nechta turlari manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Na'mataklar ichida itburun na'matak nomli turi o’zbekistonda keng tarqalgan. Uning mevasi (gipantiya)dan dorivor xomashyo sifatida, urug’idan o’stirilgan ko’chatlaridan atirgullarni payvand qilish uchun payvandtag sifatida foydalaniladi. Na'mataklar atirgullarning kclib chiqishidagi asosiy manba hisoblanadi. Olmadoshchalar oilachasi Nok (Pyrus), Olma (Malus), Behi (Cydonia), Irg’ay (Cotoneaster), Doiana (Crataegus) kabi o’zbekistonda keng tarqalgan va xalq xo’jaligi bilan uzviy bogiangan turkumlarni o’z ichiga oladi
Olma (Malus) turkumi. Bu turkum turlari har xil balandlikdagi daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, bandli, butun, turlicha shaklda, chetlari arrasimon tishchali. To’pguli qalqonsimon. Gullari yirik, to’g’ri, gulqo’rg’oni murakkab, gulkosacha va gultojbargchalari 5 tadan, changchisi ko’p, urug’chisi 5 ta, tugunchasi ustki, 5 uyali. Mevasi — soxta meva. Olmalar turkumi 50 ga yaqin turlarni birlashtiradi. o’rta Osiyoda uning 4 ta, o’zbekistonda 3 ta turi o’sadi. Ular asosan togii tumanlarda tarqalgan, ayrim joylarda katta maydonlarda olmazorlar hosil qiladi. o’zbckistonda tabiiy holda asosan yovvoyi olma (M. sieversii) o’sadi. U juda ham polimorf tur. Shuning uchun ham uning tabiatda barcha asosiy organlari (mevasi, guli, bargi, shox-shabbasi) bilan farq qiluvchi juda ko’p xillari (formalari) bor. O Olxo’ridoshchalar (Prunoideac) oilasiga ' bodom (Amygdalus), o’rik (Armcniaca), olcha,. Olxo’ri(Prunus), shaftoli (Persica) kabi turkumlarning turlari kiradi.
Bodom (Amygdalus) turkumi . Bu turkumga kiruvchi turlar buta va daraxtlardan iborat. Barglari asosan nashtarsimon, qisqa bandli, ketma-kct o’rnashgan. To’pguli qalqonsimon, gullaripushti yoki och pushti, barg chiqarmasdan oldin ochiladi. Gulqo’rg’oni murakkab, gulkosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchilari ko’p, urug’chisi bitta. Mevasi quruq yong’oqmeva. Turkum 40 turni o’z ichiga oladi. Ular o’rtayer dengizi atroflarida, Osiyoda kcng tarqalgan. o’rta Osiyoda 9 ta, o’zbekistonda 5 ta turi o’sadi. Oddiy bodom (A. communis) — bo’yi 4—6 m ga yctadigan keng shox-shabbali tikansiz daraxt. Gul tuzilishi, mevasi va vegetativ organlarining tavsifi turkumga bcrilgan tavsifga juda o’xshaydi. o’zbekistonning togii tumanlaridagi sug’oriladigan ycrlarda ekiladi. Tabiiy holda G’arbiy Tiyonshanda (Toshkent viloyati) o’sadi. Tabiatda achchiq mag’izli tuplari ham uchrab turadi. Bodomning mag’zi shifobaxsh xususiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |