1. Yosh fiziologiyasi predmeti. Maktab gigienasi predmeti va ahamiyati


- maruza 1. Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi. Nerv tolasining hususiyatlari



Download 96,58 Kb.
bet8/41
Sana11.07.2022
Hajmi96,58 Kb.
#777468
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
3- maruza 1. Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi. Nerv tolasining hususiyatlari.
2. Nerv markazlari xasida tushuncha va ularning fiziologik hususiyatlari.
3. Nerv tizimi turli bo`limlarining tuzilishi.Bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ini tekshirish usullari.
4. Shartli va shartsiz reflekslar. Shartli refleks turlari. Shartli reflekslarning tormozlanishi.
5.Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.Birinchi va ikkinchi signal sistemasi haqida tushuncha.
6.Bolalarda nutq funktsiyasining rivojlanishi.Oliy nerv faoliyatining tipologik hususiyatlari.Dinamik stereotip.
Nerv sistemasi tashqi muhitdan va ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi, axborotlarni to'playdi, organlar va organlar sistemalari o'rtasidagi o'zaro aloqani amalga oshirib, organizmning bir butunligini ta'minlaydi.Organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi.
Nerv sistemasi yordamida atrof-muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz-sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekresiya bezlarida ishlab chiqariladigan gormonlarning qon orqali organizmga ko'rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o'sish, rivojlanishga ta'sir ko'rsatadi.
Nerv tizimining funktsiyasi ikki qismga bo`lib o`rganiladi. Nerv sistemasining birinchi funktsiyasi odam organizmining barcha, hujayra, to`qima, organlari va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish, tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan axborotlarni qabul qilish va ularni markaziy nerv sistemasiga etkazib berish, organizmdagi barcha organlarni bir —biri bilan bog`lash va organizmning bir — butunligini ta'minlash, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning qon orqali organizmga ko`rsatadigan ta'sirini, moddalar almashinuvini boshqarish, o`sish va rivojlanishga ta'sir etishdan iborat. I.P. Pavlov nerv tizimining bu vazifasini uning quyi funktsiyasi deb atagan.
Bu vazifani orqa va bosh miyaning quyi qismlari (o`zunchoq, o`rta, oraliq miya va miyachada joylashgan nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimining ikkinchi vazifasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan bog`lanishini, muomalasini tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta'minlaydi. tashqi muhit ta'sirida, atrofdagilar bilan munosabati natijasida odamda paydo bo`lgan fikrlash, bayon etish, bilim olish, hunar o`rganish, xotira kabi yuksak insoniy hususiyatlar ham nerv tizimining ana shu ikkinchi vazifasiga kiradi. I.P. Pavlov nerv tizimining bu vazifasini oliy nerv faoliyati deb atagan. Nerv tizimining bu vazifasini uning yuqori qismida joylashgan (bosh miya yarim sharlari va uning po`stloq qismi) nerv markazlari bajaradi.
Nerv tizimi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv tizimiga bo`linadi. Markaziy nerv tizimiga bosh va orqa miya kiradi. Markaziy nerv tizimining segmentar, ya'ni quyi qismiga orqa miya va bosh miyaning pastki qismlari, ya'ni o`zunchoq miya, Varoliy ko`prigi, o`rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi. Markaziy nerv tizimining yuqori, ya'ni segment ust qismiga bosh miya yarim sharlari va ularning pustloq qismi kiradi. Markaziy nerv tizimida nerv hujayralari (neyron tanalarining) markazlari bor. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pogonasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunchalari kiradi. Nerv tizimining periferik qismi asosan nervlardan, ya'ni tolalar bog`lamidan iborat.Bajaradigan vazifasiga ko`ra, nerv sistemasi ikki qismga bo`linadi: somatik va vegetativ nerv tizimi. Somatik nerv tizimi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va me`da hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi .
Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi.

Nerv hujayralariga neyron deb ataladi. Neyronlar katta kichikligi va shakli jihatidan har xil bo`ladi. Har bir neyronning tanasida bir talay kalta, shoxlangan usimtalar —dendritlar va shoxlanmagan uzun usimta —akson bor. Nerv hujayralarining tanalari va ularning dendritlari to`planib, kul rang moddani hosil qiladi. Miyaning oq moddasi esa mielin pardasi bilan koplangan nerv tolalari (aksonlar) dan tashkil topgan bo`ladi. Neyronlar tashqi tomondan parda — memberana bilan koplangan. 5 Nerv tolasining hususiyatlari.


Nerv tolasining asosiy hususiyati qo`zg`aluvchanlik va O`tkazuvchanlikdan iborat. Qo`zg`aluvchanlik organizmning tashqi muhitdan ham, ichki muhitdan ham keladigan har xil ta'surotlarga javob bera olish qobiliyatidir. O`tkazuvchanlik ko`zrluvchanlikni O`tkaza olish hususiyatidir.

Ta'surot berilgandan keyin nerv tizimida fiziologik protsess ro`y beradi, bu xodisa qo`zg`alish deb ataladi. Bu qo`zg`alish nerv buylab O`tkaziladi. o`zgaruvchanlik barcha to`qimalarga xos hususiyatdir. Tuqimani kuzatish uchun ma'lum kuchdagi ta'sirlovchi bo`lishi kerak, shundagina to`qimada modda almashinuvi vujudga kelib, tirik organizm taasurotga qo`zg`alish bilan javob beradi. Muskul to`qimasi ko`zg`alsa kisk,arish bilan bez to`qimasi qo`zg`alsa, sekret yoki shira ajralishi bilan javob beradi. To`qimaning ko`zgguvchi ta'sirlovchilari o`z hususiyatiga qarab fizikoviy, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga bo`linadi.


Ta'sirlovchi kelib chiqishiga, organ, to`qimaga ta'siriga ko`ra adekvat va noadekvat ta'sirlovchilarga bo`linadi. Muayyan to`qima, hujayra va organ uchun xos bo`lgan ta'sirlovchi adekvat ta'sirlovchi deb ataladi. M-n. ko`zning adekvat ta'sirlovchisi yoruglik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impul's hisoblanadi.

Muayyan to`qima, hujayra va organ uchun xos bo`lmagan ta'sirlovchilar noadekvat ta'sirlovchi deb ataladi. M-n. muskul to`qimasi nerv tolasidan kelayotgan impul'sdan tashqari, elektr toki, tuz, kislota ta'sirida ham kisqarishi mumkin. Bular noadekvat ta'sirlovchilardir, markazlari haqida tushuncha va ularning fiziologik hususiyatlari.



Download 96,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish