1. YaIm yoki milliy daromadning mutloq hajmining o'sish sur'ati


Ishlab chiqarish samadorligi va uning ko`rsatkichlari



Download 34,03 Kb.
bet2/4
Sana20.07.2022
Hajmi34,03 Kb.
#825420
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiyot

2.Ishlab chiqarish samadorligi va uning ko`rsatkichlari .
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammolaridan biri bo'lib kelgan. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga qilingan xarajatlar o'rtasidagi nisbat tushuniladi. Boshqacha aytganda, samaradorlik “natija” va “xarajat” nisbatini aks ettirishi tufayli, natija/xarajat ko'rinishini oladi. Butun milliy iqtisodiyot darajasida uning natijalarining iqtisodiy resurs sarf xarajatlariga nisbati ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining asosiy ko'rsatkichidir. Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat ehtiyojlari ancha to'liq qondirilganda uning, biror a'zosi iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyojlari qondirilish darajasini oshirish mumkin emas. Bunday holat Pareto – samarasi deb nomlanadi. (Italiyan iqtisodchisi V. Pareto nomi bilan).
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o'zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub'ekt foydasini oshirib borishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligi ( ) olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (W) nisbati bilan aniqlanadi, ya'ni:. Bu erda: R1 – foyda normasi, W – ishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligi ko'p qirrali tushuncha bo'lib, qayd qilingan birgina asosiy ko'rsatkichda, uni to'liq ravishda har tomonlama ifodalab bo'lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to'laroq ifodalashda, unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb, ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning /iste'mol qiymatining/ sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: MU=M/V. Bu erda, MU mehnat unumdorligini, M mahsulotning hajmi, V sarflangan ish vaqti. Mehnat unumdorligi sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko'rsatkichidan ham foydalaniladi va u ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. KU=M/K;
KU=YAD/K ; KU=F/K; bu erda KU – kapital unumdorligini, K – ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini, M – mahsulot, YAD – yalpi daromad hajmi, F –foyda.
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri er hisoblanishi sababli undan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichi olingan mahsulot hajmining er maydoniga (gektarga) nisbati bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda mahsulotning mehnat sig'imi, material sig'imi, energiya sig'imi kabi ko'rsatkichlar ham qo'llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko'rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchas bog'liq va bir-birini to'ldiradi. Ishlab chiqarish samaradorligi har qanday darajada uning natijalari miqdoriga to'g'ri, iqtisodiy resurs sarf-xarajatlari hajmiga teskari mutanosiblikda o'zgaradi. Ishlab chiqarish natijalari miqdori o'zgarmay qolganda xarajatlarning kamayishi uning samaradorligi oshishini bildiradi va aksincha. “Natija” yoki “Xarajat”ga ta'sir ko'rsatib ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga olib keluvchi bir qancha omillar mavjud.Ularning asosiylari quyidagilar: -Yangi texnologiyalarni joriy qilish, fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va uning natijalarini ishlab chiqarishda qo'llash;
- Ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperasiyalash;
- Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo'g'inlarini o'zgartirish;
- Ishlab chiqaruvchilarni o'z mehnat natijalaridan rag'batlantirish va ularning faolligini oshirish;
- Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xom-ashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini ishlab chiqarishga joriy qilish;
2017-2021 yillar O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” da ham .. “...iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish”ga ishlab chiqarish samaradorligini o'stirishning muhim omili sifatida qaraladi. 
- Kishilarning bilim saviyasini, malakasi va kasbiy mahoratini oshirish, etuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash. Bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ta'sir qiladigan asosiy va iqtisodiyotning barcha sohalari uchun umumiy bo'lgan omillardir. Fan-texnika taraqqiyoti fan sohasidagi ishlab chiqarish qurollari, texnologiya, boshqarish va boshqa ko'pgina o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Hozirgi davrda fan-texnika tez sur'atlar bilan taraqqiy qilmoqda va u ilgarigi texnika taraqqiyotiga qaraganda birmuncha afzalliklarga egadir. Hozirgi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti afzalligi shundaki, ilg'or mamlakatlarda fan yangiliklari tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy qilinadi, binobarin fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi. Hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning texnik bazasini mustahkamlash elektronika, radioelektronika, telemexanika, atom energiyasi, ximiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari bilan bevosita bog'liqdir. Xullas, fanning erishgan yutuqlari ishlab chiqarishning taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham O'zbekistonda fan-texnika taraqqiyotiga katta e'tibor berib, uni keskin jadallashtirishni, texnikaning eng yuqori unumdor va samaradorlikni ta'minlovchi yangi turlarni, prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarni keng joriy etish vazifasi qo'yilmoqda. Fan taraqqiyotining natijasi va uning ishlab chiqarish bilan yaqinlashishining muhim belgisi takomillashgan, chidamli va unumli mehnat qurollari va predmetlarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga joriy qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga yangi unumli mehnat qurollari va mehnat predmetlari qancha ko'p kirib kelsa jonli mehnat shuncha ko'p mehnat vositalarini harakatga keltiradi va ko'proq naflilikni yaratadi. Davlatning investisiya siyosati resurslarni fan-texnika taraqqiyotining ilg'or sohalari bo'lgan mashinasozlik sanoati, informatika, elektronika, ishlab chiqarish sohalarini kompleks mexanizasiyalash, avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va ularga ishlov berish texnologiyasi singari muhim yo'nalishlariga jalb qilishga qaratilgandir. Shuning uchun ham fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va revolyusion shakllarini farqlamoq lozim. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion shaklda rivojlanishi deganda, uning mavjud texnologiyalar asosida rivojlanishi tushuniladi. Revolyusion shaklda rivojlanishda esa texnikaning eng so'nggi avlodlarini qo'llash, prinsipial yangi texnologik tizimga o'tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanish samaradorlik nuqtai nazaridan yuksak natija beradi. Ishlab chiqarish samaradorligi natijaviy ko'rsatkich foyda miqdoriga to'g'ri mutanosiblikda iqtisodiy resurs sarf-xarajatlariga teskari mutanosiblikda o'zgaradi. Shu sababli samaradorlikni oshirishga boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko'paytirish va unga sarflanadigan harajatlarni kamaytirish, ya'ni tejamkorlik tamoyillariga amal qilish orqali erishiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning shunday omillari ham mavjudki, ular bir vaqtda ham natijaviy ko'rsatkichlar miqdoran ortishiga va ham iqtisodiy resurs xarajatlari kamayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bunday omillarga fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarishni uzluksiz modernizasiyalash va diversifikasiyalashni kiritish mumkin. Modernizasiyalash keng ma'noda yaxlit tizimni takomillashtirishga yo'naltirilgan texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy o'zgarishlar birligini ifodalaydi. U inglizcha “modern” so'zidan olingan bo'lib “yangi”, “zamonaviy” kabi ma'nolarni anglatadi. Ishlab chiqarishga qiyosan modernizasiyalash mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ularni “yangilash”, mashina, uskuna va texnologik jarayonlarni “zamonaviylashtirish”ni bildiradi. Iqtisodiy modernizasiyalash mehnat, moddiy va tabiiy resurslardan foydalanish darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatish orqali ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga ham olib keladi. Diversifikasiyalash (lotincha “diversys” – har xil, “facese” qilmoq, bajarmoq) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maqsadida korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko'paytirishga qaratilgan jarayondir. Diversifikasiyalash vertikal, gorizontal va konglomerat bo'lishi mumkin. Vertikal diversifikasiyalash – bir xil yo'nalishda ixtisoslashgan korxonalarning tarmoq darajasida ishlab chiqaradigan mahsulotlari turini ko'paytirish va faoliyatlarini tarmoq ichida kengaytirishni bildiradi. Gorizontal diversifikasiyalash – turli tarmoq korxonalari (sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, qurilish va h.k.) ning yagona texnologik jarayonga qo'shilib borishi orqali mahsulot turlarining ko'payishi va faoliyatlarining tarmoqlararo kengayishini anglatadi. Konglomerat diversifikasiya  korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib ko'paytirishga yo'naltiriladi. 


Download 34,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish