Ishning bajarishi. Tekshirishda sinaluvchi talabaning bo‘yi o‘lchanadi va og‘irligi tortiladi. So‘ngra ikkita qiymat topiladi: birinchisi odamning bo‘yi va yoshi bo‘yicha, ikkinchisi og‘irligi bo‘yicha.
Asosiy almashinuvni aniqlash uchun ikkala qiymat qo‘shiladi. Masalan, sinaluvchi ayol 21 yoshda, bo‘yi 168 sm, vazni 65 kg. 6-jadvaldan gorizontal chiziq bo‘yicha 21 yosh, vertikal chiziq bo‘yicha bo‘yi 168 sm, kesishgan joyda 213 kkal, 7-jadvaldan, 65 kg og‘irlikka to‘g‘ri keladigan 1277 kkal topiladi. Topilgan har ikkala qiymat qo‘shilsa, ya’ni 213+1277=1490 kkal chiqadi.
Har bir talaba o‘zining jinsi, yoshi va vazniga mos keladigan asosiy almashinuvni hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |