1-variant
1.Yassaviya tariqatining asoslari qaysi asarda bayon etilgan?
A)"Hikmat" B)"Hidoya"
C)"Hayotnoma" D)"Dalil al-oshiqin"
2.Yevropa hukumdorlari ichida birinchi bo’lib cherkovdan soliq talab qilgan shaxs kim?
A) Filipp IV B) Lyudovik XI
C) Vilgelm D) Genrix II
3. Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholini ro’yxatdan o’tkazgan shaxs kim?
A) Filipp IV B) Lyudovik XI
C) Vilgelm D) Genrix II
4. Qaysi qirol Fransiyada qirol yerlaridagi feodal urushlarni taqiqlaydi?
A) Lyudovik VI B) Lyudovik VII
C) Filipp II D) Lyudovik IX
5.Qaysi xalq rivoyatiga ko‘ra. “Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo‘ylab yo‘lga tushadi…?”
A) xitoy B) hind C) misr D) shumer
6.G‘aznaviy hukmdorlar davriga mos keluvchi ma’lumotlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) Mahmud G‘aznaviy; 2) Ma’sud G‘aznaviy;
3) Alptegin; 4) Sobuqtegin;
a) mamlakat viloyatlari birin-ketin qo‘ldan chiqib, tanazzulga yuz tutdi; b) mamlakat hududi kengayib Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi;
c) G‘aznaviy davlatiga asos solindi;
d) mamlakatning siyosiy nufuzi ortib, somoniylar tomonidan e’tirof etildi
A)1-b, 2-a, 3-c, 4-d; B)1-c, 2-d, 3-b, 4-a;
C)1-d, 2-b, 3-c, 4-a; D)1-a, 2-c, 3-d, 4-b.
7.Qadimgi Rimda qaysi tilni o`rganishga alohida e`tibor berilgan.
A) yunon B) lotin C) sanskrit D) finikiya
8.Rim armiyada necha yoshga yetgan erkak fuqarolar xizmat qila olgan?
A) 19 yosh B) 21 yosh C) 17 yosh D) 20 yosh
9.Afg‘oniston, Sharqiy Eron egallanganidan keyin mo‘g‘ul qo‘shini qaysi hudud orqali Dashti Qiрchoqqa chiqadi?
A) O‘rta Osiyo B) Kavkaz
C) Kichik Osiyo D) Sharqiy Turkiston
10. Botu qachon rus yerlariga hujum boshlagan va dastlab qayerni egallagan?
A) 1237-yil kuzida Ryazanni
B) 1236-yil yozida Kiyevni
C) 1238-yil martida Pskovni
D) 1237-yil yozida Livovni
11.Afrosiyob shahar xarobalari hozirgi Samarqandning qaysi chekkasida joylashgan?
A) g‘arbiy B) shimoliy C) sharqiy D) janubiy
12.Hind rivoyatlariga ko‘ra osmondagi suvni tutqinlikdan xalos etib, yer yuzidagi qurg‘oqchilikni poyoniga yetkazgan ilohni aniqlang?
A) Indra B) Shiva C) Ganesha D) Budda
13.Shimoliy Xitoy bo‘ylab qurilgan mudofaa devorini qurish ishlari dastlab nechanchi asrda boshlangan edi?
A) milodiy IV asrda B) mil. avv. VI asrda
C) mil. avv. IV asrda D) milodiy IV asrda
14.O’qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo’yi dashtlariga qaytgan yili mo’g’ullar qayerga bosqin amalga oshirgan?
A) Koreyaga B) Saljuqiylar davlatiga
C) Dehli sultonligiga D) Xitoyga
15. Mansikert jangi nechanchi yilda bo‘lgan?
A) 1066-yil B) 1071-yil C) 1176-yil D) 1187-yil
16. Saluqiylar davlatiga kim asos solgan?
A) Alp Arslon B) Saljuqbek
C) Mexmet II D) To‘g‘rulbek
17.Qadimgi hindlar nimaga qarab to‘rt guruhga ajratilgan?
A) qanday yumush bilan shug‘ullanishiga qarab
B) ishli-ishsizligiga qarab
C) qaysi hududda yashashiga qarab
D) kelib chiqishiga qarab
18.Shohrux Mirzo qayerda vafot etgan?
A) Sherozda B) G‘aznada
C) Hirotda D) Ray viloyatida
19.Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi nechanchi yilda tashkil etilgan?
A) 1994-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1995-yil
20.Apennin yarim orolida yashovchi etrusklarning asosiy mashg‘uloti nima bo‘lgan?
A) chorvachilik B) ovchilik
C) dehqonchilik D)hunarmandchilik
21.Buyuk Karlning sаrоy аkаdеmiyasining qaysi a’zоsi mаоrifni yoyishdа kаttа хizmаt qilgаn?
A) Аlkuin B) Eyngard C) Mavrikiy D) Roland
22.O‘rta Osiyodagi qaysi manzilgoh qurilishi tarixida ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi?
A) Sopollitepa B) Jarqo’ton
C) Zomonbobo D) Nomozgoh
23.“Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan” deb qaysi mo‘g‘ul sarkardasi Jaloliddinga yuqori baho bergan?
A) Aloq no‘yon B) Sukati no‘yon
C) Yasugay bahodir D) Taynol no‘yon
24.Alouddin Kaykubod qaysi hudud sultoni bo’lgan?
A) Jazira B) Misr C) Ko‘niya D) Damashq
25. Mo‘g‘ullar O‘rta Sharq hududini nechanchi yilda bosib oladilar?
A) 1258-yil B) 1256-yil C) 1252-yil D) 1250-yil
26.Temir asri boshlarida O‘rta Osiyo aholisi 4 guruhga bo‘lingan. Bular?
A) kohinlar, jangchilar, dehqonlar,hunarmandlar
B) zodogonlar, ruhoniylar, dehqonlar, qullar
C) savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar, qullar
D) kohinlar, savdogarlar, jangchilar, hunarmandlar
27.Qaysi shahar Xazar xoqonligining poytaxti edi?
A) Astraxan B) Polosk C) Itil D) Irtish
28.Yunon-Baqtriya davlati tarixida sezilarli iz qoldirmagan hukmdorni aniqlang?
A) Deodot B) Demetriy
C) Yevtidem D) Yevkradit
29.“Aflotuni zamon” deb nom olgan mutafakkir kim?
A) G‘iyosiddin Jamshid B) Ali Qushchi
C) Qozizoda Rumiy D) Muhammad Havofiy
30.O‘rta asrlarda geometriya qanday nomlangan?
A) handasa B) riyoziyot C) qofiya D) ilmi hay’at
Tuzuvchi va toʻplovchi: Amirov Oʻrol
Telegram: @Amirov0215_tarix
KALIT:
1-A; 2-A; 3-C; 4-D; 5-B; 6-A; 7-A; 8-C; 9-B; 10-A; 11-C; 12-A; 13-C; 14-B; 15-B; 16-D; 17-A; 18-D; 19-D; 20-C; 21-A; 22-B; 23-D; 24-C; 25-B; 26-A; 27-C; 28-C; 29-C; 30-A.
Do'stlaringiz bilan baham: |