MO‘MINJON SALAYEV (+998914320077), SHERZOD RO‘ZMETOV (+998919173355), 9-SINF JAHON TARIXI. I-II BOB
1.
XX asr boshlariga kelib Buyuk Britaniyaning «jahon
ustaxonasi» maqomini yo'qotishiga asosiy sabab ...
A) mustamlakalarda boshlanib ketgan milliy-ozodlik kurashlari
B) mamlakatga keng miqyosda chet el kapitalining kiritilishi
C) sarmoyadorlarning ko'pchiligi o‘z mablag'larini o'zga
yurtlarga joylashtirishlari D) mustamlaka hududlarga
dominionlik huquqlarining berilishi
2.
Qaysi voqea Britaniya bosh vaziri bo'lgan U.Gladston
faoliyati davri bilan bog'liq?
A) Misr hukumatidan Suvaysh kanalining 45 % lik aksiyasi
sotib olindi B) ingliz-bur urushlarini amalga oshirdi
C) Parlamentga saylovlarning yashirin ovoz berish yo'li bilan
o'tkazilishini joriy etdi
D) haftasiga 54 soatlik ish vaqtini joriy etdi
3.
Fransiya bosib olgan Osiyo mustamlakalaridagi aholi soni
XIX asr oxiriga kelib qancha edi?
A) 20 mln B) 10 mln C) 15 mln D) 30 mln
4.
Buyuk Britaniya Kipr orolini nima evaziga qo'lga kiritgan
edi?
A) Rossiya-Turkiya urushi davrida Turkiya tomonida turgani,
San-Stefano sulh shartnomasini Turkiya foydasiga qayta ko'rib
chiqilishiga muvaffaq bo'lgani uchun B) Gretsiya-Turk urushi
davrida Gretsiyani qo'llab-quvvatlagani, Dardanell bo'g'oziga o'z
flotini kiritib sultonni noteng bitim imzolashga majbur qilgani
uchun C) Usmoniylardan ajrab chiqib mustaqilligini yangi
e’lon qilgan Misr hukmdoriga harbiy yordam bermagani,
sultonni qo'llab-quvvatlagani uchun
D) Rossiya-Turkiya urushida betaraf turib, urush yakunlangach
bu davlatlar o'rtasida Rossiya foydasiga tuzilgan shartnomani
ma'qullab, qo'llab-quvvatlagani uchun
5.
XIX asr oxirida Fransiya ichki siyosiy hayotida anarxistlar va
monarxiyachilar faoliyati kuchaygan bo'lib, ularning maqsadi
nima edi?
A) Elzas va Lotaringiyani Germaniyadan qaytarib olish
B) mavjud tuzumni ag’darish C) Germaniya davlatiga
qo'shilish D) Yevropada siyosiy gegemonlikni qaytarish
6.
XIX asr oxiriga kelib Buyuk Britaniyani yangi
mustamlakalarni bosib olishga undagan sababni aniqlang.
A) iqtisodiy jihatdan boshqa chet davlatlardan ortda qolishi
B) Fransiya bilan tinimsiz kechgan janglar
C) Germaniyaning xalqaro miqyosda 1-o’ringa chiqib olishi
D) AQSHning Britaniya mulklariga ko’z olaytirishi
7.
1890-yilga kelib Bismark hukumatining iste'fo berishiga
asosiy sabab-...
A) mamlakatda boshlanib ketgan muammolarning oldini
ola bilmagani B) Buyuk Britaniya va Fransiyaning
rivojlanishiga to’sqinlik qila olmagani C) sotsialistlarga qarshi
qonunga parlamet tomonidan doimiy tus berishga erisha
olmagani D) Vilgelm II ning “Sharqqa yurish” siyosatida
imperator u bilan hisoblashmaganligi
8.
II Internatsional ya’ni Xalqaro sotsialistik ishchi partiyalari
uyushmasi qachon tuzilgan?
A) 1881-yil B) 1888-yil C) 1889-yil D) 1892-yil
9.
Quyidagi hududlarning Buyuk Britaniya tomonidan
egallanishini ketma-ketlikda joylashtiring.
1. Oranj 2. Misr 3. Kipr
A) 1,2,3 B) 2,3,1 C) 3,2,1 D) 3,1,2
10.
Monopolistik kapitalizmni kapitalizmning erkin kapitalizm
bosqichidan ajratib turuvchi asosiy belgilarga quyidagilarning
qaysi biri xos emas?
A) ishlab chiqarish sohasida monopoliyalarning vujudga
kelganligi va moliya oligarxiyasining shakllanganligi
B) chetga kapital chiqarish muhim ahamiyat kasb etganligi
C) xalqaro monopoliyalarning dunyo bozorlari va xomashyo
bozorlarini bo'lib olishi D) industrial davlatlar tomonidan
dunyoni hududiy jihatdan taqsimlab olishning tugallanishi
11.
Fransiyaning Afrikaga bosqinchilik yurishlari davrida
1891-1896-yillarda bosib olingan davlatlarni belgilang.
1) Marokash; 2) Gvineya; 3) Senegal; 4) Tunis;
5) Madagaskar; 6) Togo; 7) Mavritaniya; 8) Zanzibar
A)1,3,6,7 B) 2,3,5,7 C) 2,4,6,8 D) 5,6,7,8
12.
Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Gladston Irlandiyaga
gomrul o’rniga “Yer suv akti”ni taklif qilgan yili jahon tarixida
qanday voqea yuz berdi?
A) Fransiya Shimoliy Afrikadagi Tunisni bosib oldi.
B) Germaniya Avstriya-Vengriya imperiyalari birgalikda
harbiy siyosiy Ittifoq tuzishdi C) Germaniya va Avstriya-
Vengriya o’rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi
Fransiyaning xalqaro ahvolini yomonlashtirib yubordi.
D) Fransiya Marokash ustidan o’z protektoratini o’rnatdi
13.
Quyidagi yillarni tarixiy voqealar bilan mos ravishda
joylashtiring.
1) 1860-yil; 2) 1870-yil 2-sentabr; 3) 1868-yil; 4) 1804-yil.
a) Napoleon III Sedan qal’asidagi mag’lubiyatini tan oldi;
b) Fransiyada birinchi imperiya davri boshlandi;
c) Ispaniyada inqilob yuz berdi;
d) Buyuk Britaniya - Fransiya savdo shartnomasi imzolandi
A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c.
B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b.
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c.
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c.
14.
XIX asr oxirlariga kelib...
A) „Umumiy elektr kompaniyasi“ (AQSH) bilan „Umumiy
elektr jamiyati“ (Germaniya) o‘rtasida jahon elektr bozorini
bo‘lib olish va o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma
tuzildi
B) Karnegi o‘zining ko‘p millionli mulkini sotdi
C) AQSH Gavayi orollarini anneksiya qildi
D) xalqaro monopoliyalar soni 100 taga yetdi
15.
Quyidagi tarixiy voqealarning qaysi birida xatolik mavjud?
A) XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha industrial davlatlar
o‘rtasida butun yer yuzining yarmidan ko’pi bo‘lib olingan edi.
B) 1900-1913- yillarda industrial (rivojlangan) davlatlar chetga
chiqargan kapitalning hajmi ikki barobar oshgan
C) Sindikat (yunoncha birgalikda ishlash) - bir turdagi
mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi
D) XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Germaniya iqtisodiy
taraqqiyotda dunyoda 1-o‘ringa, Yevropada esa 2-o‘ringa chiqib
olgan edi
16.
Quyidagi yillarni tarixiy voqealar bilan mos ravishda
joylashtiring.
1) 1880-yil; 2) 1850-yil; 3) 1907-yil; 4) 1853-yil.
a) Germaniyada sanoat ishchilarining soni 8,6 mln. kishiga
yetdi; b) Parij aholisi ikki million kishiga yetdi;
c) Parij 20 yil davomida qurilish maydoniga aylandi;
d) Parij aholisi bir million kishiga yetdi
A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
17.
1871-yil 18-mart kuni boshlangan Parij qo‘zg‘olonidan
so‘ng hokimiya dastlab qaysi organ qo‘liga о‘tgan?
A) Milliy gvardiya Markaziy qo‘mitasi B) Kommuna Kengashi
C) Muvaqqat Inqilobiy Qo‘mita D) Inqilobiy Xalq qo‘mitasi
18.
XX asr boshlarida quyidagi Afrika hududlaridan qaysi biri
Buyuk Britaniyaning mustamlakasi emas edi?
A) Senegal B) Keniya C) Uganda D) Shimoliy Rodeziya
19.
XIX asr oxirlarida Irland “Yer-suv ligasi” qaysi tartibga
qarshi chiqdi va baykotni kuchaytirib, britaniyalik
pomeshchiklarni qo'rqitish kampaniyasini boshlab yubordi?
A) 15 yil muhlatga ijara miqdorini adolat bilan belgilaydigan va
ijarachiga o'z yer maydonini boshqa bir shaxsga o'tkazish
huquqini beradigan komissiya tuzilishiga. B) 10 yil muddatga
ijara miqdorini adolat bilan belgilaydigan va o'z yer uchastkasini
boshqa bir shaxsga o'tkazish huquqini beradigan komissiya
tuzilishiga. C) Parnell bilan tuzilgan bitimda o'rnatilgan
tartibga. Unga ko'ra, irland dehqonlari baykotni to'xtatishlari va
ijara haqini to'lashni davom ettirishlari, ingliz pomeshchiklari
MO‘MINJON SALAYEV (+998914320077), SHERZOD RO‘ZMETOV (+998919173355), 9-SINF JAHON TARIXI. I-II BOB
esa ijarachilarning qarzlarini kechib yuborishlari lozim edi.
D) Ingliz hukumati muxolifat yetakchilarini qamoqqa olishi va
Irlandiyada favqulodda holat tartibini joriy etishrga qarshi.
20.
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buyuk Britaniyadagi
Liberallar partiyasining asosiy tayanchi kimlar edi?
A) yirik zamindorlar va anglikan cherkovi B) yirik burjuaziya
va ziyolilar C) ishchilar va dehqonlar D) o‘rta sinf vakillari
21.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Fransiya
sanoatida tez rivojlana boshlagan yangi tarmoqlarni aniqlang.
1) rangli metallurgiya; 2) elektrotexnika; 3) avtomobil;
4) samolyotsozlik; 5) kimyo.
A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 3,4,5
22.
XIX asrda rivojlangan G‘arb mamlakatlarida “o‘rta qatlam”
shakllandi. U qanday muhim ijtimoiy funksiyani bajargan?
A) ta’lim rivojlanishiga xizmat qilgan
B) jamiyatga barqarorlik baxsh etdi
C) qishloq aholisining turmush darajasini oshirdi
D) ayollar ozodligi uchun xizmat qilgan
23.
Quyida sanab o‘tilgan dunyo mamlakatlari ijtimoiy hayot
voqeliklaridan qaysi biri XX asr boshi uchun xos emas?
A) iqtisodiyotning monopolizatsiyalashuvi B) kapitalni chetga
chiqarish C) dunyoni bo‘lib olish uchun kurash yakunlandi
D) moliyaviy oligarxiya paydo bo‘ldi
24.
Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Gladston hukumati qanday
islohotlar o’tkazdi?
1. 70 yoshga to’lgan kishilarga pensiya tayinlandi.
2. Kasallik va ishsizlik sababli sug’urta to’lovi joriy etildi.
3. Konchilar uchun 8 soatlik ish kuni belgilandi.
4. Ish tashlashlar vaqtida korxonalar ko’rgan zararning tred-
yunionlardan undirilishi taqiqlandi. 5. Tred-yunionlarga o’z
manfaatlarini sudda himoya qilish huquqi berildi. 6. Ish
tashlashlar o’tkazilishiga ruxsat etildi. 7. Parlamentga
saylovlarning yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi joriy
etildi. 8. Maktab islohoti o’tkazildi.
A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. С) 1-3-5-7. D) 2-4-6-8.
25.
Buyuk Britaniyaning parlamenti deputati, olsterlik
protestant, yer egasi Parnell Irlandiyaga muxtoriyat huquqi
berilishi haqida qonun qabul qilishni (gomrul) talab qilganida 4
yil o’tib …
A) Fransiya shimoliy Afrikadagi Tunisni bosib oldi.
B) Ispaniyada inqilob yuz berdi. C) Parij shahri shu yildan
boshlab 20 yil davomida qurilish maydoniga aylandi.
D) Germaniya-Avstriya-Vengriya o'rtasida harbiy-siyosiy ittifoq
tuzildi.
26.
Angliyada “Ish haqi minimumi to‘g‘risida”gi qonunning
qabul qilinishiga sabab bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Leyboristlar partiyasining ushbu qonunni parlamentda qabul
qilinishiga erishuvi B) Birinchi jahon urushining boshlanishi
bilan Angliyada sodir bo'lgan ish tashlashlar C) 1911-yilda
6 hafta davom etgan ko‘mir qazuvchilarning ish tashlashlari
D) 1900-yilda Angliyada “Ishchi vakillari qo‘mitasi”ning tashkil
topishi
27.
Fransiyada l871-yilgi Parij Kommunasi halokatining
oqibatlari nimani istbotlab berdi?
A) hokimiyat bilan fuqarolarning o'zaro manfaatli kelishuvchilik
asosida yashashi zarurligini B) mustabid tuzumni faqat
ishchilar qatlami kuchiga tayanib ag’darishning iloji yo'qligi, shu
bois ulaming dehqonlar bilan hamkorligi zaruriyatini
C) mavjud nodemokratik tuzumni ag'darishda qurolli va
parlamentar kurash usullarini birgalikda olib borish zarurligini
D) fuqarolarning har doim hokimiyat boshqaruviga so'zsiz
bo'ysunib yashashi zaruriyatini
28.
XIX asrning ikkinchi yarmidagi Fransiya - Prussiya
urushining yakunlovchi tinchlik shartnomasi imzolanganidan
so’ng nima sababdan parijliklarda hukumatga nisbatan
ishonchsizlik paydo bo‘lgan edi?
A) Bosh vazir Tyerning hukumatdan chetlashtirilganligi va
sotsialistlarga qarshi qonun qabul qilinganligi.
B) qamaldan so‘ng aholining qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni
to‘lashga majbur bo‘la boshlanganligi va hukumat qarorgohi etib
Versal shahri tanlanganligi sababli.
C) Germaniyaga to’lanishi lozim bo’lgan kontributsiyaning
oshirilganligi va Bismarkning iste’foga chiqishi.
D) Germaniyaning Tyer hukumatiga yordam berishi.
29.
Monopolistik kapitalizm vujudga kelishi ...
1) dunyoni taqsimlab olish uchun kurash yakunlanishiga olib
keldi; 2) ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni
kengroq joriy etishga imkoniyat yaratdi; 3) jamiyatning juda
ozchilik guruhi qo'lida ulkan hokimiyat to'planishiga olib keldi;
4) mustamlakachilikka qarshi xalqaro birdamlik harakati
shakllanishiga sabab bo'ldi; 5) qirg'in-barot mustamlakachilik
urushlarining kuchayishiga olib keldi.
A) 1,2,3,5 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,2,3,4
30.
Quyidagilardan XIX asr oxirida Buyuk Britaniya
mustamlakasiga aylantirilgan hududlarni aniqlang
A) Liviya, Rodeziya, Somali, Keniya B) Keniya, Uganda,
Senegal, Mavritaniya C) Nigeriya, Somali, Keniya, Uganda
D) Togo, Kamerun, Angola, Mozambik
31.
XIX asrning 90-yillari oxirida Germaniya Xitoyga qarashli
Shandun provinsiyasining bir qismini bosib oldi. O‘sha
vaqtlardayoq Germaniya Tinch okeanidagi ...
A) Karolina, Mariana orollarini va Marshall orolining bir
qismini egallagan edi. B) Karolina, Mariana orollarini va
Samoa orolining bir qismini egallagan edi. C) Mikroneziya,
Mariana orollarini va Gvineya orolining bir qismini egallagan
edi.
D) Karolina, Mariana orollarini va Folklend orolining bir
qismini egallagan edi.
32.
XIX asrning ikkinchi yarmida Parnell atrofiga birlashgan
irland muxolifati ilgari surgan agrar islohot haqidagi talablarga
quyidagilarning qaysi biri muvofiq emas?
A) ijaraning qat’iy bo'lishi B) ijara haqining insof bilan olinishi
C) ijara muddati 15 yildan kam bo'lmasligi
D) ijaraga olingan yerning qo'ldan qo'lga erkin o'tishi
33.
1878-yilda ochilgan Berlin Kongressida qaysi davlat
delegatsiyalari ishtirok etgan edi?
1) AQSH; 2) Buyuk Britaniya; 3) Fransiya; 4) Germaniya;
5) Ispaniya; 6) Turkiya; 7) Rossiya; 8) Italiya; 9) Avstriya-
Vengriya
A) 2,3,4,6,7,8,9 В) 1,2,3,4,6,7,9 C) l,2,3,5,7,8,9 D) 2,3,4,5,6,9
34.
Germaniyaning Afrika qit’asidagi dastlabki mustamlakasini
aniqlang.
A) “Germaniya Sharqiy Afrikasi” B) “Germaniya Janubi-
G‘arbiy Afrikasi” C) Togo va Kamerun D) Zanzibar
35.
1870-yil 4-sentabrda Fransiya Respublika deb e’lon
qilingach, tuzilgan Muvaqqat milliy-mudofaa hukumatiga kim
boshchilik qilgan?
A) general Troshyu B) general Tyer
C) general Mak-Mogan D) general Sadi Karno
36.
XIX asr oxirida qaysi hududlar AQSH tomonidan egallangan
edi?
A) Gavayi, Puerto-Riko, Karolin va Filippin orollari
B) Gavayi, Marian, Guam va Filippin orollari
C) Gavayi, Puerto-Riko, Guam va Solomon orollari
D) Gavayi, Puerto-Riko, Guam va Filippin orollari
37.
“Anarxizm” tushunchasini izohlang.
A) rahbar sifatida faqat alohida shaxsning xohish-irodasini tan
olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ta’
limot B) taraqqiyotga qarshi, eskirgan ijtimoiy tartiblarni saqlab
qolish tarafdori bo‘lgan siyosiy kuch C) irqiy ayirmachilik va
milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi o‘taketgan millatchilik
D) jamiyat hayotida diniy omilning ahamiyatini va rolini
oshirishga intiluvchi ta’limot
MO‘MINJON SALAYEV (+998914320077), SHERZOD RO‘ZMETOV (+998919173355), 9-SINF JAHON TARIXI. I-II BOB
38.
Komunnani tor-mor etishda qaysi davlat Tyer hukumatiga
yordam berdi?
A) AQSh. B) Germaniya. C) Rossiya. D) Buyuk Britaniya.
39.
Quyidagilarning qaysi biri Fransiya - Germaniya o‘rtasidagi
Frankfurt sulh shartnomasi bandlariga to‘g‘ri kelmaydi?
A) Fransiya Germaniyaga 5 mlrd. frank tovon to‘laydigan
bo‘ldi. B) Germaniya Parij Kommunasini bostirishda Troshyu
hukumatiga harbiy yordam berish majburiyatini oldi.
C) Fransiyaning Elzas va Lotaringiya viloyatlari Germaniyaga
berildi. D) Fransiya tovon pulini to‘lab bo‘lgunicha Germaniya
qurolli kuchlarining bir qismi uning hududida turadigan bo‘ldi.
40.
1871-yilgi Konstitutsiyaga binoan, Germaniya imperatori
bir vaqtning o‘zida ...
A) Prussiya qiroli ham hisoblanardi B) imperiya reyxstagi
rahbari ham hisoblanardi C) imperiya kansleri ham
hisoblanardi D) Elzas-Lotaringiya viloyati shtatgalteri
lavozimini ham egallagan edi
41.
1873-yilda...
A) Fransiya-Germaniya o‘rtasida Frankfurt sulh shartnomasi
imzolandi. B) Fransiyada Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi
qabul qilindi. C) Fransiya Germaniyaga tovon pulini to‘lab
bo‘ldi va mamlakatdan german qo‘shinlari olib chiqib ketildi.
D) Fransiya Prezidenti Sadi Karno suiqasd oqibatida o‘ldirildi.
42.
“Keyptaundan Qohiragacha Buyuk Britaniya mustamlakasi
bo’lishi kerak”degan ma’noda bosqinchilik harakatlariga ruxsat
olgan “Britaniya - Janubiy Afrika imtiyozli kompaniyasi”
kimning tashabbusi bilan tuzilgan edi?
A) Yan Smits B) Sesil Rods C) B. Dizraeli D) D. Kerzon
43.
1870-yil 19-sentabr kuni...
A) hukumat qo‘shini Milliy gvardiyaga hujum qildi.
B) Fransiyada Milliy Majlisga shoshilinch saylov o‘tkazildi.
C) Fransiya Prussiyaga urush e'lon qildi.
D) Parij Prussiya qo‘shini tomonidan qurshab olindi.
44.
Fransiya-Prussiya urushi davrida 1870-yil 3-sentyabr kuni
qo'zg'olon ko'targan Parij aholisi hukumatdan nimani talab
qilishgan edi?
A) respublika e'lon qilinishini va vatanni himoya qilishni
B) qo'shimcha kuch to'plash va urushda g'alaba qozonishni
C) milliy mudofaa hukumatini tuzish va konstitutsiyaviy
monarxiya e'lon qilishni D) imperiya tuzumini bekor qilish,
Prussiyaga Elzas va Lotaringiyani bermaslik, vatanni himoya
qilishni
45.
Parij Kommunasi tomonidan amalga oshirilgan chora-
tadbirlarga quyidagilardan qaysilari mos kelishini belgilang.
1. Parijdan qochib ketgan Tyer hukumatini butunlay tugatdi.
2. Egalari tashlab ketgan korxonalar shu korxona ishchilariga
topshirildi. 3. Majburiy va bepul ta'lim joriy etildi. 4. Cherkov
davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. 5. Kommuna davlat
xazinasini o'z qo'liga olib banklar ustidan nazorat o'rnatdi.
6. Mehnatkashlarning uy-joy haqini to'lash muddati kechiktirildi.
7. Xususiy mulk bo'lib kelgan temir yo'l idoralarini Kommuna
o'z ixtiyoriga oldi va ishlab chiqarish ustidan nazorat o'rnatdi.
8. Bepul tibbiy xizmat joriy qilindi.
A) 1,3,4,5,6 B) 2,3,4,6,7 C) 2,3,5,7,8 D) 1,4,5,6,8
46.
B.Dizraeli Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan davrda
amalga oshirilgan tadbirlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping.
1. Haftasiga 54 soatlik ish vaqti belgilandi. 2. Xotin-qizlarning
ish vaqti 8 soatga keltirildi. 3. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga
qabul qilish taqiqlandi. 4. Ikkinchi parlament islohoti otkazildi.
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 2,3
47.
Buyuk Britaniyada qaysi soha ishchilarining 1911-yildagi ish
tashlashlari 6 hafta davom etgan?
A) yuk tashuvchilar В) kо'mir qazuvchilar
C) temir yo'lchilar D) kemasozlar
48.
Fransiyada Uchinchi Respublika davrida anarxiyachilar
kurashining terror usulini qo'llab, bir qator qo'poruvchilik
harakatlarini amalga oshirganlar. Fransiyaning qaysi prezidenti
terror qurboniga aylangan edi?
A) Troshyu B) Sadi Karno C) T’yer D) Mak Magon
49.
Bremen savdogarlari Afrikaning ... Angra-Peken buxtasiga
yetib keldilar va 200 ta eski miltiq, 2000 marka evaziga yerli
qabila boshlig’idan anchagini hududni sotib oldilar.
A) shimoliy-g’arbiy sohilidagi B) shimoli-sharqiy sohilidagi
C) janubiy-sharqiy sohilidagi D) janubiy-g'arbiy sohilidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |