1. Yer qa‘ridan foydalanganda soliqqa tortish zarurligi. Soliq to‘lovchilar, soliqqa tortish ob‘ekti va bazasi. Soliq stavkalari va soliqdan imtiyozlar


Rivojlangan mamlakatlarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 51,54 Kb.
bet5/5
Sana31.05.2022
Hajmi51,54 Kb.
#622513
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-mavzu Yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to’lovlar

5. Rivojlangan mamlakatlarda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning o‘ziga xos xususiyatlari.
Jahon miqyosida mamlakat iqtisodiyoti raqobatdoshligini ta’minlash vositalaridan biri bu – tabiiy boyliklarga egalik qilish hisoblanadi. Tabiiy boyliklardan samarali foydalanish va uni rivojlantirish mamlakat iqtisodiy salohiyatini yuksaltiruvchi muhim omillardan biridir. Shu bois tabiiy boyliklardan foydalanishni soliqqa tortish muhim strategik ahamiyatga ega bo’lib, bir tomondan, davlat byudjeti va tabiiy boylikka ega hudud byudjetini shakllantirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan tarmoq investitsion jozibardorligini ta’minlashda sezilarli ta’sirga ega.
Yer osti qazilma boyliklaridan foydalanish sohasini soliqlar vositasida tartibga solishning u yoki bu usulini qo’llash asosini tarmoqda yaqin va uzoq kelajakni ko’zlagan holda amalga oshiriladigan oqilona davlat siyosatini yuritish hisoblanadi. Mazkur siyosatning birinchi darajali vazifasi davlat xavfsizligini ta’minlashga, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishga va atrof-muhitni muhofaza qilishga yo’naltirilganligi bo’lishidir. Bugungi kunda Hukumatimiz bu borada milliy iqtisodiyotimiz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kompleks chora-tadbirlar majmuini amalga oshirib kelmoqda. Shubhasiz, milliy iqtisodiyotimizda konchilik sanoati nafaqat soliqlarni o’z vaqtida va to’liqligicha to’lashda shu bilan birga, dunyo moliya bozoridagi inqirozning salbiy oqibatlarini bartaraf etish borasida ham etuk salohiyatga ega.
Mamlakatimiz byudjet daromadlarida resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i tarkibida yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlardan tushumlar salmog’i ancha yuqoriligini qayd etishimiz mumkin. Biroq, ushbu ko’rsatkichni saqlab qolish, yer ostidan foydalanishni rag’batlantirish, yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishga erishish, mazkur soliqdan tushumlarni oshirib borish uchun soliqni hisoblash va byudjetga o’tkazish tartibini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarur.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishni ta’minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, engil, oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarni yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo’yilgan maqsadlarga erishishning asosiy manbai...” .... “mutanosib va barqaror davlat byudjetini shakllantirish maqsadida soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, butun soliq tizimini soddalashtirish va uning oshkoraligini ta’minlash bo’yicha tegishli tadbirlar ko’zda tutilmoqda” – deya ta’kidlagan edi.
Milliy soliq qonunchiligiga ko’ra O’zbekiston hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xom ashyodan va texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek, qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar quyidagi soliqlar va maxsus to’lovlarni to’laydilar:

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  • qo’shimcha foyda solig’i;

  • bonus (imzoli va tijoratbop topilma bonuslar).

O’zbekistonda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning soliq solish ob’ekti tayyor mahsulotning har bir turi bo’yicha alohida aniqlanadi.
Uglevodorodlar uchun soliq solish ob’ekti sanoat yo’sinida dastlabki qayta ishlovdan o’tkazilgan qazib olingan uglevodorodlar, shu jumladan, qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar va uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar hisoblanadi. Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish ob’ekti sanaladi. Bundan tashqari, qattiq foydali qazilmalar bo’yicha soliq solish ob’ekti sifatida kavlab olingan foydali qazilmalar, foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar olinadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun qazib olingan tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazasi sifatida qaraladi. Hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan tayyor mahsulot bo’yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan davlatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, jumladan AQShda soliq usullaridan biri tabiiy resurslardan foydalanuvchilardan bevosita tabiiy rentani undirish amal qiladi. AQShda neft-gaz sanoati korxonalarini to’laydigan soliqlar va yig’imlariga ko’ra ikki guruhga ajratish mumkin:
– yer osti boyliklaridan foydalanish huquqi uchun maxsus to’lovlar, soliqlar va yig’imlar;
– AQSh qonunchiligiga muvofiq korxonalar tomonidan to’lanadigan soliqlar.
Birinchi guruhga bir akr3 uchun 2-3 dollar miqdoridagi renta to’lovlari, royalti va maqsadli trast fondlariga yig’imlar kiradi. Royaltining asosiy stavkasi 15 foizni tashkil etadi, biroq qazib olishning dastlabki besh yili davomida pasaytirilgan stavkalar (12-12,5 foiz) qo’llaniladi. Bundan tashqari, daromadlilik darajasi past bo’lgan qazilmalar uchun soliq stavkasi pasaytirilishi mumkin, biroq bir barrel uchun 80 tsentdan kam bo’lishi mumkin emas. Trast-fondlariga yig’imlar ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda energiya ishlab chiqarish va iste’moli o’rtasida tenglikni ta’minlab turish maqsadida amal qiladi.
Kontinental shelflarda faoliyat olib boruvchi kompaniyalar yuqorida qayd etilgan to’lovlardan tashqari “Kontinental shelfdan foydalanish to’g’risida”gi Qonunga muvofiq ish boshlanishidan oldin bir martalik bonuslarni (haqiqatda renta to’lovlaridan oshgan) hamda 16,66 foiz miqdorida royaltini to’laydilar.
Xususiy yerlarda qazish ishlari uchun royalti miqdori yer egalari tomonidan o’rnatiladi. Davlat tomonidan renta to’lovlari va royaltilar byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanadi, ya’ni 62,6 foizi federal darajada markazlashtiriladi (10 foizi federal byudjetga yo’naltiriladi, 52,5 foizi yerlarni rekultivatsiya qilish fondiga); 37,5 foizi – tegishli shtat byudjetiga yo’naltiriladi va infratuzilmani rivojlantirishga, ijtimoiy va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga safarbar etiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan maxsus soliqlar va yig’imlardan tashqari neft-gaz kompaniyalari AQSh soliq qonunchiligi bilan o’rnatilgan mulk solig’i va korporatsiya daromad solig’ini to’laydi. Mulk solig’iga asosiy fondlar hamda neft-gaz mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash va etkazib berishda foydalaniladigan jihozlar tortiladi. Korporatsiya daromad solig’i (sof yillik daromadning 35 foizi miqdorida) soliq solinadigan bazasi kompaniyaning yalpi daromadidan xarajatlar (renta to’lovlari, ish haqi xarajatlari, yoqilg’i va energiya uchun xarajatlar, asbob-uskunalarni saqlash va ta’mirlash va b.)ni ayirib tashlash orqali aniqlanadi. Keltirib o’tilgan barcha soliqlar hisobga olinganda yer osti qazilma boyliklari korxonalari uchun soliq yuki 50 foizni tashkil etadi4.
Fransiyada yer osti boyliklarini qidirib topish va qazib olish faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchta soliqni (foyda solig’i, Markaziy hukumat tomonidan undiriladigan kompaniyaning yillik aylanmasiga mos ravishda o’sib boruvchi, tabiiy resurslardan olinadigan soliq, mahalliy boshqaruv organlari manfaatlariga xizmat qiluvchi qazib olish faoliyatiga soliq) to’laydilar. Soliqqa tortish bazasi va soliq stavkasi har yili Parlament tomonidan o’rnatiladi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, dunyo bo’yicha yer osti boyliklaridan foydalanishni soliqqa tortishning frantsuzcha tizimi samarali sanaladi.
Germaniyada yer ostidan foydalanganlik uchun maxsus to’lovlar tizimi o’rnatilgan: ruda maydonlariga soliq, kon sanoati ishlanmalariga soliq. Uglevodorodlarni qazib olish uchun alohida to’lov tizimi amal qiladi. shuni qay etish mumkinki, so’nggi yillarda Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya kabi davlatlarda ham uglevodorodlarni qazib olishga maxsus soliqlar joriy etildi.
Ko’pchilik xorij mamlakatlarining tajribasini o’rganish natijasida shu narsa aniq bo’ldiki, ularda soliqlarni undirishning turli-tuman mexanizmlari mavjud. Taraqqiyotning “o’zbek modeli” xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyoti asosida rivojlangan davlatlar soliq tizimining turli elementlarini o’zlashtirish mamlakat soliq tizimi taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bizningcha, mamlakatimizda iqtisodiy raqobatdoshlikni yaratishda tabiiy resurslardan foydalanishni iqtisodiy tartibda solish mexanizmini takomillashtirish dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Ayniqsa, yer ostidan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to’lovlar belgilashda har bir hudud va uning geologik-iqtisodiy, infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Ammo amalda bo’lgan tizimda bu holat kuzatilmaydi.
Shuningdek, yer osti boyliklaridan foydalanishning pulli tarzda amalga oshirilishi muhim mexanizmlardan biri sifatida bir tomondan, yer osti boyliklaridan samarali va maqsadli foydanishni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, byudjet daromadlarini barqaror manba bilan ta’minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, yer osti boyliklaridan foydalanishni soliqqa tortish davlat – yer osti boyligi egasi va undan foydalanuvchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) o’rtasidagi muhim iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Soliqlar vositasida davlat o’z budjetini to’ldirish bilan birga, iqtisodiyotning mazkur tarmog’ini tartibga soladi.
Bugungi kunda mahalliy davlat boshqaruviga alohida e’tibor qaratilgan holda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash birinchi darajali vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganimizda, bizningcha, mahalliy budjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash vositasi sifatida yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va maxsus to’lovlar budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasining yer osti boyliklaridan foydalanish bo’yicha qonun va qonunosti hujjatlarida yer ostidan foydalanganlik uchun to’lovlar va ularning budjet tizimi bo’g’inlari o’rtasidan taqsimoti ko’rsatib o’tilmagan. Bizningcha, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun haq to’lash tartibi aniqlashtirilishi, qonun va qonunosti hujjatlarida ular bo’yicha undirilishi lozim bo’lgan haq, uni hisoblash va byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlanishi kiritilishi kerak. Shu bilan birga, soliq qonunchiligidan yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini chiqarib tashlash va o’rniga har bir litsenziya berilgan hudud uchun belgilangan aniq yig’im, soliq, to’lov va beriladigan imtiyoz miqdori hisoblashning aniq tartibi o’rnatilishi maqsadga muvofiqdir.
Yer osti boyliklardan foydalanganliklari uchun soliqqa tortish shartnomalarning asosiy turlaridan kelib chiqqan holda ikki turga bo’linadi. Birinchi tur yer osti boyliklardan foydalanuvchilarning Qozog’iston qonunchiligi hujjatlarida belgilangan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashi ko’zda tutadi. Ikkinchi tur yer osti boyliklardan foydalanuvchilarning mahsulot taqsimlanishi bo’yicha Qozog’iston Respublikasi ulushini hamda quyidagi soliq turlari va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashni ko’zda tutadi: yuridik shaxslarning daromad solig’i, chet el yuridik shaxsi hisoblangan doimiy muassasining daromadi, qo’shilgan qiymat solig’i, royalti, yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun yig’im, alohida faoliyat turi bilan shu g’ullanishi uchun beriladigan huquqlari uchun yig’im va boshqa majburiy to’lovlar.
Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning maxsus to’lov va soliqlariga quyidagilar kiradi: royalti, qo’shimcha foydadan olinadigan soliq. Royaltining barcha turlari daromad solig’i va qo’shimcha foydadan olinadigan soliq uchun soliqqa tortiladigan daromadni aniqlashda chegirmalar bo’lib hisoblanadi.

1 O’zbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to’g’risida”gi Qonuni, 20-modda.

2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori.

3 www.beznes-daily.uz/birjaexpert/

4 www.beznes-daily.uz/birjaexpert/

Download 51,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish