15. Issiqlik ajraluvchi jihozlarda yong'inni oldini olish Sanoatda ishlatiladigan pechlarda katta issiqlik ajralishi nati-jasida yong'in xavfi tug'iladi. Bu xavf asosan pech yonish zonasida, unga ishlatilgan qurilish materiallarining yemirilishi, pechdagi biror kamchiliklar natijasida uning qopqoqlari va tashqi qismlarining is-siq ta'siridan buzijib ketishi, tutun o'tkazuvchi qismlarining nobobligi natijasida paydo bo'ladi.
Shuning uchun ham texnologik jarayonni bajarish uchun zarur bo'lgan pechlarni yonmaydigan materiallardan qurilgan xonalarga o'rnatiladi.
Quritish tizimlarini ko'pincha sexlarga joylashtirishga to'g'ri keladi. Bunda quritilgan yonuvchi materiallning yonib ketmasligini ta'minlash kerak. Qurilish tizimidagi havo almashtirish jarayonini mahalliy va umumiy shamollatish sistemalari yordamida amalga oshiriladi.
Metallarga issiqlik ishlov berishda, qizdirish (yoki sovutish) vannalaridan foydalaniladi. Bu vannalar mineral moylar va qizdirib suyultirilgan tuzlar bilan to'ldiriladi. Moyning harorati shu turdagi moy uchun ruxsat etiladigan issiqlikdan oshib ketmasligi kerak. Moydan ajralib chiqayotgan bug'lar mahalliy shamollatish vositasida chiqarib yuboriladi.
Tuz solingan vannalarni o’tga chidamli materiallardan qilingan to'siqlar bilan to'sib qo'yiladi. Suyultirilgan tuzli vannalarga soli-nayotgan narsalar albatta, quruq bo'lishi shart. Chunki bu vannaga, hattoki, juda oz miqdordagi namning tushishi poitlashga o'xshash keskin buklanishga olib keladi. Vannadan to'kilayotgan suyultirilgan tuzning yong'inga olib kelishining oldini olish zarur. Agar selitradan foydalanilayotgan bo'lsa, uning harorati 520 °C dan oshib ketmasligi kerak, chunki, selitra 500 °C da parchalanib, yong'inga olib kelishi mumkin.
16. Yashin qaytargichlar
Momaqaldiroq bo'lib, chaqmoq chaqqan vaqtda atmosferada hosil bo'ladigan elektr kuchlanishlari 1500000 V va tok kuchi 20000 A ra boradi. Bunday katta kuchlanish va tok kuchi ta'siridan yer yuzidagi ko'pgina qurilishlar yonib ketishi, buzilishi va shikast-lanishi mumkin. Qurilish binolarini muhofaza qilish, odamlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytargichlar o'rnatiladi. Yashin qaytargichlar me'yoriy hujjat asosida amalga oshiriladi. Yashin qaytargichlar asosan yashin qaytargich o'rnatiladigan ustun, yashin tutish qurilmasi, tok o'tkazgich va yerga ulangan qismlardan iborat bo'ladi. Yashin qaytargichning ikki xil turidan: tayoqsimon va to'qilgan arqonsimon turlaridan foydalaniladi. Ular binodan ayrim o'rnatilgan yoki bino ichiga kiritilgan holda o'rnatilishi mumkin.
Yashin qaytargichning muhofazalash qobiliyati uning elektr tokini yaxshi o'tkazuvchanligi va yerga chuqur o'rnatilgan metall qismlar orqali yashinni yerga o'tkazib yuborishiga asoslangan. Bunda yashin qaytargich muhofazalanayotgan binoga nisbatan baland o'rnatilganligi va elektr tokining oqib o'tishiga qarshiligi kam bo'lganligi uchun yashin binoni shikastlamaydi va yerga o'tib ketadi. Yashin qaytargich muhofaza qilayotgan zonaning yashindan muhofaza qilish koeffitsiyenti 0,99 ga teng.
Tayoqsimon yashin qaytargichlar muhofazalanayotgan obyekt maydoniga qarab bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin. To'qilgan arqonsimon yashin qaytargichlar bino ustida bitta yoki bir necha tortilgan simlardan iborat bo'ladi. Har bir sim ikki tomonidan ustunlarga tortib qo'yiladi va bir tomonlama yerga ulab qo'yiladi. Po'latdan qilingan simlar, trubalar, ruxlangan po'latdan to'qilgan arqon va boshqalar yashin qabul qiluvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Tok o'tkazgich sifatida po'latning ko'ndalang kesimi 36 mm dan kam bo'lmagan xohlagan xili va shaklidan foydalanish mumkin. Yashin qabul qilish qurilmasi va tok o'tkazgichlar kavsharlab yopishtiriladi.
Yerga ulash qurilmasi yuzaki bo'lishi mumkin: bunda shoxsi-mon holdagi yoki nursimon taitibda yer ostiga 1 m chuqurlikda 30 m dan kam bo'lmagan nurlardan tashkil topgan metall tayoqlar yotiq holatda ko'miladi. Chuqurlashtirilgan yerga ulash qurilmasi esa 2—3 m dan kam bo'lmagan metall trubalarni (yoki boshqa shakl-dagi metall tayoqlarni) yer yuzasidan 0,7—0,8 m chuqurlikkacha yerga tik holda qoqiladi. Bu tayoqchalar va yuqori usuldagi nurlar o'zaro metall tasmalar bilan tutashtirilib, kavsharlanadi.
Bunday yerga ulash qurilmasining elektr tokini o'tkazishga qarshiligi 10 Om dan oshmasligi kerak.