1.Yassaviya tariqatining asoschisi kim?
Ahmad Yassaviy.
2.Tariqat nima uchun ushbu nom bilan atalgan?
Alisher Navoiy Ahmad Yassaviyning tug’ilgan yerini Yassi deb ko’rsatgan.Yassi bugungi Turkiston shahrining qadimgi nomidir.Xulosa shundan iboratki, tug’ilgan joyiga nisbatlab Yassaviya tariqati degan nom bilan ataydi.
3.Tariqatning qanday tartib-qoidalarini bilasiz?
Mazkur tariqatda murid amal qilishi shart bo’lgan 10 ta qoida,talab mavjud:
1.Murid hech kimsani o’z piridan afzal ko’rmasligi,doimo unga taslimiyat izhor qilmog’ining shartligi;
2.Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kerakki,u o’z pirining hatto ishoralarini ham mukammal anglay oladigan bo’lsin;
3.Muridning pirining barcha so’zlari va ishlariga sodiq bo’lishi hamda unga mutloq tobe bo’lishi;
4.Muridning o’z piri barcha topshiriqlarini chaqqonlik bilan sidqidildan bajarib,pirni hamisha rozi qilib yurmog’I;
5.Muridning o’z so’ziga sodiq,va’dasiga amal qiluvchi,piri ko’nglida hech qanday shubha tug’ilishiga o’rin qoldirmasligining shartligi;
6.Muridning o’z va’dasiga vafodorligi va so’zida ustuvor turmog’ining lozimligi;
7.Muridning o’z ixtiyoridagi barcha mol-mulkini,butun bor-yo’g’ini o’z piriga baxshida etmoq uchun tayyor turmog’I;
8.Muridning o’z piri barcha sir-asrorlaridan ogoh bo’lmog’I;
9.Muridning o’z piri barcha takliflarini nazarda tutib uning mushkulotini oson qilmog’ining,pandu-nasixatlarini bajo keltirmog’ining shartligi;
10.Muridning Alloh visoli uchun o’z piri yo’lida butun molu-jonini baxshida etmoqqa tayyor turishi,pirning do’stiga do’st,dushmaniga dushman bo’lib yashamog’ining shartligi.
4.Tariqat vakillaridan kimlarni bilasiz?
Xoja Hakim at-Termiziy,Xoja Abduxoliq G’ijdivoniy,Xoja Ahmad Yassaviy,Sulaymon Boqirg’oniy,Shayx Najmiddin Kubro,Xoja Ali Romitaniy,Abu Ali al-Farmadiy,Yusuf Hamadoniy,Bahouddin Naqshband kabilar.
5.Yassaviya badiiy adabiyotga qanday ta’sir ko’rsatgan?
Yassaviya badiiy adabiyotga ta’siri benihoya kattadir.Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo’lmish “Hikmat”da mufassal bayon etilgan.XII asrdagi turkiyzabon she’riyatining ajoyib namunasi bo’lgan,keying davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta’sir ko’rsatgan “Hikmat”asarida “Yassaviya”ta’limotidagi poklik,halollik,to’g’rilik,mehr-shafqat,o’z qo’l kuchi,peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish,Alloh taolo visoliga yetishish yo’lida Insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.
Shuning uchun ham nafaqat o’sha vaqt,hozirgi zamon uchun ham dasturiamal asar sifatida ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |