1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tushunchasi, faoliyat turlari, obʼektlari, mezonlari va axamiyati


Yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyat turlari boʻyicha qoʻllaniladigan soliq stavkalari va qoʻllanilgan imtiyozlar 2020-2021 yillar davri taxlili



Download 73,76 Kb.
bet6/11
Sana06.04.2022
Hajmi73,76 Kb.
#532211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Reja

2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyat turlari boʻyicha qoʻllaniladigan soliq stavkalari va qoʻllanilgan imtiyozlar 2020-2021 yillar davri taxlili

Xususiy sektorni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar natijasida tadbirkorlik subʼektlari sonini yanada koʼpaytirish hamda ular tomonidan isteʼmolchilarga koʼrsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda axborot texnologiyalari vositasida isteʼmolchilar, tadbirkorlik subʼektlari va davlat soliq xizmati organlarining uygʼunlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.Savdo va xizmat koʼrsatish sohasini yanada erkinlashtirish, uning hajmini keskin oshirish, hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasining savdo (xizmat koʼrsatish) shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda va (yoki) bank plastik kartalari orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funktsiyasiga ega boʼlgan maʼlumotlar almashinuvi platformasi — virtual kassalarni (keyingi oʼrinlarda — virtual kassa) onlayn nazorat kassa mashinalari (keyingi oʼrinlarda — onlayn-NKM) qatorida joriy etish toʼgʼrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi» Davlat unitar korxonasi onlayn rejimida qabul qilingan fiskal maʼlumotlarni mustaqil va doimiy ravishda qabul qilish, qayta ishlash, kriptografik himoya qilish va saqlash ishlarini bajaruvchi fiskal maʼlumotlar operatori (keyingi oʼrinlarda — operator) etib belgilansin.
3. Shunday tartib oʼrnatilsinki, unga muvofiq:
a) tadbirkorlik subʼektlari onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʼtgan taqdirda:
ularga nisbatan amaldagi fiskal xotiraga ega boʼlgan nazorat-kassa mashinalarini ishlatish, kassir-operatsiyachi tomonidan nazorat-kassa daftarini yuritish hamda ish kuni oxirida har bir nazorat-kassa mashinasi boʼyicha kunlik hisobotni chiqarib olish majburiyatlari bekor qilinadi;kunlik oʼrtacha naqd pul tushumi miqdoridan qatʼi nazar naqd pulni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʼzlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega;ularga hisoblangan va toʼlanishi lozim boʼlgan foyda soligʼi yoki yagona soliq toʼlovi yoxud qatʼiy belgilangan soliq summasini onlayn-NKMni 2021 yil 1 yanvarga qadar davlat soliq xizmati organlarida roʼyxatga qoʼyish sharti bilan, uning har birini xarid qilish, oʼrnatish va ishga tushirish bilan bogʼliq xarajatlar summasiga, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish huquqi beriladi;virtual kassa dasturiy mahsulotining asos qismi (bazasi) ularga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi tomonidan bepul beriladi;
b) jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida oʼtkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablagʼlar (cashback) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi bazasi sifatida qaralmaydi;
v) jismoniy shaxslarning uy xoʼjaligi sharoitida, shu jumladan dehqon xoʼjaligida yetishtirilgan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, sotishdan, shuningdek, hayvonlarni tirik yoki ularni soʼyib sotishdan oladigan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼidan ozod qilinishida, realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila aʼzolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi.
4. Naqd pul tushumiga ega boʼlgan tadbirkorlik subʼektlarining onlayn nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʼtkazish grafigi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat soliq qoʼmitasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2020 yil 1 yanvardan boshlab har yili olis, yetib borish qiyin boʼlgan aholi punktlari roʼyxatini tasdiqlaydi va ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlariga mazkur Farmon bilan tasdiqlangan grafik tatbiq etilmaydi.
5. Belgilansinki, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan:
taqdim qilingan xarid chekida (keyingi oʼrinlarda — chek) tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, qiymati (narxi), summasi, qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlganda qoʼshilgan qiymat soligʼi stavkasi va summasi, shuningdek QR-kod va fiskal belgi majburiy tartibda aks ettiriladi. Ushbu maʼlumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi;
maʼlumotlarni operatorga real vaqt rejimida yetkazib berishning texnik imkoniyati mavjud boʼlmagan taqdirda cheklar offlayn rejimida berilishi mumkin. Bunda maʼlumotlar operatorga 24 soat mobaynida uzatilishi shart;
toʼlov terminali orqali qabul qilingan toʼlovlar uchun xaridorlarga toʼlov terminali cheki bilan birga onlayn-NKM yoki virtual kassa cheki ham berilishi shart.
Ushbu Farmon bilan tasdiqlangan grafikda koʼrsatilgan muddatlar tugagandan keyin onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanmasdan tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʼrsatish, onlayn-NKM yoki virtual kassa orqali chek taqdim etmaslik yoki fiskal belgiga ega boʼlmagan cheklarni taqdim qilish — fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini yoki hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy boʼlgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik deb baholanadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʼladi.
6. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi va Moliya vazirligining 2019 yil 1 oktyabrdan Toshkent shahridagi onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan taqdim qilingan cheklardagi QR-kod yoki fiskal belgilar asosida yutuqli oʼyinlarni tashkil qilish boʼyicha tajriba oʼtkazish toʼgʼrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 1 noyabrga qadar yutuqli oʼyinlar tashkil etish uchun Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan bir milliard soʼm miqdorida mablagʼ ajratsin.
7. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 iyulga qadar tajriba natijalariga koʼra uni Respublikaning boshqa hududlarida ham joriy etish boʼyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
8. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2019 yil 1 oktyabrga qadar cheklarni roʼyxatdan oʼtkazgan jismoniy shaxslar orasida yutuqli oʼyinlarni oʼtkazish boʼyicha tartib ishlab chiqsin va oʼrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
9. «Oʼzeltexsanoat» uyushmasiga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi bilan birgalikda:
uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalar negizida onlayn-NKM, maʼlumotlarni onlayn rejimda davlat soliq xizmati organlariga uzatish funktsiyasiga ega boʼlgan maxsus qurilmalar ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish;
onlayn-NKM va virtual kassaning uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun barcha hududlarda texnik xizmat koʼrsatish markazlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
10. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi 2019 yil 1 oktyabrga qadar muddatda:
tadbirkorlik subʼektlari tomonidan sotilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) boʼyicha maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatishni taʼminlovchi virtual kassa hamda fiskal modul uchun maxsus dasturiy taʼminotni ishlab chiqsin va joriy qilsin;
xaridorlar tomonidan cheklardagi QR-kod yoki fiskal belgilarni mobilь ilova yoki Davlat soliq qoʼmitasining rasmiy sayti orqali roʼyxatga olish tizimini joriy qilsin;
Oʼzbekiston Respublikasi hududida qoʼllanilishi ruxsat etilgan onlayn-NKM, virtual kassa va fiskal modulga qoʼyiladigan texnik talablarni, ularning yagona reestrini hamda ularga texnik xizmat koʼrsatish markazlarining Davlat reestrini yuritishni, shuningdek, davlat soliq xizmati organlarida roʼyxatga qoʼyish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda onlayn-NKM yoki virtual kassa orqali chek taqdim etmaslik yoki QR-kodga (yoxud fiskal belgilarga) ega boʼlmagan cheklarni taqdim qilish harakatlari yuzasidan «masofadan tekshiruv» tizimini hamda javobgarlikka tortish tartibini ishlab chiqsin va oʼrnatilgan tartibda tasdiqlasin.
12. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi raisi B.А. Musaev, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — ushbu Farmon bilan tasdiqlangan grafikka asosan respublikadagi naqd pul tushumiga ega boʼlgan tadbirkorlik subʼektlarini onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʼtkazish;
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi raisi B.А. Musaev, moliya vazirining birinchi oʼrinbosari T.А. Ishmetov, Toshkent shahar hokimi J.А. Ortiqxoʼjaev zimmasiga — Toshkent shahridagi onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari tomonidan taqdim qilingan cheklardagi QR-kod yoki fiskal belgilar asosida yutuqli oʼyinlarni tashkil qilish boʼyicha javobgarlik yuklansin.
13. Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mazkur Farmonning maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati va uning amalga oshirish jarayonlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
14. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi «Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-1504-son Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«naqd pul tushumiga ega boʼlgan barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʼrtacha naqd pul tushumiga ega boʼlgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Koʼrsatilgan hajmdan kam boʼlgan kunlik oʼrtacha naqd pul tushumiga ega boʼlgan yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (yoxud virtual kassadan) foydalanishga oʼtgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʼzlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega».
15. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʼzgartish va qoʼshimchalar toʼgʼrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasida ushbu Farmonda koʼrsatib oʼtilgan normalarni nazarda tutsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʼzbekiston Respublikasining Bosh vaziri А.N. Аripov, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.А. Gulyamov va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari — moliya vaziri J.А. Qoʼchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYoEV
Toshkent sh., 2019 yil 6 sentyabrь, PF-5813-son

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5813-son Farmoniga


ILOVА
Naqd pul tushumiga ega boʼlgan tadbirkorlik subʼektlarining onlayn nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʼtkazish
GRАFIGI
T/r Tadbirkorlik subʼektlari toifasi Muddati
1. Аlkogolь va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizelь yoqilgʼisi va gaz yoqilgʼisi savdosi bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlik subʼektlari 2020 yil 1 yanvarь
2. Oʼtgan yil yakunlari boʼyicha yillik oboroti (tushumi) besh milliard soʼmdan oshgan tadbirkorlik subʼektlari 2020 yil 1 avgust
3. Oʼtgan yil yakunlari boʼyicha yillik oboroti (tushumi) yuz million soʼmdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik subʼektlari 2021 yil 1 yanvar
4. Barcha tadbirkorlik subʼektlari 2022 yil 1 yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019 y., 06/19/5813/3708-son)
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlarning va xarajatlarning hisobini yuritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
yakka tartibdagi tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha besh nafargacha xodimlarni yollash huquqi beriladi;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlar elektron tartibda shaxsiy kabinet yoki mobil ilova orqali davlat soliq organlarida ro‘yxatga qo‘yiladi;
yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat daftarchasi yuritilmaydi;
yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlariga kirishgan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaralmaydi va ular yakka tartibdagi tadbirkor nomidan huquqiy hujjatlarni imzolash huquqiga ega emas;
xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan faoliyat faqat bitta manzil bo‘yicha shoxobchada amalga oshiriladi;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritish soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:


Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
yakka tartibdagi tadbirkorlar belgilangan tartibda bank hisobvarag‘i ochgandan so‘ng xodimlarni yollash huquqiga ega bo‘lishi;
yakka tartibdagi tadbirkor va xodim o‘rtasida yozma shakldagi mehnat shartnomasini tuzish tartibi;
mehnat shartnomasining amal qilish muddati va xodimning mehnat stajini hisoblash tartibi;
davlat soliq xizmati organi tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor yollagan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini yuritish tartibi;
xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan soliqlarni hisoblash tartibi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yuritilishi, ularda yakka tartibdagi tadbirkor to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi;
tovar cheklari daftarchasi yakka tartibdagi tadbirkorning arizasiga asosan u ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi;
daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarini tasdiqlash, registrlarni saqlash muddati;
davlat soliq xizmati organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq solinadigan daromadlarini aniqlash hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan daromad solig‘ini to‘lash tartibi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida

Download 73,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish