Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad, mol-mulk va er soliqlarini nazariy va amaliy ma’lumotlar orqali o’rganib chiqish hamda ularni undirish jarayonidagi muammolarni aniqlash va bu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish ishning maqsadi hisoblanadi.
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tushunchasi, faoliyat turlari, obʼektlari, mezonlari va axamiyati Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) — qonun hujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) yo‘li bilan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyat.
Tadbirkor — yuridik shaxs tashkil etgan holda ham, tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor).
Yakka tartibdagi tadbirkorlikning turlari
Yakka tartibdagi Tadbirkorlik shaxsiy Tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi) va birgalikdagi Tadbirkorlik (shaxslar guruhining tadbirkorligi) turlariga bo‘linadi.
Shaxsiy tadbirkorlik (bir shaxsning tadbirkorligi)
Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Shaxsiy tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalangan hollarda, agar qonunlarda yoki nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son). Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatga qat’iy amal qilsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Ro‘yxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash bo‘yicha takliflar. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar