1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari



Download 0,66 Mb.
bet17/20
Sana05.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#741579
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
yassi

MONOGENIYALAR (MONOGENEA) SINFI. Bu sinf vakillari fanga qadimdan ma'lum. 1858-yili Van Beneden trematodalar sinfini saqlab qolgan holda, uning tarkibida monogenetik va digenetik so'rg'ichlilar guruhlarini joriy qildi. Keyinchalik, 1863-yili I. Karus ana shu guruhlami kenja sinf darajasiga ko'tardi. Akademik B.Ye. Bixovskiy monogenetik so'rg'iehlilarni chuqur o'rganib, bu guruhga kiruvchi hayvonlar mustaqil sinf ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Monogeniyalar sinfiga 2500 dan ortiq tur kiradi. Ular asosan baliqlar, amfibi-yalar, reptiliyalar va suvda yashovchi ayrim sutemizuvchilarda parazitlik qiladi. Monogeniyalar asosan ektoparazitlardir. Faqat ayrim turlari ikkilamchi marta endo-parazitlikka o'tgan. Bunday turlar amfibiyalar va reptiliyalarning siydik xaltasida, o’pkasida va tashqi organlar bilan tutash bo’lgan boshqa organlarida parazitlik qiladi.
Monogeniyalarning tanasi bo'yiga cho'zilgan, yassi yaproqsimon ko'rinishda bo'lib, kattaligi 0,3 mm dan 2-3 sm gacha boradi.
Parazitning katta yoki kichik bo'lishi parazit xo'jayinining gavdasiga bog'liq. Xo'jayinning gavdasi qanchalik katta bo'lsa, parazit ham shuncha yirik bo'ladi.
Monogeneyalar tanasining oldingi va oxirgi uchida xo’jayinlari organlariga yopishib turish uchun xizmat qiluvchi maxsus moslamalar mavjud. Ular mustahkam ilmoqchalar, so’rg’ichlar va boshqa shu xil "qurollar" ga ega. Ayrim turlarida bir qism kiprikchalar saqlanib qolgan. Bu esa ularni turbellyariyalar bilan qavmu-qarindosh ekanligidan, aniqrog’i ulardan kelib chiqqanligidan dalolat beradi.
Hazm organlari tananing oldingi qismida joylashgan og’iz, tomoq va xaltasimon yoki ikki shoxli uchi berk ichakdan iborat. Boshqa ichki organlari va teri-muskul xaltasining tuzilishi turbellyariyalarnikiga o’xshash. Faqat sezgi organlari parazitizmga o’tishi munosabati tufayli yaxshi rivojlanmagan, ayrim turlarida tanasining oldingi qismida teskari o’girilgan ko’zlari mavjud.
Monogeneyalar germafrodit chuvalchanglar bo’lib, to’g’ri yo’l bilan, ya’ni xo’jayin almashtirmasdan rivojlanadi. Otalangan tuxumlaridan kiprikli ikki ko’zli, xo’jayin tanasiga yopishishga xizmat qiluvchi organlarga ega bo’lgan onkomiratsidiya deb ataluvchi lichinka paydo bo’ladi. Unda bosh nerv gangliyalari, protonefridiyalari, hazm organlari ham rivojlangan bo’ladi. Bunday lichinkalar xo’jayin tanasiga yopishib birmuncha o’zgarishlardan so’ng voyaga yetgan parazitga aylanadi.
Monogeniyalar vakillarining barcha hayotiy jarayoni bitta xo'jayinda o'tadi, ya'ni hayotiy jarayonida xo'jayin almashinish va nasl gallanish sodir bo'lmaydi.
Odatda ikki individ jinsiy teshiklari tashqariga ochilgan old tomoni bilan bir-biriga yopishadi va spermalarini almashishadi. Monogeniyalarning tuxumlari shar-simon, ovalsimon va ipsimon bo'ladi. Urug'langan tuxum hujayralari suvga chiqa-riladi. Tirik tug'uvchi turlari ham mavjud. Otalangan tuxumninig suvda rivojlanishi natijasida ustki tomonidan kiprikchalar bilan qoplangan cho'ziq gavdali lichinka chiqadi. Lichinka kiprikchalari yordamida suvda harakat qiladi. Lichinka tanasi-ning orqa uchida disk va ilmoqchalar, oldingi uchida esa ko'zlar, bezlar va og'iz joylashgan. Ularda nerv va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Lichinkalarning ke-yingi rivojlanishi xo'jayini organizmida ketadi, ya'ni ular ma'lum vaqt suvda erkin suzib yurib hayot kechirgach, o'z xo'jayini tanasiga yopishadi va kiprikchalarini yo'qotib, jinsiy voyaga yetadi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, lichinkalarning voyaga yetish muddati hamma tur monogeniyalarda ham bir xil bo'lmaydi. Masalan, daktilogirus avlodining lichinkalari 7-9 kunda voyaga yetib, tuxum qo'ya boshlaydi. Baqaning siydik pufagida parazitlik qiluvchi baqa ko'p so'rg'ichlisining lichinkalari o'z xo'jayinlariga o'xshab 3 yildan keyin jinsiy voyaga yetadi.
Monogeniyalarning ayrim turlari baliqlarda parazitlik qilib, baliqchilikka katta zarar keltiradi. MDH mamlakatlaridan Rossiya, Ukraina va Belorussiyada baliqchilik xo'jaliklarida, ayniqsa, karpsimon baliqlarda monogeniyalardan daktilogirus urug'ining turlari (Dactylogyrus vastator) ko'p tarqalgan bo'lib, daktilogiroz kasalligini keltirib chiqaradi va bu kasallikdan yosh baliqchalar yoppasiga qirilib ketadi (30-rasm).
D aktilogiruslar baliqlarning jabralarida parazitlik qilib, jabraning epiteliya to'qimasini yemiradi. Natijada baliqlarning nafas olishi qiyinlashadi. O'sish va semirishdan to'xtaydi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish