1. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Oʻzbekiston iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va maʼnaviy hayotida inqirozning kuchayib borish sabablari



Download 161,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.08.2021
Hajmi161,72 Kb.
#155179
  1   2   3   4
Bog'liq
oʻz eng yang tarixi2



1-kurs 709-guruh talabasi Bektemirov Erxonning bajargan ishi. 

 

1.  XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Oʻzbekiston iqtisodiy, ijtimoiy- 

siyosiy va maʼnaviy hayotida inqirozning kuchayib borish sabablari. 

XX-asrning  70–80-yillarida  SSSRda  iqtisodiyotning  rivojlanish  sur’ati 

tobora  pasayib,  sarf-xarajatlar  ortib  bordi.  Mavjud  imkoniyatlarni  hisobga 

olmasdan  ishlab  chiqilgan  va  qabul  qilingan  ijtimoiy,  oziq-ovqat,  agrar, 

energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy 

ziddiyatlarni chuqurlashturib yubordi.  

Iqtisodiyot  ekstensiv  yo‘lda  tobora  ko‘p  qo‘shimcha  mehnat  va  moddiy 

resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo‘lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta 

tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar uning yetishmovchiligiga duch keldi. 

Ko‘pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy 

burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. 

Ishlab  chiqarish  texnologiyasi  eskirgan,  mahsulotlarning  sifati  past,  ular 

sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, 

iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh 

qilish  yo‘lidagi  urinishlarni  yo‘qqa  chiqarar  edi.  Ijtimoiy  ehtiyojlarga  mablag‘ 

ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, 

tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi 

yaramas  illatlar  jamiyatni  kemirmoqda  edi.  Buyruqbozlik  –  boshqaruv  usuli, 

sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari 

asosida  rivojlanishiga  to‘sqinlik  qilmoqda  edi.  Odamlar  mulkdan 

begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar, huquq va qonuniylik 

puturdan  ketgan  edi.  Xo‘jalikni  boshqarishda  200  mingtacha  turli  buyruqlar, 

qonunsimon  hujjatlar  hukmron  bo‘lib,  ular  xo‘jalik  xodimlarining  har  bir 

qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo‘g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib 

tumangacha,  viloyatdan  tortib  respublikagacha,  respublikadan  Markazgacha 

haqiqiy  ahvolni  bo‘yab  ko‘rsatish,  barcha  darajadagi  rahbarlarni  maqtash,  ular 

nomiga  hamdu  sanolar  o‘qish  rasm  bo‘lib  qolgan  edi.  Oqibatda  dunyoda  eng 

kuchli  ikki  davlatdan  biri,  deb  hisoblanib  kelingan  SSSRda  inqirozli  holat 

shakllanib yetilgandi.  

KPSS  Markaziy  Qo‘mitasining  1985-yil  aprelida  bo‘lgan  plenumi  noxush 

tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof 

etdi.  Mazkur  plenum  janmiyatni  “qayta  qurish”  orqali  iqtisodiyotni  ko‘tarish, 

xalqning  turmushini  yaxshilash  siyosatini  belgiladi.  1985–1986-yillarda 

Markazdagi  rahbariyat  tomonidan  jiddiy  o‘zgarishlar  qilish  zarurligi  anglandi. 

Biroq  ahvolning  nihoyatda  murakkabligi  hali  to‘la  idrok  etilmagan  edi. 

Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm “afzalliklari”dan foydalanib jamiyatni  

“qayta  qurish”ga,  sotsializmni  yaxshilashga  umid  bog‘lar  edi.  1987-yildagi 

mavjud  siyosiy  tuzumni  va  iqtisodiyotga  partiyaviy  rahbarlikni  saqlab  qolgan 

holda xo‘jalik mexanizmini isloh qilish yo‘lidagi urinish ham samara bermadi. 



Iqtisodiy  islohotlar  tez  orada  qotib  qolgan  ijtimoiy-siyosiy  sistemaga  urilib 

barbod bo‘ldi.  

80-yillarning  oxirlarida  siyosiy  sistemani  isloh  qilishga,  birinchi  navbatda 

KPSS ning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va  xo‘jalik 

organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining 

to‘la  hokimiyatini  ta’minlashga  urinish  bo‘ldi.  Ammo,  bu  sa’y-harakatlar  ham 

behuda  ketdi.  To‘g‘ri,  jamiyatni  demokratlashtirish,  oshkoralik, turli  xil  fikrlar 

birldirishga  imkon  berish  tomon  ijobiy  qadamlar  qo‘yildi.  Matbuotda,  radio  va 

televideniyada turli xil fikr-mulohazalar erkin aytiladigan bo‘ldi.  

“Qayta  qurish”  siyosati  davrida  iqtisodiyotda  juda  kuchli  buzilishlar  ro‘y 

berdi. Markaz “qayta qurish”ning ilmiy va nazariy jihatdan puxta va aniqravshan 

dasturini ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o‘ylab ko‘rilmagan sinov va 

eksperimentlarga  asoslangan  edi.  Mamlakat  imkoniyatlarini  hisobga  olmasdan 

xalq xo‘jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirishdan iborat 

noto‘g‘ri yo‘l tutildi.  

Sovet  rahbariyati  mamlakatni  tanglikdan,  inqirozdan  chiqarish  uchun 

ma’muriy-buyruqbozlik  tizimini,  hamma  resurslarni  markazlashtirilgan  tarzda 

rejalashtirish  asosida  boshqarish  va  taqsimlash  yo‘lidan  tartibga  solinadigan 

bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  kerakligini  o‘z  vaqtida  payqamadi,  buni  juda  kech 

tushundi.  1990-yilga  kelganda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  zaruriyati  anglandi, 

dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt ham boy berilgan edi.  

Iqtisodiyot  batamom  barbod  bo‘lgan,  moliyaviy  va  narx-navo  tizimi  izdan 

chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo‘lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, 

tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.  

  


Download 161,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish