1. Yosh fiziologiyasi fani va uning vazifalari. Yosh fiziologiyasining boshqa fanlar uchun ahamiyati. Gigiena fani va uning vazifalari


-jadval Erkaklarning bo‘yi va yoshiga ko‘ra sutkalik asosiy almashinuvni aniqlashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar



Download 495,5 Kb.
bet25/25
Sana18.02.2022
Hajmi495,5 Kb.
#450891
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi(umumiy)

5-jadval
Erkaklarning bo‘yi va yoshiga ko‘ra sutkalik asosiy almashinuvni aniqlashda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar



Bo‘yi (sm)

Yoshi (yil)

17

19

21

23

25

27

29

31

33

35

140

553

523

-

-

-

-

-

-

-

-

144

593

568

-

-

-

-

-

-

-

-

148

633

608

-

-

-

-

-

-

-

-

152

573

648

619

605

592

578

565

551

538

524

156

716

678

639

645

612

588

585

571

558

544

160

743

708

659

645

632

618

605

691

578

564

164

773

738

679

665

652

638

625

611

698

684

168

803

768

699

685

672

658

645

631

618

604

172

823

788

719

705

692

673

665

651

638

624

176

843

808

739

725

712

698

685

671

658

644

180

863

828

759

745

732

718

705

691

678

664

184

883

848

779

765

752

738

725

711

798

684

188

903

868

799

785

772

758

745

731

718

704

192

923

888

819

805

792

778

765

751

738

724

196

-

908

839

825

812

798

785

871

758

744

200

-

-

859

845

832

818

805

791

778

764

6-jadval
Ayollarning bo‘yi va yoshiga ko‘ra sutkalik asosiy almashinuvni aniqlashda foydalaniladigan ma’lumot

Bo‘yi (sm)

Yoshi (yil)

17

19

21

23

25

27

29

31

33

35

140

155

146

-

-

-

-

-

-

-

-

144

171

162

-

-

-

-

-

-

-

-

148

187

187

-

-

-

-

-

-

-

-

152

201

192

183

171

164

155

146

136

127

117

156

215

206

190

181

172

162

153

144

134

12

160

229

220

198

188

179

170

160

161

142

132

164

243

234

205

196

186

177

168

158

149

140

168

255

246

213

203

194

197

175

166

156

147

172

267

258

220

211

201

192

183

173

164

154

176

274

270

227

218

712

698

685

671

658

644

180

863

828

759

745

732

718

705

691

678

664

184

883

848

779

765

752

738

725

711

798

684

188

903

868

799

785

772

758

745

731

718

704

192

923

888

819

805

792

778

765

751

738

724

196

-

908

839

825

812

798

785

871

758

744

200

-

-

859

845

832

818

805

791

778

764

7-jadval
Odamlarning vazniga bog‘liq holda asosiy almashinuvni
aniqlash jadvali



kg

kalloriya

kg



kalloriya

kg



kalloriya

ayollar

erkaklar

ayollar

erkaklar

ayollar

erkaklar

3

683

107

39

1028

602

75

1372

1098

4

693

121

40

1038

616

76

1382

1112

5

702

135

41

1047

630

77

1391

1125

6

712

148

42

1057

644

78

1401

1139

7

721

162

43

1066

658

79

1411

1153

8

731

176

44

1076

672

80

1420

1167

9

741

190

45

1085

685

81

1430

1180

10

751

203

46

1095

699

82

1439

1194

11

760

217

47

1105

713

83

1449

1208

12

770

235

45

1114

727

84

1458

1222

13

779

245

49

1124

740

85

1468

1235

14

789

258

50

1133

754

86

1478

1249

15

798

272

51

1143

768

87

1487

1263

16

808

286

52

1152

782

88

1497

1277

17

818

300

53

1162

795

89

1506

1290

18

827

313

54

1172

809

90

1516

1304

19

837

327

55

1181

823

91

1525

1318

20

846

341

56

1191

837

92

1535

1332

21

856

355

57

1200

850

93

1544

1345

22

865

368

58

1210

864

94

1554

1359

23

875

382

59

1219

878

95

1564

1373

24

885

396

60

1229

892

96

1573

1387

25

894

410

61

1238

905

97

1583

1406

26

904

423

62

1278

919

98

1592

1414

27

913

437

63

1258

933

99

1602

1428

28

923

451

64

1267

947

100

1611

1442

29

932

465

65

1277

960

101

1621

1455

30

942

478

66

1286

974

102

1632

1469

31

952

492

67

1296

988

103

1640

1483

32

961

506

68

1305

1002

104

1650

1497

33

971

520

69

1315

1015

105

1659

1510

34

980

533

70

1325

1029

106

1669

1524

35

990

547

71

1334

1043

107

1678

1538

36

999

561

72

1344

1057

108

1688

1542

37

1009

575

73

1353

1070

109

1698

1555

38

1019

588

74

1363

1084

110

1707

1569

Har xil ishlarga sarflanadigan energiya sarfi jadvaldan topiladi. Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlardan foydalanib, quyidagi sxema bo‘­yicha kun tartibi tuzib chiqiladi:


8-jadval

Ish turi

Muddati (soat)

1 soatda 1kgvazngasarflanadiganenergiyamiqdori (kkal)

Butunishdavomida
1 kgvazngasasarflanadiganenergiyamiqdori (kkal)

1

2

3

4



4-MAVZU: MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI
Moddalar almashinuvi tirik organizmning eng muhim funksiyasi va hayotining xarakterli belgisi ekanligi barchamizga ma’lum. Barcha hujayralarda doimo moddalar almashinuvi tufayli hujayra strukturalari va hujayralararo modda uzluksiz hosil bo‘lib, yemirilib va yangillanib turadi. Buning sababi shuki, organizmda doimo har xil kimyoviy birikmalar parchalanib va sintezlanib turadi, bir modda ikkinchi moddaga aylanadi.
Bunda energiya bir holatdan ikkinchi holatga o‘tadi, kimyoviy birikmalardagi potensial energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi kinetik energiya turlariga aylanadi.
Organizm sarflarini to‘ldirish, gavda og‘irligini saqlash va o‘sish ehtiyojlarini qondirish uchun organizmga tashqi muhitdan oqsil, yog‘, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv kirib turishi lozim. Ularning miqdori va sifati organizmning holatiga va uning yashash sharoitiga mos kelishi kerak. Bunga har xil moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‘luvchi qoldiq moddalardan tozalanishi lozim. Bunga ayiruv organlarining faoliyati tufayli yerishiladi.
Moddalar almashinuvini o‘rganishda fiziologiyaning turli usullaridan foydalanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik hayot jarayonlarini o‘rganishda biokimyo usullari keng qo‘llanilmoqda. Rus olimi Ye.S.London tomonidan yaratilgan angiostomiya usuli moddalar almashinuvini o‘rganishdagi ancha qulay usullardan biridir. Bu usul yordamida organizmning ancha ichkarisida joylashgan qon tomirlaridan qon olib tekshirish mumkin. Biror-bir organga oqib kelayotgan va undan oqib ketayotgan qonni olib tekshirish yo‘li bilan oqib kelayotgan qondagi biror moddaning o‘sha organda qanday o‘zgarishlarga uchraganligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Organlarni ajratib olish usulidan ham moddalar almashinuvini o‘rganishda foydalansa bo‘ladi.
Jumladan, tekshirilayotgan muayyan moddani, suyuqlikni izolyasiya qilingan jigardan oqizib o‘tkazish va jigardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tarkibini tekshirish yo‘li bilan tekshirilayotgan moddaning jigarda qanday o‘zgarishlarga uchraganligi to‘g‘risida fikr yuritilsa bo‘ladi.
Keyingi paytlarda moddalar almashinuvini o‘rganishda radioktiv izotoplar usuli ayniqsa keng qo‘llanilmoqda. Bu usul shundan iboratki, tekshirilayotgan moddalar tarkibiga tegishli radioktiv izotoplar (fosfor, azot, uglerod, temir, yod va boshqalarning radiaktiv izotoplari) qo‘shiladi, ya’ni o‘sha moddalar “nishonlanadi”.
Radioktiv izotoplar bilan shu tariqa nishonlangan moddalar organizmga yuborilganda ularning qanday o‘zgarishlarga uchrashini o‘rganish ancha oson. Chunki radioktivlik xossasiga ega bo‘lgan atomlar, organizmning turli organ va to‘qimalarida shu moddalarning boshqa atomlari orasidan yengillik bilan topiladi. Shuning uchun, ham tekshirilayotgan moddalar radioaktiv izotoplar bilan nishonlanib, hayvonga berilganda o‘sha moddalarning organizmda qaysi organ va to‘qimalarga borishi, qanday o‘zgarishlarga uchrashi, organizmdan qanday holatda chiqarilib yuborilishini o‘rganish mumkin.
Radioaktiv izotoplarni qo‘llash hayot mohiyati to‘g‘risidagi materialistik dunyoqarashni kengaytirishga imkon beradi. F.Engels hayotni oqsil molekulalarining yashash shakli deb ta’riflar ekan, hayotning bu shakli oqsilning doimo o‘z-o‘zidan yangilanib turishidan iboratdir, deb aytgan. Izotoplar usuli o‘z-o‘zidan yangilanish jarayonlarining tezligini aniqlashga imkon berdi. Ayni vaqtda, masalan, jigarda jami hujayra oqsillarining yarmi 3-5 kun davomida parchalanib ketishi, lekin xuddi shuncha oqsil yangidan sintezlanib turgani uchun hujayralar kichrayib qolmasligi, yo‘qolib ketmasligi ma’lum bo‘ldi. Oqsillargina emas, balki yog‘lar, uglevodlar va boshqa murakkab organik birikmalar ham parchalanib turadi va keyin qaytadan sintezlanadi. Organizm skeletining mineral tarkibiy qismlari ham o‘z-o‘zidan yangilanib turadi.
Moddalarning aylanishi (o‘zgarishi). Oziq moddalarning kimyoviy o‘zgarishi ovqat hazmi traktida boshlanadi. Bu yerda ovqatlarning murakkab moddalari qon yoki limfaga surilishi mumkin bo‘lgan ancha oddiy moddalargacha parchalanadi.
Surilish natijasidla qon va limfaga tushgan moddalar hujayralargacha yetib kelganidan keyin u yerda asosiy o‘zgarishlarga uchraydi.Hosil bo‘lgan murakkab organik moddalar hujayralar tarkibiga kiradi va ularning funksiyalarini bajarilishida ishtirok etadi.
Hujayralar ichida kechadigan moddalarning o‘zgarishi hujayralar ichidagi bo‘shliq yoki oraliq almashinuv deyiladi. Hujayralar ichidagi almashinuvda hal qiluvchi rolni hujayraning ko‘plab fermentlari o‘ynaydi. Ularning faoliyati tufayli hujayra moddalarida murakkab o‘zgarishlar yuz beradi, ularning molekulalari ichidagi kimyoviy bog‘lari uziladi, bu yesa energiya ajralishiga olib keladi.
Bu yerda oksidlanish va tiklanish reaksiyalari muhim ahamiyat kasb etadi, hujayrada boshqa maxsus fermentlar ishtirokida fosfor kislotasi qoldig‘i (fosforlanish), NH2 aminoguruhni (qayta aminlanish), metil guruhi CH3 (transmetillanish) va boshqa o‘tish reaksiyalari kabi, shu tipdagi boshqa kimyoviy reaksiyalar ham bajariladi. Bu reaksiyalar paytida ajraladigan energiyalar hujayralarda yangi moddalarning hosil bo‘lishi uchun, organizmni hayot faoliyatini ta’minlash uchun ishlatiladi.
Hujayralar ichidagi almashinuvning oxirgi mahsulotlari qisman hujayralarning yangi moddalarini tuzilishi uchun sarflanadi, hujayralar tomonidan foydalanilmaydigan moddalar organizmda ayiruv organlari orqali chiqarib tashlanadi.

5 - mashg‘ulot.O‘QUVCHILARNING OVQATLANISH GIGIYENASI


Ovqatlanishning fiziologik ahamiyati

Ovqatlanish organizmning normal yashashi va ish bajarishi uchun zarur fiziologik xususiyat. Bolalar va o‘smirlar uchun esa ular organizmining normal o‘sishi va rivojlanishi uchun ham zarurdir. Ovqatlanish organizmda uzluksiz davom etadigan moddalar va energiya almashinuvining fiziologik asosidir. Moddalar va energiya almashinuvi esa tiriklikning asosiy xususiyatidir. Demak, ovqat uzluksiz iste’mol qilinmasa va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan tashlandik moddalar organizmdan tashqariga chiqarib turilmasa tirik organizmning hayot kechirishi, o‘sishi, ri­vojlanishi va ish bajarishi mumkin emas.


Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, ovqat­lanish, ya’ni ovqat sifatida iste’mol qilinadigan oziq moddalar organizmda ikki xildagi fiziologik vazifani bajaradi:
- birinchidan, oziq moddalar energiya manbai bo‘lib, ya’ni organizmda moddalar almashinuvi natijasida parchalanib o‘zidan energiya ajratadi, bu energiya esa hujayra, tuzima, organlarning yashashi, harakatlanishi, ish bajarishi uchun sarflanadi;
- ikkinchidan, oziq moddalar hujayralar tarkibiy qismini yangilanib turishi, ko‘payishi, o‘sishi va rivoj­lanishi uchun sarflanadi.
Ovqatning kundalik normasi. Ovqatning kundalik normasi yoki uning kaloriyasi bolaning yoshiga, sog‘lig‘iga, jismoniy taraqqiyotiga, bajaradigan mehnatiga, iqlim-sharoitga qarab o‘zgaradi.
Organizmning hamma hujayra, tuzima, organlari normal yashashi, o‘z funksiyasini bajarishi, bolalarda esa ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun ma’lum miqdorda issiqlik energiyasi (kaloriya) talab qilinadi. Bu energiya ovqat tarkibida iste’mol qilingan oqsil, yor va uglevodlarning organizmda kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida xosil bo‘ladi. Oqsil moddasining 1 g oksidlanganda 2 litr kislorod sarflanib 4,1 kkaloriya issiqlik energiya hosil bo‘ladi; 1 gramm yor oksidlanganda 2 litr kislorod sarflanib, 9,3 kkal 1 g uglevod oksidlanganda esa 0,8 litr kislo­rod sarflanib 4,1 kkal energiya hosil bo‘ladi.
Ertalab nahorda, qimirlamasdan tinch yotgan holda tashqi muhitning harorati 20—22°C bo‘lganda organizmning normal hayotini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hujayra, tuqima, organlarning normal ishlashi uchun katta kishining har 1 kg tana vazniga 1 soatda 1 kkal issiqlik energiyasi kerak bo‘ladi.
70 kg vaznga ega bo‘lgan odam 1 sutkada qimirlamasdan yotganda uning normal hayotini saqlab turish uchun 1680 kkal energiya sarflanadi. Shunga organizmning asosiy moddalar almashinuvi deyiladi.
Kishi ish bajarganda asosiy moddalar almashinuviga sarflanadigan energiyadan tashqari ishning og‘ir yengilligida qarab yana ma’lum miqdorda qo‘shimcha ener­giya sarflanadi. Ish bajarganda sarflangan energiya miqdorining hammasiga (asosiy va qo‘shimcha) umumiy moddalar almashinuvi deyiladi. Masalan: kishi o‘rtacha tezlik bilan yurganida asosiy moddalar almashinuviga sarflangan energiyaga nisbatan 2 marta, yugurganida —, 4 marta ko‘proq energiya talab qilinadi. Shuning uchun kundalik ovqatning kaloriyasi, ya’ni uning tarkibidagi, oqsil, yog‘, uglevodlarning miqdori avvalo o‘quvchilarning bajaradigan mehnatiga qarab o‘zgaradi.
Aqliy mehnatda kamroq, jismoniy tarbiya, mehnat darsi, sport sektsiyalari, tajriba uchastkasida, qishloq xo‘jalik ishlarida esa ko‘payishi kerak, havoning issiq fasliga nisbatan sovuq faslida moddalar almashinuvi kuchayadi, shuning uchun kundalik ovqat kaloriyasi ham ko‘proq talab qilinadi.
Maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar uchun kunda­lik ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlarning o‘rtacha miqdori quyidagicha bo‘lishi mumkin.


Bolalar va o‘smirlarning oqsil yog‘, uglevodlar miqdoriga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji



Oziq moddalar
(gramm hisobida)

Bolalar yoshi

7-10

11-14

15-18

1

Oqsil

78

98

119

2

Yog‘

81

86

99

3

Uglevodlar

297

424

471

4

Sutkalik umumiy kaloriya (kkal.)

2291

2940

3340

Bolalar va o‘smirlar ovqatining sutkalik kaloriyasi
(M. V. Andropov).



Bolaning yoshi

Sutkalik kaloriya

1

1-2 yosh

1500 kkal

2

3-4 yosh

1800 kkal

3

5-6 yosh

2000 kkal

4

7-10 yosh

2400 kkal

5

11-13 yosh

2850 kkal

6

O‘spirin qizlar

2750 kkal

7

O‘spirin yigitlar

3150 kkal



O‘quvchilarning kunlik ovqatlanish tartibi. Kunlik ovqatlanish tartibi, o‘quvchi kun tartibining ajralmas qismi hisoblanadi. Chunki, ma’lum tartib bilan ovqatlanish, birinchidan, oshqozon-ichaklarni normal ishlashi, ishtahaning yaxshi bo‘lishini ta’minlasa, ikkinchidan, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, ya’ni bolalarni har kuni ma’lum belgilangan vaqtda ovqatlanishi, ularni intizomli bo‘lib tarbiyalanishining muhim omilidir.
Ovqat moddalarining oshqozon-ichaklarda parchalanib hazm bo‘lishi uchun 3,5—4 soat vaqt talab qilinadi. Shuning uchun har 3,5—4 soatdan keyin tartib asosida ovqatlanish tavsiya etiladi.
Maktabning birinchi smenasidao‘qiydigan o‘quvchilar uchun ovqatlanish tartib quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— nonushta — soat 730 — 800 da. Nonushtada iste’mol qilinadigan ovqat miqdori organizm uchun zarur bo‘lgan sutkalik ovqat kaloriyasining 25% ni tashkil qilishi kerak.
—ikkinchi nonushta — soat 1100 —1130 da, maktab bufetida, sutkalik ovqat kaloriyasining 10—15% ni tash­kil qiladi;
—tushki ovqat — soat 15—15-30 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 40% ni tashkil qiladi.
—kechki ovqat — soat 1900—1930 da, sutkalik ovqat kaloriyaqining 20—25% ni tashkil qiladi.
ikkinchi smenada o‘qiydigan o‘quvchilar uchun ovqatlanish tartibi quyidagicha:
— nonushta — soat 800 da, sutkalik ovqatning 25% kaloriyasiga teng bo‘lishi kerak;
— tushki ovqat — soat 1200—1230 da, sutkalik ovqatning 40% kaloriyasiga teng bo‘lishi kerak;
—kech tushki ovqat—1500—1530 da, maktab bufetida, sutkalik ovqatning 10—15% iga teng;
—kechki ovqat — 1900—1930 da, sutkalik ovqat kaloriyasining 20—25% ga teng bo‘lishi kerak,
O‘quvchilarning normal ovqatlanishini tashkil etishda maktab oshxonasi va bufetlarining yaxshi ishlashi muhim ahamiyatga ega. Birinchi smenada o‘qiydigan o‘quvchilar uchun maktab oshxonasi — bufetida issiq; ovqatlar soat 1100—1130 da, ya’ni katta tanaffus paytiga, ikkinchi smena o‘quvchilari uchun esa soat 1500—1530 da tayyor bo‘lishi kerak. Maktab oshxonasi — bufeti ovqatlarining kaloriyasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 250—350 kkal dan;
o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari uchun — 350—450 kkal dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Maktab bufetida sotiladigan ovqatlar menyusi har kuni almashtirib turilishi kerak, ular arzon, tarkibida yetarli miqdorda oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar bo‘lishi kerak. Masalan; go‘shtli, karamli, kartoshkali, oshqovoqli pirojki, somsa, guruchdan yoki krupadan qilingan sutli bo‘tqa, mastava, shovla, kotlet, issiq sut; choy, non, bulochka kabilar.
Shuni ta’kidlash kerakki, bolalar shirinlikka o‘ch bo‘ladi, ular uyidan maktabda ovqatlanish uchun olib kelgan pulini shirinliklarga sarflab, issiq ovqat iste’mol qilmasligi mumkin. Shirinliklar tarkibida esa bola organizmn uchun zarur oqsil, yog‘, vitaminlar, mineral tuzlar bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab bufetida shirinlik (konfet, pe­chene, pryanik, pirojnoye, limonad) lar sotilmaganliga ma’qul.
Mamlakatimizda bolalar va o‘smirlarning sog‘lom bo‘lishi, jismoniy baquvvat o‘sishi va rivojlanishi normal bo‘lishini ta’minlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan, shuning uchun ovqat yoki vitaminlar yetishmasligi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar umuman uchramaydi.
Ba’zi bolalar va o‘smirlarni nisbatan ozg‘in bo‘lishi ovqatni yetishmasligidan emas, balki ovqatlannsh tartibiningg noto‘g‘ri tashkil qilinishi, yuqorida aytib o‘tilganidek, shirinlikni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish tufayli ishtahaning bug‘ilishi yoki organizmda yashirin holda davom etadigan surunkali kasallik, ichakda gijjalarning bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bunday ozg‘in bolalarni albatta meditsina tekshiruvidan o‘tkazish, ovqat tartibini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Aksincha, keyingi yillarda semirgan bolalar va o‘smirlar soni ko‘payib bormoqda. Buning sababi birinchidan ovqatni ayniqsa yog‘li, shirinli, xamir ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilish, ikkinchidan — harakatlanish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan kam shug‘ullanishdir.
Ko‘pchilik ota-onalar bolani ayniqsa bir yoshgacha, qolaversa 3—4 yoshgacha jismoniy rivojlanishi bilan muntazam ravishda qiziqib boradilar-u, lekin maktab, yoshida butunlay bu masalaga ye’tibor bermay qo‘yadilar. Albatta bunday qilish yaramaydi. Ayniqsa balog‘atga yetish davrigacha (14—15 yoshgacha) bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘i, ularning jismoniy rivojlanishi ota-ona, qolaversa tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun muhim ahamiyatrsh yega. Bola tana vaznining normal bo‘lishi uning ish qobiliyatiga va niqoyat fanlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmasdan iloji yo‘q. Turli yoshdagi bolalar va o‘smirlarning tana vazni, bo‘y uzunligi normada qanday bo‘lishi kitobni bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari bobidagi maxsus jadvalda ko‘rsatilgan edi.
Agar bola yoki o‘smirning tana vazni mazkur jadvalda ko‘rsatilganga nisbatan, 15-—20% ga oshgan bo‘lsa, - semirishning 1 darajasi, 20—50% ga oshgan bo‘lsa – II darajasi, 50—60% dan ko‘proqqa oshgan bo‘lsa - III darajasi, 100% dan ko‘pga oshgan bo‘lsa – IV darajasi bo‘lib hisoblanadi, ayniqsa, uning II—III—IV- darajalari kasallik hisoblanadi.
Bunday bolalarni arterial qon bosimi ko‘tariladi, yurak ishi qiyinlashadi, diabet kasaliga beriluvchan bo‘ladi, boshi og‘riydi, tez charchaydi, ish qobiliyati pasayadi, darsda ko‘pincha uyqu bosadi,. o‘zlashtirishi pasayadi.
Nerv sistemasining funksional faoliyati ham buziladi. Bunday bolalar o‘z tengdoshlari oldida o‘zlarini; noqulay sezadilar, shuning uchun ham chekadilar, o‘ksinadilar, arzimagan kelishmovchilik, ularni chuqur qayg‘urishiga sabab bo‘ladi.
Semirishning asosiy sababi, yuqorida aytilganidek ovqatni ko‘p iste’mol qilish, ayniqsa, yog‘li, xamir ovqatlar shirinliklarni me’yoridan ortiqcha iste’mol qilishdir.
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bolalarning ovqat tartibini doimo nazorat qilib turishlari kerak. Semirishning oldini olishda jismoniy tarbiya, sport, muntazam ravishda harakatlanish muhim ahamiyatga ega.
Ertalabki 15—20 minutlik qilingan gimnastika faqatgina 25—30 kilokaloriya energiyam sarflanishiga imkon beradi, xolos. Bu energiyani o‘rni esa 2—3 chaqmoq qand iste’mol qilish bilan qoplanadi.
Sog‘lom bo‘lish uchun har bir kishi kuniga kamida 2—3 soat o‘rtacha tezlikda piyoda yurmog‘i lozim. Shunda uning organizmi 600—800 kilokaloriya energiya sarflaydi.
Hujayra va to‘qimalar qancha jismoniy harakat bajarsa ulardagi zapas, to‘planib yotgan energiya shuncha sarflanadi, ularning tarkibiy qismi o‘rniga yangi — yosh tarkibiy qism paydo bo‘ladi, oqibatda, hujayralar yosharadi, ularning ish qobiliyati yaxshilanadi. Demak, bolalar va o‘smirlarning sog‘lom baquvvat o‘sib - ulg‘ayishi, ish qobiliyatining unumdorligi ko‘p jihatdan ovqatlanish va kun tartibini gigiyenik talabga muvofiq tashkil qilinishiga bog‘liq. Bu borada ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bolalarga ko‘makdosh bo‘lmoqlari lozim.
Ovqatdan zaharlanish, uning sabablari, belgilari va oldini olish choralari. Oshqozon-ichak kasalliklari xalq o‘rtasida, ayniqsa bolalar va o‘smirlar o‘rtasida tarqalishi jihatidan gripp va nafas yo‘llariniig shamollashi kasalliklari hamda bolalarning yuqumli kasalliklari (qizamiq, suv chechak, tepkidan) keyingi o‘rinni yegallaydi.
O‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari ularni yuzaga keltiruvchi mikroorganizmlar (bakteriya va viruslar) turiga, biologik xususiyatiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi. Shulardan bolalar o‘rtasida yeng ko‘p uchraydiganlari, yeng xavflisi ovqatdan zaharlanish. Batulizm, ich burug‘i, xolera (vabo), qorin tifi, paratif «A» va «B» kabilardir.
Salmonellez yoki ovqatdan zaharlanish kasalligi ayniqsa, buzilgan, yeskirib qolgan ovqatlarni, limo­nad, morojenoye, pirojnoye, somsa, pirojki, shashlik, kolbasa, baliq kabilarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladi. Ovqatni iste’mol qilgandan 2 soat va ba’zida yarim-bir kun o‘tgandan keyin qorinda og‘riq paydo bo‘ladi ko‘ngli ayniydi, ketma-ket qusa boshlaydi. Og‘ir formalarida tana harorati 40° va undan ham ko‘tariladi, qaltiraydi, rangi oqaradi, qo‘l-oyoqlari qaqshab og‘riydi, ba’zida hushini yo‘qotadi.
Batulizm — bu ham ovqatdan zaharlanish natija­sida yuzaga keladigan kasallik, ko‘pincha konserva qilingan, baliq, zamburug‘, karam, bodring, pomidor kabi­larni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladi. Chunki konserva bankasi ichiga havosiz sharoitda ko‘payadigan mikroblar kirib qolib ular banka ichida ko‘payadi, o‘zidan zaharli modda ishlab chiqaradi. Natijada bu konservani iste’mol qilish organizmni zaharlashga olib keladi. Bu mikroblar uzoq saqlangan sho‘r baliq, kolbasa, qazida ham bo‘lishi mumkin: Bu mikroblar o‘zidan gaz ishlab chiqaradi. Shuning uchun zaharlangan konserva bankasini qopqog‘i shishib (burtib) turadi, kolbasa, qazi ham ishganday, ichida havosi bordek seziladi. Agar shu belgiga e’tibor berilsa bunday taomdan voz kechmoq kerak.
Batulizm kasalligini xarakterli belgilari, ovqat iste’mol qilingandan 2 soat o‘tgandan so‘ng, ba’zida Hatto 10 kundan keyin qorinda og‘riq, ko‘ngil aynish, qusish paydo bo‘ladi. Ich suyuqlashadi, lekin ko‘p ketmaydi,, qorni dam bo‘ladi, og‘zi qurishadi, ovozi bug‘iladi, ko‘zlarini qovog‘i osilib qoladi.
Xolera (vabo). Bu kasallikni qo‘zgatuvchi mikroblar (vibrion) ham aynigan ovqat, ayniqsa ariq, quduq, hovuzning ifloslangan suvidan, bemorning idish tovoqlaridan, qo‘lidan yuqadi.
Belgilari: bemorning ichi ketadi, qusadi, qornida-og‘riq, rijimlanish, g‘uldirash paydo bo‘ladi, holsizlanadi, rangi oqaradi.
Ich burug‘i (dizenteriya). Bu kasallik mikroblari ham ovqatdan, suvdan, bemorning idish-tovoqlaridan yuqadi. Bemorning qornida og‘riq bo‘ladi, ichi ketishi-tezlashadi (sutkada 10—50 martagacha) kuchanadi.
Bu kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tarqatishda pashsha muhim rol o‘ynaydi. Bitta pashsha tanasida 6 million, ichagida yesa 28 millionga yaqin har xil kasal qo‘zg‘ovchi mikroblar borligi aniqlangan.
Yuqorida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yeng ko‘p uchraydigan o‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari to‘g‘risida qisqacha tushuncha berildi. Bu kasalliklarning boshqa turlarini yo‘qish yullari, belgilari ham yuqoridagilarga o‘xshashdir.
O‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari yuzaga kelgan zamonoq vrachga murojaat qilish kerak. Bemor albatta shifoxonaga yotqizilib davolanmogi lozim. Bemorning kiyim-kechaklari, idish-tovoqlari maxsus dorilar va qaynatish usullari bilan zararsizlantiriladi. Bemor bilan birga ovqatlangan kishilarning axlati laboratoryyada analizdan o‘tkaziladi, ularda kasallikning oldini olish uchun maxsus dorilar (bakteriofag) ichiriladi.
Agar bemorda ovqatdan zaharlanish belgilari kuzatilsa (qusish, ich ketish, qorinda ogriq va h.k) vrachni yetib kelishi yoki bemorni shifoxonaga olib borish uchun 1—2 soat vaqt talab qilinadigan bo‘lsa, vaqtli o‘tkazmasdan tezlik bilan toza suv qaynagan suvni sovitib, mineral suv, bir oz soda aralashtirib oshqozonni yuvish kerak. Yuvish 3—4 marta takrorlanadi, to oshqozondan yashadigan yuvindi suvda ovqat qoldiqlari qolmagunicha, so‘ng issiq shirin choy, mineral suv ichiriladi, oyoq-qo‘llari isitiladi.
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish. Bu, eng avvalo, har-bir o‘quvchi tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishdan iborat. Eskirgan ovqatlarni, limonad, morojenoye, pirojniy, kolbasa, baliq, konserva kabilarni iste’mol qilmaslik. Qozonda qolgan ovqatni xolodilnikda saqlash va iste’mol qilishdan oldin albatta uni qaynatib olish, kolbasa va konservani ham qaynoq suvda qaynatish zarur.
Idish-tovoqlar soda yoki gorchisa aralashtirilgan qaynoq suvda yuvilib, so‘ng toza suvda chayqatiladi. Boshqalar bilan qo‘l berib so‘rashganda, avtobus, mashina, tramvay eshiklarini ushlaganda ovqatlanishdan oldin ham albatta qo‘lni sovunlab yuvish, har bir madaniyatli kishining shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishdagi burchi hisoblanadi.

5-MAVZU: TANA XARORATINING DOIMIYLIGI-(TERMOREGULYATSIYA)
Odam va issiq qonni hayvonlarning gavda harorati tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga ko‘ra doim deyarli bir darajada turadi. Gavda haroratining bunday doimiyligi izotermiya deb yuritiladi. Izotermiya faqat gomyoterm yoki issiq qonli deb ataluvchi organizmlar uchun xos.
Gavda harorati o‘zgaruvchan bo‘lib, tashqi muhit haroratidan oz farq qiluvchi ya’ni Poykiloterm yoki sovuq qonli organizmlarda izotermiya kuzatilmaydi. Organ va to‘qimalar harorati shuningdek butun organizm harorati issiqlik hosil bo‘lish intensivligiga va issiqlik yo‘qotish miqdoriga bog‘liq. Barcha organ va to‘qimalarda issiqlik hosil qilish jadalligi bir xil bo‘lmaydi.
Muskul to‘qimasi, jigar, buyraklar kabi faol ish bajaruvchi to‘qima va organlar faolligi kamroq to‘qimaga qaraganda ko‘proq issiqlik chiqaradi. Organ va to‘qimalarni issiqlik yo‘qotishi ularning joylashuviga bog‘liq teri, skelet muskullari ichki organlarga qaraganda ko‘proq issiqlik chiqaradi va tezroq sovuydi.
Organizmda turli organlarda harorat har xil bo‘ladi, masalan, jigarda eng yuqori 37,8-380C, terida 29,5-33,90C (kiyim bilan berkitilgan joyda). Sog‘lom odamning qo‘ltiqdan o‘lchangan harorasi 36,5-36,90C, klinikada emadigan chaqaloqlarda rectum – to‘g‘ri ichakdan o‘lchanadi va u normada 37,2 – 37,50C ni tashkil etadi.
Tana harorati doimiy bo‘lmay sutka davomida 0,5-0,70Cga o‘zgarib turadi. Tana harorati kechqurun soat 4–6 da yeng yuqori, yertalab 3–4 dayesayengpastbo‘ladi. Tana haroratining bu o‘zgarishi yashash sharoitiga bog‘liq, tinchlik va uyqu tana haroratini kamaytiradi, muskullar bilan bajariladiganish esa uni oshiradi.
Butun organizmda issiqlik hosil bo‘lishi va issiqlik yo‘qotishi bir-biriga teng bo‘lgandagina odamning tana harorati doim bir darajada turishi mumkin. Bunga termoregulyatsiyaning fiziologik mexanizmlari yordam beradi. Organizmning har orasini normallashuvini qon boshqarib turadi, chunki tomirlarda yuradigan qon faol to‘qimalarda isiydi, ularning shu tariqa sovutadi va terida sovib, uni ayni vaqtda isitadi.
Organizmda termoregulyatsiya fizikaviy va kimyoviy xillariga ajratish mumkin. Kimyoviy termoregulyatsiya organizmda issiqlik hosil bo‘lishini kuchaytirish yoki susaytirish, ya’ni organizmda moddalar almashinuvi jarayonini kuchaytirish va kamaytirish yo‘li bilan yuzaga chiqadi. Fizikaviy termoregulyatsiyaga va badan issiqlik chiqish jarayonini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshadi.
Download 495,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish