Reja:
1.XX asr boshlarida Shvetsiya
2.XX asr boshlarida Norvegiya
3.XX asr boshlarida Daniya
XIX asr Shimoliy Yevropa davlatlari uchun barqaror taraqqiyot davri bo’ldi. Ular endi Yevropa siyosiy muammolarini xal etishda muhim rol o’ynamayotgan bo’lsalarda, o’z mamlakatlari doirasida rivojlanishning yetarli asoslangan yo’liga chiqib oldilar.
Shvetsiya. 1796 - yili taxtga 18 yoshli Gustav IV keldi. Yosh kirol absolyut monarxiya va “ilohiy xuquq” g’oyalari bilan qurollangan n o’z faoliyatida ularni joriy qilishga ahd qilgan edi. U otasi Gustav III ning hamma salbiy xislatlarini o’zida saqlagan holda, uning birorta xam ijobiy xislatini o’ziga olmagan, Yevropa monarxlarining orasida o’ziga munosib uchun judayam cheklangan edi. Fransiyada Napoleon o’zini imperator deb eʼlon qilguncha Gustav IV ko’zga tashlanmadi, tashqi siyosatda betaraf davlatlar ligasiga qo’shildi. Ammo Napoleonga nisbatan bo’lgan ko’r-ko’rona nafrat tufayli qilgan ishlari SHvetsiyaning jar yoqasiga olib kelib qo’ydi.
1805-1806-yillarda urushlarda mag’lubiyatga uchrab,Finlandiya Rossiya tarkibiga o’tib ketdi.Qirol va uning siyosatidan norozi bo’lganlar davlat to’ntarilishini uyushtirishdilar.
Gustav IV taxtan tushurilib, seym qaroriga binoan mamlakatdan haydab chiqarildi.Uning o’rniga taxtga Karl XIII o’tirdi.
1809-yil 7-iyunda konstitutsiya burjuaziya yo’lini belgilab berdi.
Norvegiya bilan uniyaga birlashish. 1814- yil yanvarda bilan tuzilgan Kil shartnomasiga binoan Norvegiya Shvetsiya tarkibiga qo’shilishiilishi lozim edi. Shartnomani Rossiya bilan Angliya maqullashlariga qaramasdan Norvegiya Kil shartnomasini qilishni istamadi va mustaqillik talab qilib, Daniya shaxzodasi Fridrixni qirol deb eʼlon k;ildilar. Shvedlar Noregiyaga bostirib kirdi va nizo 1814- yil 14- avgustda Mosse degan joyda kelishuv bilan yakun topdi. Unga binoan Kristian-Fidrix Norvegiya taxtiga bulgan daʼvosidan butunlay voz kechdi (keyni chalik u Kristian VIII nomi bilan Daniya qiroli bo’ldi), Shvetsiya qiroli Karl XIII Norvegiyaning x,am qiroli deb eʼlon qilindi. U 1814- yil 17- mayda Norvegiya Taʼsis majlisi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyani kichik o’zgarishlar bilan maqulladi. Shu tariqa Kil shartnomasida ko’zda tutilgandek, Norvegiya Shvetsiyani qo’shiib olinmasdan, ikki davlat birlashishi haqidagi uniya imzolandi. Vena kongressi bunga deyarli o’zgarish kiritmasdan maq’ulladi. Shvetsiya Napoleon urushlari davridan hududini kengaytir -gan va aholisining farovonligi oshgan tarzda chiqdi. Ammo davlatning yo’qotishlari katta, urush mamlakat xayotida ancha og’ir qoldirgan edi.
Karl XIII farzandsiz bo’lganligi sababli uning yoshi o’tiishi bi-
lan taxt vorisi masalasi dolzarb bo’lib bordi. Bu masaladagi ayrim
ichki kelishmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida vorisi sifatida Daniya shahzodasi tanlangan edi, ammo u vafot etganligi sababli Napoleon marshallaridan biri Batist Bernadot shahzodalikka taklif qilindi.
U Karl XIII ga uka tutinib, shvedcha Karl Yuxan nomini oldi. 1815-1844 yillari mamlakatni Karl XIV Yuxan boshqardi. Karl XIV Yuxan uning o’gillari va nabiralari boshqargan davr Shvestiya uchun muvaffatsiyatli bo’ldi. Bu davrda Shvetsiya shiddat rivojlanmasa bo’lmasada, ammo bir tekis burjuacha rivojlanish yo’lidan kirdi. Siyosiy kurash hukumat bilan muxolifat o’rtasida, asosan doirasida olib borildi. Natijada bir qator islohotlar yaxshi amalga oshirildi. Shulardan, 1816- yili Norvegiya emissiya bankiga asos solindi, 1822- yili omonat kassalari faoliyat yurita boshladi. Ma’muriy boshqarish ham takomillashtirilib, 1837 - yili jamoa Yig’inlari haqida muhim bir qonun qabul qilindi. Vijdon erkinligi, erkaklar uchun umumiy saylov huquqi berildi. 1842 -yili jinoyat kodeksi eʼlon qilindi. Siyosiy tizim ham o’zgardi; ayollarga taxt vorisligi huquqi berildi; qishloqlarda o’z-o’zini boshqarish joriy qilindi; riksdaga uch yilda chaqiriladigan bo’ldi va unda haqiqiy siyosiy partiyalar paydo bo’ldi, ishchilar kasaba uyushmalariga birlashib, o’z huquqlarini himoya qila boshladilar.
Sanoat va qishloq xo’jaligidagi muvaffaqiyatlarga yangi texnik usullarni joriy qilish evaziga erishildi. Xukumat yangi davrga mos ravishda taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor kiritdi. 1811- yili Oliy dehqonchilik maktabi, 1821 -yili Konchilik maktabi ochildi. Aholini qishloq xo’jaligidagi yangi usullar bilan tanishtiruvchi bir qator amaliy maktablar faoliyat yuritdi. hukumat maxsus taʼlimdan tashqari umumiy taʼlimni rivojlantirishga xam alohida eʼtibor qaratdi. 1842- yilgi farmon bilan har bir jamoada maktab qurish topshirildi.
Ipoteka kassalari ochilib, dehqonlar o’zlari uchun zarur pul Mablag’larini olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
1844- yil qirol Karl XIV Yuxan vafot etdi. Taxtga kirolning
ingliz o’gli Oskar I keldi. Uning taxtga kelishini ayniqsa muxo- lifatchi partiyalar vakillari qizg’in olqishladi. Oskar oxirgi yillari otasining eʼtiborini qozona olmagan bo’lsada, muxo1ifatchilar orasida katta obro’ga ega edi. 1848- yilgi inqilobdan keyin Yevropaning bir qator mamkatlarida katagonlar kuchaydi. Xuddi shu hol Shvetsiyada ham berdi. Bu yerda endi inqilob sababli emas, qirol qarashlari sabablio’zgarish tufayli yuz berdi. Dastlab liberal qarashga moyil bo’lishi
Oskar I keyinchalik konservatorlar tomon og’ib ketdi. Rejalashtirilgan ko’plab islohotlar, jumladan, konstitutsiyaga kiritililgan o’zgarishlar qabul qilinmasdan qoldi. Oskar I 1859 yil vafot etdi va o’rniga o’gli Karl XV keldi. Karl XV Shvetsiyaning eng mashhur qirollaridan biri, o’z hali orasida juda katta hurmatga sazovor bo’lgan qirol edi. Urush davrida sanoat va savdoni rivojlantirish maqsadida yangi zavodlar kanallar va temir yo’llar qurildi. Kanallarning eng yirigi kanal mamlakatning sharqiy va g’arbiy qismini Markaziy Shvetsiya bilan bog’ladi. Demografik holat ham o’zgardi: 50 yil ichida ( 1815- 1865 yillar) mamlakat aholisi 60% ga o’sdi. Bu Shvetsiya tarixida eng yuqori ko’rsatkich edi. Ammo aholining bu tariqa o’sishi ortiqcha ovqat tanqisligiga olib keldi, odamlar kambag’allashib, shaharlarga ish izlab ketuvchilar ko’payib bordi. Aslida Shvetsiyaning shiddat bilan rivojlanishi XIX oxirgi yilliklarida boshlandi. Ungacha Shvetsiya, yuqorida aytilgan o’zgarishlarga qaramasdan, Yevropaning eng kambag’al mamlakatlaridan bo’lib qolayotgan edi. Poytaxt Stokgolm eng iflos shahar hisoblanardi. Bu yerda boylar bilan
kambagallar o’rtasida farq juda katta edi. Ahvol Shvetsiyaning nomini dunyoga qilgan kishilar tufayli ham tez o’zgarib bordi. Masalan, kopodshipniklar ishlab chiqaruvchi SKF zavodi qurildi, Gustan Laval (1845-1913) sut separatorlarini ixtiro qildi. Lare Eriksson (1846-1926) esa telefon apparatlari ishlab chiqara
boshladi. 1912- yilgi fizika sohasidagi Nobel mukofoti laursati Nils Gustav Dalen (1869-1937) mayokdarni to’liq avtomatlashtirdi. Eng mashhur ixtiro albatta Alfred Nobelning dinamit bo’ldi. Uning o’zi tinchliksevar kishi bo’lganligi uchun katta mablag’ to’plab, o’z fondini tashkil qildi va “insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan” kishilar faoliyatini turli sohalar bo’yicha mukofot- lashni vasiyat qildi.
XIX asr oxiri - XX asr boshlari Shvetsiya taraqqiyotida burining nuqtasi bo’ldi. U tinchlik paytida ittifoqlarga qo’shilmaslik, urush paytida esa neytralitetni saqlash prinsipiga amal qilib, “siyosiy’’ eʼtiborni mamlakatning ichki muammolarini hal qilishga, iqisodiyotni rivojlantirishga qaratdi. Shvetsiyada 1895- yili Yevropada birinchi elektrlashgan temir yo’li qurildi.Norvegiyaning Shvetsiyadan ajralib chiqishi. XX asr boshlari- da ham Yevropada milliy harakat o’z dolzarbligini saqlab qolayotgandi.Bu harakatning yorqin ko’rinishlaridan biri 1905- yili Norvegiyaning Shvetsiyadan ajralib chiqishi bo’ldi. Norvegiya 1814 y Shvetsiya tarkibida bo’lsada, o’zining konstitutsiyasi, hukumati, sud na moliya tizimi, maʼmuriyati va armiyasiga ega edi. Ammo uning mustaqilligi iqtisodiy va tashqi aloqalar masalalarida cheklangan bo’lib, bu holat norveg xalqi, ayniqsa burjuaziyasini qanoatlantirmayotgan edi. Kapitalistik munosabatlar rivojlanligi bilan norveg burjuaziyasi
ichki bozorni egallash va tashqi bozorga chiqish uchun harakat boshladi.
Shved hukumati bunga qarshi bo’lganligi sababli ikki o’rtada munozaralar boshlanib ketdi. 1905- yil iyunda Norvegiya hukumati Shvetsiyadan ajralib chiqqanligini e’lon qildi. Bu qaror shu yil avgust oyida o’tkazqazilgan referendumda aholining barcha qatlamlari tomonidan qo’llab-quvvatlandi, Shvetsiya Norvegiyaning ajralib chiqishini tan olishga majbur bo’ldi va u bilan munosabatlarini tartibga soldi. Daniya. Fransiyada inqilob boshlangan 1789- yili Daniyada qirol Kristian VII hukmronlik qilayotgan edi. U mamlakatni boshqarishda shaxsan ishtirok etmaganligi sababli, 1784- yil real hokimiyat taxt vorisi shahzoda Fridrixga tegishli edi.
Aynan u Fridrix VI, 1808- yildan taxtga o’tirib, Daniyani bosh-qardi. Uning davrida Daniyani boshkarishga isteʼdodli va qo- oiliyatli bir qator vazirlar jalb qilingan bo’lib, ular orasida graf Andrey-Netr Beristorf ayniqsa katta rol o’ynadi. U hukumat boshqargan yillari yuritilgan okilona tashsi siyosat Daniyaga o’z betarafligini saqlab qolish va savdoni rivojlantirish imkoniyani berdi hamda ichki siyosatda liberal anʼanalarning kuchayishiga olib keldi. Mamlakatda ishchanlik va taraqqiyot yo’lini o’rnatildi. Afsuski, bu jarayon uzoqqa cho’zilmadi.
Daniya uzining doimiy neytralitetini e’lon qilishga qaramasdan, shu tariqa majburan urushga jalb qilindi.
Agar Shvetsiya urushdan va inqiloblar davridan o’z hududini Kengaytirgan va boyigan holda chiqqan bo’lsa, Daniya o’zining ehtiyotkorona siyosatiga qaramasdan vayron bo’lgan va yuqo’tilgan Norvegiya uchunarzimas tovon olgan holda urushni yakunladi.
1815- yil urush yakunlanganda Daniyaning iqtisodi 1813-yilgi bankrot oqibatida nihoyatda og’ir ahvolda edi. Holat urushdan keyin birdaniga yaxshilanmadi. Aksincha, bir necha qurg’oqʻchillik yillari ahvolni yanada og’irlashtirdi. Qishloqlarda 1820 va 1826-yillar oralig’ida haqida inqiroz boshlandi va ko’plab dehqonlar va va hatto o’rta hol kishilar ham soliq to’lay olmaganligi uchup ularning yer mulklari olib qo’yildi. Shunday holatda mamlakatning iqtisodi asta-sekin bo’lsada tiklana bordi. O’n yil ichida chetga don chiqarish ikki barobar oshib, davlat qarzlari 6 million taler- gacha kamaydi. 1839- yil Kjipon Fridrix VI vafot etib, taxtga jiyain Kristian VIII keldi. Uning taxtga kelishidan aholi, ayniqsa liberallar katta yangiliklarni kutgan edi. Biroq yangi qirol ayrim maʼmuriy cheklovlarni olib tashlash haqidagi vaʼdalar bilan kifoyalandi. Natijada so’l kuchlarning matbuotda unga qarshi kampaniyasi boshlandi. Qirol yon berishga va konstitutsiya loyihasinitayyorlash uchun topshiriq berishga majbur bo’ldi.
Ammo u konstitutsiyani eʼlon qilishga ulgurmasdan 1848- yili vafot etdi Kristian VIII faoliyatidan sullarning noroziligiga qaramasdan,
Daniya uchun u umuman muvaqqafiyatli bo’ldi deyish mumkin.
Siyosiy erkinliklar berishdan bosh tortgan bo’lsada, o’z vaʼdasiga binoan maʼmuriy isloxotni utkazdi, armiyada tan jazosn ni bekor qildi, mustamlakalardagi negrlarni ozod qilish borasida baʼzi tadbirlar amalga oshirildi. Qirolning boshqa tadbirlari ham aholi tomonidan maqullandi. Masalan, Kopengagendagi boshlang’ich maktablarni qayta tashkil qilish, jinoyat qonunchiligini va penitensiarʻ tizimni qisman o’zgartirish kabilar shular jumlasidan.
Davlat daromadlari esa 1841 yildan 1848 yilgacha milliondan 18 million talergacha oshdi. Xullas, Kristian VIII unga yuklatilgan hamma umidlar yoqlamagan bo’lsada, umuman olganda uning davri Daniya uchun mufaqqiyatli bo’ldi. Bu davrda Shlezvig va Golshteyn gersoglari muammosi avjiga chiqib, oqibatda 1848- va 1863- yillar-da urushga olib keldi. Maʼlumki, Shlezvig va Golshteyn gersoglari 1815- yili Daniyaga birlashtirilgan bo’lib, aholisining asosiy qismini nemislar tashkil qilardi va shu sababli sud ishlari va taʼlim nemis tilida olib borilar edi. XIX asrda butun Yevropaada milliy ongning keskin o’sganligi, milliy tuyg’ularning Oldingi Daniyada dam bu muammoning keskinlashishiga olib keldi.
1848- yili taxtga kelgan Fridrix VII oldida otasi hal silishga ulgurmagan ikkita muammo ko’ndalang turardi: konstitutsiya qabul qilish hamda Shlezvig va Golshteyn muammolari. Fridrix VII taxtga kelishi bilan fuqarolarining xohishlarini ko’ndirish maqsadida 1848- yil 28- yanvar kuni manifest imzolab konstitutsiya e’lon qildi. Uning mazmuni qisqacha shunday ediki,
Fridrix VI tomonidan o’rnatilgan provinsiyalar seymlari bilan bir qatorda, to’grirog’i ular ustidan butun monarxiya uchun umumiy seym joriy qilinib, u soliq, moliya va qonunchilik masalalarini tartibga solindi. Shundan so’ng o’z davri uchun o’ta demokratik asosda saylangan Ta’sis majlisi 1849- yil 5 -iyunda yangi konstitutsiyani k;abul kildi.
Ikkinchi muammo ~ Shlezvig va Golshteyn ancha tortiishuvlar, Avstriya va Prussiya aralashuvidan keyin 1854- yil fevra1da Shlez- igda, shu yil iyunda Golshteynda konstitutsiya eʼlon qilinish Pilan yakun topdi. Konstitutsiyalar provinsiyalar seymlariga mahalliy masalalarni hal kilishda maslahat huquqini berdi.
Ammo 1855 yili qabul qilingan konstitutsiya dirollik uchun umumiy seymni joriy k;ilib, unga keng vakolatlarni yaratib berdi. Bundam norozi bulgan irovinsiyalarni Avstriya va German ittifoqini qo’lladi. Natijada muammo yangidan avj oldi. Mojaro avjiga chiqqan vaqtda 1863- yil 5- noyabr kuni qirol Fridrix VII yafot etdi.
Taxtga kelgan Kristian IX muammoni kuch bilan hal qilishga qaror qilib, Golshteynga qo’shin jo’natdi. Bunga javoban nemis davlatlaridan Saksoniya va Gannover Golshteynga qo’shin kiritdi, Avstriya-Prussiya armiyasi esa Golshteyn orkali Shlezvigga kirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |