Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Hozirgi kunda har bir sohada yangiliklar yaratilmoqda, shu jumladan taʼlim sohasi ham bundan mustasno emas. Respublikamizda uzluksiz taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, yangi oʼquv reja va fan dasturlarini xalqaro standartlar asosida tuzish, yetakchi xorijiy universitetlardan taniqli darsliklar va oʼquv adabiyotlarini toʼgʼridan-toʼgʼri oʼzbek tiliga tarjima qilish, professor-oʼqituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish, chet tillarini mukammal oʼrganish, modul tizimiga asoslangan oʼquv-uslubiy majmualarni yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tayyorlanayotgan mutaxassislarni zamon talabiga mos raqobatbardosh qilib tarbiyalash vazifalari ilgari surilmoqda.
Tadqiqotda koʼplab yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol oʼyinlar mujassamlashgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, maktab yoshidagi, xususan, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga yapon tilini oʼrgatish bilan birga, uning tarixi, paydo boʼlish va rivojlanish bosqichlari, uning bugungi kun jahon miqyosidagi mavqni va albatta Oʼzbekiston-Yaponiya aloqalarini turli interfaol oʼyinlar vositasida oʼrgatishning ilmiy asoslarini tahlil qilishdan iboratdir.1
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, ikkita bob, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining matni 53 betni tashkil etadi.
________________________
1Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi PF-4947-sonli farmoni. 2017-yil 7-fevral. Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami, Toshkent sh.,2017-y., 6-son, 70-modda.
I BOB. YAPON TILIDA GRAMMATIKANI OʼQITISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Chet tilini bilish har qanday kasb sirlarini oʼzlashtirishda, malaka va mahoratga ega boʼlishda muhim omil hisoblanadi. Chet tilini bilish xalq xoʼjaligining har qanday sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassisning yuqori darajali malakasini ifoda etadi. Shu sababli ham agar oʼrta umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari oliy oʼquv yurtiga oʼqishga kirish maqsadini oʼz oldilariga qoʼymagan boʼlsalar ham, chet tilini chuqur oʼrganishlari va erkin soʼzlashuv koʼnikmalarini egallashlari xalq xoʼjaligi turli sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan boʼlajak mutaxassislar uchun juda zarurdir.
Maʼlumki, oʼtgan asr 60-70 yillari chet tilllariga oʼqitish metodikasi tarixiga “jadal oʼqitish metodi” umumiy nomi ostida maʼlum boʼlgan qator oʼqitishning yangi metodlari yuzaga kelishi va ishlab chiqilishi davri sifatida qaraladi. Dastavval turli mamlakatlarda va shu davrning turli yillarida yuzaga kelgan mazkur barcha metodlar, shunga qaramay, zamonaviy jamiyat ijtimoiy buyurtmasiga metodikaning umumiy javobi hisoblanadi.
Shu davrning xalqaro vaziyati, axborot “portlashini” keltirib chiqargan ilmiy-texnik inqilob hamda madaniy hamda amaliy aloqalar doirasining kengayishi bilan sodir boʼladigan xalqaro ilmiy-texnik aloqalarni bevosita amalga oshiruvchi fan va texnika turli sohalarida mutaxassislarning soni oʼsib borishi bularning barchasi chet tilini bilish zarurati, xususan, chet tillarini bilish xususiyatiga oʼz talablarini qoʼydi va bu bilan taʼlimda yangi metodlarning baʼzi tamoyillari va koʼrsatmalarini birlashtirdi.
Chet tili muloqot, bilish, axborot olish va toʼplash vositasi hisoblangan chet tilida munosabatlar shartlari nutq faoliyati barcha turlarini bilish zarurligini belgilab beradi: ushbu chet tilida gapirish va nutqni tushunish hamda oʼqish, yozish, nutqiy faoliyat u yoki bu turini bilish darajasi, bevosita chet tilida muloqot amaliyotida, ixtisosligi boʼyicha auteptik va yuksak mazmunli adabiyotlarni oʼqishda, kitob, ularga annotatsiyalar, konferentsiyalar uchun tezislar, amaliy yozmalar koʼrinishida yozma axborot almashishda namoyon boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |