1. XX asr 80-yillari o'rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotidagi inqirozli holat


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqillikning muhum huquqiy asosi



Download 55,16 Kb.
bet8/12
Sana10.07.2022
Hajmi55,16 Kb.
#773654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O’zbekistonning eng yangi tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mustaqillikning muhum huquqiy asosi.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri uning Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni) hisoblanadi. Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini, uning mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishini ta’minlash, ijtimoiy hayotni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari mujassamlangan.
Inqilobdan keyin Turkistonda jahon tajribalari asosida Konstitutsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920 yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respublikalarining 1920-1921 yilda, O‘zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978 yillarda qabul qilingan Konstitutsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari bo‘lsada, biroq ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zining haqiqiy mustaqilligiga ega bo‘lgan Davlatning Asosiy Qonuni emas edi. Aniqrog‘i ular avval RSFSR, SSSR Konstitutsiyalarining respublikalar sharoitiga moslashtirib ko‘chirilgan, ammo ularning tub manfaatlari aks ettirilmagan nusxalari edi.
1990 yili 20-iyunda O‘zSSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq 2-sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”da O‘z.R yangi Konstitutsiyasini yaratish bo‘yicha 64 kishidan iborat komissiya tuzilgan edi. Komissiya AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yаponiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalarini o‘rganib chiqdi va qiyosiy tahlil qildi. MDH davlatlarining Asosiy qonunlari va konstitutsiya loyihalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning davlatchilikni mustahkamlash yo‘lidagi g‘oya va fikrlari Asosiy Qonunda o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Amir Temurning “tuzuklari” da davlatni idora qilishga oid “kuch adolatda”, “rosti durusti” kabi mulohazalariga ham e’tibor qaratilgan. Xususan, Amir Temur umrining so‘nggi yillarida qilgan vasiyatlari orasida quyidagi fikrlar ham bor: “Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsullarni boylar zulmiga tashlamang, adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o‘lsun...”. Konstitutsiyamizda ham adolat va ozodlik g‘oyasi asosiy mezon qilib olindi.
Mazkur tajribalar asosida 1991 yil oktyabr oyidan 1992 yil sentyabr oyigacha Konstitutsiyaning 3-loyihasi yaratildi va u 1992 yil 26 sentyabrda matbuotda umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Konstitutsiya Oliy Kengashning XI sessiyasi (1992 yil 8 dekabri)da qabul qilindi. U 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo‘ldi. 1992 yil 8-dekabr yurtimizda mustaqil O`zbekistonning asosiy qonuni –Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda.
O‘z.R Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyati, uning huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini hamda hozirgi zamon konstitutsiyaviylik ilmini mujassam etgani, o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanganligidan iboratdir. U mazmunan yangi, prinsipial siyosiy hujjat bo‘lib, uning qoidalari doimiy qonun ustivorligiga asoslangan, ta’sis kuchiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. davlat suvereniteti; xalq hokimiyatchiligi;

  2. fuqaro (inson)lar erkinliklari va huquqlarining dahlsizligi va ustuvorligi;

  3. demokratizm; davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi; qonuniylik; konstitutsiyaning ustuvorligi;

  4. hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi;

  5. mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish; sud tuzilishi va sudlov.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik davlatni barpo etish O‘R Konstitutsiyasida qonun tusini olgan. Uning 2-moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”, deb ta’kidlangan. Konstitutsiyaning 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”,-deb ko‘rsatib o‘tilgan.
2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 24 aprelda Oliy Majlisning VIII sessiyasida “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Bu qonunga muvofiq O‘z.R Konstitutsiyasining beshinchi bo‘limi XVIII, XIX, XX va XXIII boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Prezident vakolatlarining bir qismi, birinchi navbatda, davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash masalalari, amnistiya e’lon qilish vakolati Oliy Majlisning Senatiga o‘tkazildi.



Download 55,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish