24. So‘z-gaplarning gap lisoniy qurilishidagi o‘rnini tushuntiring.
So‘z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. So‘z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida ta’kidlaganimizdek, ularning kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmasligi, bog‘lama bilan birika olmasligidadir. So‘z-gaplar ham undalmalar, sodda gaplar kabi kengaygan yoyiq holatlarda bo‘lishi mumkin: 1.CHo‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin. (A.Qah.) 2.Falakning dastidan dod! (Hamza.) 3. Barakalla sizga! Misollardan ko‘rinib turganidek, so‘z-gaplar faqat bitta so‘zdan iborat bo‘lmay, nutqda kengayish qobiliyatiga ham ega. So‘z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [Wpm] qurilishli gaplarda kesimlik kategoriyasi va ma’nosi [W]ga [Rm] orqali kiritiladi, [m]ning esa o‘zbek tilida juda ko‘p ko‘rsatkichlari mavjud. Shaklning o‘zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma’no turlari ham o‘zgaradi. Masalan, Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi va h .k. Ammo so‘z-gaplarda bunday emas. Har bir so‘z-gap shu gapga xos bo‘lgan ma’nolarni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunonchi, Ha so‘zi tasdiqni fodalaydi. Uning bo‘lishsizligi Ha emas bilan emas, balki alohida so‘z yo‘q bilan ifodalanadi. Albatta yoki shubhasiz modal so‘zi qat’iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma’nosi mutlaqo, aslo so‘z-gaplari bilan beriladi.
So‘z-gaplarda zamon va shaxs ma’nolari [0] ko‘rsatkichli bo‘lib, matnda muayyanlashadi. O‘zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma’nolaridan xoli bo‘la olmaydi. Zero, so‘z-gaplarda zamon va shaxs-son ma’nolarining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so‘zlarning asosiy sintaktik xususiyati – kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmay gap bo‘lib kela olishi bilan sharhlanadi. So‘z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati – ularning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya’ni boshqa gap bo‘laklari bilan bog‘lanmasligidir va o‘zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1.-Ertaga kelasizmi? - Albatta. (O‘.Usm.) 2.-Еngil tortdingmi, qizim? - Shukur. (A.Qah.)
Ko‘rinadiki, so‘z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo‘shimchalarini qabul qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishidadir. To‘rt leksik-semantik turida (modallar, undovlar, tasdiq/inkor, taklif/ishora so‘zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma’nolardan har biri alohida bo‘rttirilgan “yalang‘och” holda yuzaga chiqadi: modallar so‘zlovchining munosabatini ([Rm]dagi maylni), taklif/ishoralar shaxsga qaratilganlik ma’nosini ([Rm] dagi shaxs-sonni), tasdiq/inkorlar tasdiq va inkorni ([Rm]dagi bo‘lishli/bo‘lishsizlikni) va undovlar bo‘lg‘usi harakatni ([Rm]dagi zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.
25. [I~O] qurilishli SBlarining nutqiy xususiyatlarini izohlang.
26. So‘z kengaytiruvchilari va gap bo‘laklari orasidagi munosabat.
So’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining muvofiqlashuvi va farqlanishi. So’z kengaytiruvchisi so’z semantik imkoniyatidagi bo’sh o’rinlarni to’ldiruvchi antantlardir. Aktantlar nutqiy gaplar tarkibida so’z birikmalarini hosil qiladi. Bu birikuvchilarda bo’sh o’rinlari to’ldirilayotgan (biriktiruvchi) so’z hokim so’z, bush o’rinni to’ldirayotgan so’z tobe so’z sifatida namoyon bo’ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so’zi olma so’zi zamiridagi ma‘noviy mohiyatning «belgi» ma‘no bo’lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo’lib, olma so’ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo’ladi. Demak, biror so’zga tobelanib kelayotgan so’z bo’sh o’rinni to’ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Ana aktantlar nutqda, an‘anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to’ldiruvchi, aniqlovchi atamalari bilakn nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so’z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilari farqlanishi nuqtai nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so’z gapning kesimi mavqeida kelganda, gap kengaytiruvchilari gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo’ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o’qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha:
Bundagi uchta so’z bevosita konstruktiv bo’laklari voqelantiruvchidir. Bular: Jaxongir, tez, o’qidi. Faqat kitobni so’zi bevosita o’qi so’zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo’ladi. Bular Jahongir tez o’qigan kitobni men olaman tarzida o’zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo’laklari ifodalovchilari bo’lgan Salim, tez so’zlari endi oldingi mavqelaridan mahrum bo’ladi. Ulardagi konstruktiv bo’laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchilik so’z kengaytiruvchilikka aylanadi.
So’zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo’lakka bog’langanda yuz beradi. Konstruktiv bo’lak bo’lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo’ladi. Chunki kesim mavjud bo’lsagina, unga bog’langan ayrim so’zlar konstruktiv bo’lak tabiatiga ega bo’ladi. Masalan, Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo’q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo’laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to’ldiruvchisi maqomini olsa, so’zlardan mutlaq hokimlarining mavqei o’zgaradi va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol kabi konstruktiv bo’laklar mavqeini egallashi mumkin.
Kesim: Mening orzuim - qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallashi.
Ega: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallashi -mening orzuim.
Hol: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o’rinni egallaganligi uchun biz behad ruhlandik.
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa, undagi bosh kengayuvchi unsur (egallashi) gapning konstruktiv bo’lagiga aylanadi, sifat o’zgarishiga uchraydi, gap qolipiga bevosita daxldorlik kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali - bilvosita gap qolipiga aloqador bo’ladi, ular mavqeidagi o’zgarish sifat o’zgarishi darajasida bo’lmaydi.
So’z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisalardir. Masalan, Kecha kelgan bolani tanimadim gapida kecha so’zi kelgan so’zining kengaytiruvchi. Lekin Bola nega keldi? gapida u gap kengaytiruvchisi maqomini olgan. Birinchi birikuvda u kelgan so’zshaklidagi zamon ma‘nosiga bog’langan. Ikkinchi gapda esa so’zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosiga daxldordir. Kecha kelgan bola birikuvidagi kelgan so’zshaklidagi zamon ma‘nosi bilan keldi so’zshaklidagi zamon ma‘nosi farqlanadi.
Birinchi so’zshakldagi zamon sifatdosh shaklining ma‘nosi bo’lsa, keldi gap markazida tasdiq-inkor, modallik, shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy qismidir. To’g’ri chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, kvadratning tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo’lgani kabi, zamon ham Kecha kelgan bola birikuvida boshqa, Bola kecha keldi birikuvida boshqa butunlikning tarkibiy qismidir. Harakatning bajaruvchisi ham goh so’z kengaytiruvchisi, goh gap kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo’lishi mumkin. Salim kecha kelgan. Salim kecha kelganda men yo’q edim juftligining birinchisida Salim gap kengaytiruvchisi (ega), ikkinchi gapda esa so’z kengaytiruvchisidir, ya‘ni konstruktiv bo’lak emas. Shuningdek, keltirilgan misoldagi mintaqa bosqichida unsuri egallashi so’zi kesim mavqeida kelganda konstruktiv bo’lak, boshqa hollarda (hol va ega bog’langanda) esa so’z kengaytiruvchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |